Elektroakustika


 Tovush to‘lqinlarni jamlash va to‘lqinlar interferensiyasi



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/124
Sana11.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#883511
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124
Bog'liq
61a1e12d478215.06492958

2.11. Tovush to‘lqinlarni jamlash va to‘lqinlar interferensiyasi 
 
Ko‘pincha elastik muhitda bir emas, birnecha manba to‘lqinlari 
tarqaladi. Bunda to‘lqin superpozitsiyasi, ya’ni to‘lqin tarqalishi boshqa 
to‘lqinlar bo‘lmagan holdagidek kuzatiladi. Haqiqatan ham, bir necha 
to‘lqinlar havoda bir-biriga halaqit bermasdan tarqalishi mumkin. 
Muhitda murakkab tovush maydoni hosil bo‘ladi. To‘lqinlarni 
jamlashning turli holatlaridan eng oddiysi va muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgani chastotasi bir xil ammo, amplituda va tarqalish yo‘nalishi 
turlicha bo‘lgan to‘lqinlarni jamlashdir. Ularni jamlaganda tovush 
interferensiyasi paydo bo‘ladi. Bu hodisa quyidagidan iborat, tovush 
to‘lqinlari ko‘rilayotgan maydonning ayrim nuqtalarida, shu nuqtalarga 
ko‘rilayotgan to‘lqinlar bir xil fazada yetadi va to‘lqin tebranishining 
kuchayishi kuzatiladi; agarda ushbu to‘lqin tebranishlari qarama-qarshi 
fazada bo‘lsa, unda muhitning bunday uchastkalarida to‘lqin harakati 
susayadi yoki butunlay yo‘qoladi. Boshqacha qilib aytganda, bir xil 


55 
uzunlikdagi to‘lqinlar qo‘shilganda tebranishlarning kuchayishi yoki 
susayishi 
to‘lqin
interferensiyasi
deb ataladi.
Barqaror interferensiya manzarasini hosil qilish uchun, kogerent 
to‘lqin mabalari kerak, ya’ni faza siljishsiz bir xil chastota nurlatuvchi 
mabalar kerak.
 
Agarda ikkita bir xil amplitudali tovush to‘lqinlari qarama - qarshi 
yo‘nalishda tarqalayotgan bo‘lsa, unda do‘nglik va tugunli turg‘un 
to‘lqin hosil bo‘ladi. Qo‘shni tugunlar va do‘ngliklar orasi yarim to‘lqin 
uzunligiga teng (2.9-rasm), tugun va do‘nglik oralig‘i esa, chorak to‘lqin 
uzunligiga teng. Do‘nglikda tovush bosimi amplitudasi ikkilangan 
yuguruvchi to‘lqin amplitudasiga, tugunda esa, amplituda nolga teng. 
Bosim va tebranish tezligi do‘ngligi bir-biri bilan mos kelmaydi, balki 
ular bir-biridan chorak to‘lqin oralig‘ida bo‘ladi (2.9 - rasm a va b). 
Xuddi shunday, do‘nglikda tebranish tezligi amplitudasi ikkilangan 
qiymatga ega. 
Turg‘un to‘lqinlarda energiya oqimi nolga teng, shuning uchun 
ularni butkul energiya yoki tovush bosimining kvadrati bilan 
tavsiflaydilar. To‘g‘ri va teskari to‘lqin amplitudalari teng bo‘lmaganda 
turg‘un to‘lqin, qaytgan to‘lqin va qisman amplitudasi qaytgan to‘lqin 
amplitudasiga teng to‘g‘ri to‘lqin yig‘indisi natijasida sodir bo‘ladi. 
To‘g‘ri to‘lqinning qolgan qismi yuguruvchi to‘lqin hosil qiladi (2.9 v-
rasm). 


56 
2.9- rasm. Interferensiya vaqtida tovush bosimi va tebranish 
tezligining taqsimlanishi: 
a) bir xil amplitudali tovush bosimi uchun; 
b) tebranish tezligi uchun; 
v) turli amplitudali tovush bosimi uchun. 
 
Bir xil amplituda va chastotaga ega bo‘lgan, ammo bir-biriga 
qarama-qarshi tomon yo‘nalgan to‘lqin jamlanishining yana bir xususiy 
holini ko‘rib chiqamiz (2.10-rasm). 
Faraz qilaylik, t=o vaqtda ikkala to‘lqinning fazalari bir xil. Undan 
tashqari, shtrix liniyali to‘lqin o‘ng tomonga, shtrixpunktirli to‘lqin chap 
tomonga tarqaladi. Dastlabki vaqtda muhitning barcha nuqtalari 
tebranish bo‘lmayotgan α nuqtadan tashqari (siljish nolga teng) 
ikkilangan siljishga ega. t


8
T
to‘lqin manzarasi o‘zgaradi, chunki bu 
vaqt ichida shtrixli to‘lqin
8
1
λ qiymatga o‘ng tomonga siljidi, boshqa 
to‘lqin esa shunday masofaga chap tomonga siljidi. Har bir zarrachaning 
umumiy siljishini aniqlash natijaviy to‘lqin holatini olish imkonini 
beradi. 


57 
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, bu vaqtda ham α nuqta zarrachalari 
tinch holatda qolmoqda. Qolgan zarrachalarning holati o‘zgargan. Bir-
biridan 
8
T
vaqt orlig‘ida bo‘lgan t
3
, t
4
,
t

vaqt jarayonlarini kuzatishni 
davom ettirsak, har bir vaqt uchun to‘lqin yig‘indisi shaklini olish 
mumkin. Grafikdan shu narsa ko‘rinib turibdiki, α nuqtada hamma vaqt 
tebranish yo‘q, b nuqtada zarrachalar maksimal amplitudada tebranadi. 
Yig‘indi to‘lqinning harakatsiz nuqtalari 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish