ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA FAKULTETI ELEKTRON APPARATLARNI ISHLAB CHIQARISH YO‘NALISHI
“ELEKTRON QURULMALARNI LOYIHALASH VA KONSTRUKSIYALASH” fanidan
Laboratoriya ish № 1.
MAVZU: Shifratorlarni tadqiq etish.
Guruh: 151-19 EAICHT
Bajardi: Abdulloyev A Tekshirdi: Abduxakimov Sh
TOSHKENT 2022
Laboratoriya ish № 1.
Mavzu: Shifratorlarni tadqiq etish.
Ishning maqsadi: shifratorlarning ishlash prinsiplari bilan tanishish. Ular haqida tushunchaga ega bo`lish va koderlarning chinlik jadvallarini o`rganib chiqish.
Hisobot mazmuni
Talabalar yuqorida keltirilgan nazariy ma'lumotlarni o'qib o'rganib qisqacha xullosa va nazorat savollariga yozma ravishda javoblar yozib hisobot tayorlaydilar.
Nazorat savollari:
1. Shifratorlarning ishlash prinsiplarini aytib bering?
2. Shifratorlarning chinlik jadvalini tushuntirib bering?
3. 4. Raqamli indikatorni boshqaruvchi shifrator sxemasini chizib bering?
1. Shifrator (CD- coder) - kirish yo`lidagi birlik signalni n razryadli ikkilik kodga aylantiradigan EHM ning aniq uzelidir.
Boshqacha qilib aytganda shifrator 10-lik kodni 2-lik kodga aylantirib berish uchun xizmat qiladigan operatsion elementdir. Shuning uchun shifratorlar raqamli texnikaning va EHMlarning kiritish qurilmalarida o`nlik kodlarni ikkilik kodlarga o`zgartirishda keng qo`llaniladi.
Shifratorning kirish va chiqish yo`llari soni m=2n munosabat bilan belgilanadi.
Shifratorni ishlash printsipini ko`rib chiqamiz. Unda kirish signallari sifatida x ,...,x ikkilik o`zgaruvchilar qatnashadi. Ular mos ravishdagi klavishalarni bosganda paydo bo`ladi. Quyida shifratorning o`tish jadvalini keltiramiz.
2. Shifratorning chinlik jadvali
16.1-jadval
O`nlik son Kirish kodi Chiqish kodi
X4 X3 X2 X1 X0 Y2 Y1 Y0
* 0 0 0 0 0 0 0 0
0 0 0 0 0 1 0 0 0
1 0 0 0 1 0 0 0 1
2 0 0 1 0 0 0 1 0
3 0 1 0 0 0 0 1 1
4 1 0 0 0 0 1 0 0
Unda o`zgaruvchilar mustaqil hisoblanadi va 25+1=32+1=33 kombinatsiyani qurish imkonini beradi. Lekin, ikki va undan ortiq klavishalarni bosishni ta'qiqlovchi chegara qo`yilganda, unda 32-tadan 6-ta mumkin bo`lgan kirish kombinatsiyalari qoladi. Bunday mos chegaraga kirish kodi "n -dan 1" yoki unitar deyiladi. Jadvalda bosilgan klavishaga "1" va bosilmagan klavishaga "0" mos keladi. Jadvaldan ko`rinib turibdiki, agar "1" x1 yoki x3 kirish yo`lida paydo bo`lsa, y ikkilik o`zgaruvchi "1" qiymatini qabul qiladi. Qolgan barcha kombinatsiyalarda y =0 bo`ladi, ya'ni mantiqiy tilda:
y = x + x =
Xuddi shunday:
y = x + x = ;
y = x
Ushbu tengliklar asosida shifratorni "YoKI" bazisida (pastki rasmda), shuningdek "VA" bazisida qurish mumkin.
3. Ayrim hollarda bir necha klavisha bir vaqtda bosilganda, shifrator maksimal nomerga ega bo`lgan klavishani tanlaydigan sxemani qo`llash talab etiladi. Bunday shifrator prioritetli shifrator deb ataladi. U "n-dan x-ning" o`zgarishini 8421 kodga aylantiradi.
Pastdagi prioritetli shifratorning o`tish jadvali keltirilgan. Unda maksimal nomerli kirishdagi o`zgaruvchi maksimal prioritetga ega, "1"-dan o`ngdagi dioganalda kirishdagi o`zgaruvchilar qiymati - chiqish kodini aniqlamasligi kerak.
Prioritetli shifratorning o`tish jadvali
1.2 - jadval.
O`nlik son Kirish kodi Chiqish kodi
F4 F3 F2 F1 F0 Y2 Y1 Y0
* 0 0 0 0 0 0 0 0
0 0 0 0 0 1 0 0 0
1 0 0 0 1 * 0 0 1
2 0 0 1 * * 0 1 0
3 0 1 * * * 0 1 1
4 1 * * * * 1 0 0
Prioritetli shifratorni oddiy shifrator asosida VA qurish mumkin. Buning uchun oldindan "5-dan X" kirish kodini x ,..., x orqali "5-dan 1" kodiga o`zgartirish kerak. Kirishdagi o`zgaruvchi F maksimal prioritetga ega, ya'ni boshqa o`zgaruvchilarga bog`liq emas. Shuning uchun F = x . Har qanday boshqa chiqishdagi o`zgaruvchi x "1" qiymatini qabul qiladi, agarki birorta VA katta kirish yo`liga F , j = (i + 1),3 mantiqiy "1" berilmagan holda F = 1 bo`lgan taqdirda. Ya'ni:
x = F ;
4. Ko`rsatilgan algoritmni amalga oshiruvchi parallel prioritetli shifratorning sxemasi quyidagi ko`rinishga ega:
Ushbu sxemaning afzallik tomoni, barcha kirish yo`llaridagi signal tarqalishini bir xil saqlab turishdir. Kamchiligi esa, ko`p kirish yo`liga ega bo`lgan "YoKI-EMAS" elementlarini qo`llanilishining majburligidir.
1.1-rasm. Shifratorga misol sifatida to`qqizta .kirish yo`liga ega bo`lgan prioritetli shifrator K555IV3 standart mikrosxema misol bo`ladi.
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA FAKULTETI ELEKTRON APPARATLARNI ISHLAB CHIQARISH YO‘NALISHI
“ELEKTRON QURULMALARNI LOYIHALASH VA KONSTRUKSIYALASH” fanidan
Laboratoriya ish № 2.
MAVZU: Deshifratorlarni tadqiq etish.
Guruh: 151-19 EAICHT
Bajardi: Abdulloyev A Tekshirdi: Abduxakimov Sh
TOSHKENT 2022
Do'stlaringiz bilan baham: |