Yechim: misol uchun avval yig‘ilgan sxemamizni olamiz.
3-rasm. Prinsipial sxema.
Oldin aytilganidek, ushbu sxema quyidagilarni qamrab olishi kerak:
Variantga ko‘ra kirishda 10011 ketma-ketlikdagi signal sxema chiqishida mantiqiy bir bo‘lishi kerak, ya’ni svetodiod yonishi kerak. Kirish ketma-ketligi o‘zgartirilsa sxema chiqishida mantiqiy nol bo‘lishi kerak. Buni o‘chib turgan svetodioddan ko‘rish mumkin.
Ushbu laboratoriya ishida bizga quyidagicha maqsad qo‘yilgan: Multisim dasturida qurilmaning prinsipial elektr sxemasi yig‘ilsin va uni ierarxik blokka joylashtirilsin. Ierarxik blokka joylashtirilgan sxemani ishlash qobiliyatini va to‘g‘ri ishlashini o‘rganing. Ishdan ko‘nikma hosil qiling va ushbu metodning barcha afzalliklarini ko‘rib chiqing.
Sxema avvaldan yig‘ib tayyorlangani uchun biz uni ierarxik blokka joylashtirishga o‘tishimiz mumkin. Buning uchun yuqori paneldan Вставить > Новый иерархический блок ni tanlashimiz kerak:
4-rasm. Ierarxik blok funksiyasini tanlash.
Shundan so‘ng, ierarxik blok tarkibli dialogli oyna chiqadi:
5-rasm. Ierarxik blok tarkibli dialogli oyna.
Bu oynaga ierarxik blok nomi, kirish-chiqishlar sonini kiritamiz va OK tugmasini bosamiz. Variant bo‘yicha bizning sxemamizda 5ta kirish va 1ta chiqish bor.
6-rasm. Ierarxik blokning zaruriy parametric dialog oynasi.
OK tugmasi bosilgandan so‘ng yangi ierarxik blokning obrazi namoyon bo‘ladi va biz uni ish maydonining mos keluvchi qismiga joylashtiramiz:
7-rasm. IB obrazi.
Shundan so‘ng “sichqoncha ko‘rsatkichi IB obraziga olib boriladi va chap tugmachasi 2 marta bosiladi. Natijada Иерархический блок/Подсхема dialog oynasi paydo bo‘ladi. Bu yerda Редактировать ni bosamiz. So‘ngra bizning IB ning ichki qismi ko‘rsatib beriladi. E’tibor berish kerakki, chap va o‘ng tomonlarda IB tarkibini ko‘rsatuvchi dialogli oynaga kiritgan chiqish/kirishlar sonini ko‘rish mumkin.
8-rasm. IB ning ichki qismi.
Bu qismga yangi ierarxik blokni komponentalarini ulashimiz va joylashtirishimiz mumkin:
9-rasm. IB ga sxemani joylashtirish.
Sxema joylashtirilgandan so‘ng saqlab qo‘yiladi.Oxirgi natija tashqi qurilmalar bilan bog‘lanish uchun kirish va chiqish kontaktlari bo‘lgan va ichida sxema joylashtirilgan IB hosil bo‘ladi..
Demak, bir sxemani IB ga joylashtirishni uddaladik. Endi prinsipial sxemamizni yig‘amiz va uning ishlash qobiliyatini shuningdek, IB ga sxemani joylashtirganimizdan keyingi funksional to‘g‘ri ishlashini tekshiramiz.
10-rasm. Qurilmaning to‘liq sxemasi.
11-rasm. Qurilma ishlayapti!
12-rasm. Sxema to‘g‘ri ishlamoqda.
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA FAKULTETI ELEKTRON APPARATLARNI ISHLAB CHIQARISH YO‘NALISHI
“ELEKTRON QURULMALARNI LOYIHALASH VA KONSTRUKSIYALASH” fanidan
Laboratoriya ish № 6.
MAVZU: Multisim 12 dasturining funksional imkoniyatlarini o’rganish va Ultiboardda ishlash
Guruh: 151-19 EAICHT
Bajardi: Abdulloyev A Tekshirdi: Abduxakimov Sh
TOSHKENT 2022
Do'stlaringiz bilan baham: |