Paketsimon konstruksiya sludali, shisha-emal, shisha-kera-
mika va ba’zi bir keramik kondensatorlarga xosdir (7.1- a, b
rasm).
Paket 4 oralatib qo‘yiladigan sluda plastinka 2 va metall
qoplama 3 lardan yig‘iladi. Ular paketning ikki tarafida folgali
tasmalar bilan umumiy kontaktga birlashtiriladi, kontaktlarga
sim yoki lentasimon chiqish simlari 6 qalaylanadi. Shisha-emal,
shisha-keramika va ba’zi keramik kondensatorlar qoplamalari
kumush asosidagi pastani kuydirish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Paketsimon konstruksiya presslanadi va namdan saqlovchi emal
bilan qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |