a – umumiy sxema, b – joylashtirish sxemasi, 1 – korpus, 2 – Yerga ulagich
Yerga ulab muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elektr kuchlanish paydo bo‘lsa, uni Yerga o‘tkazib yuborishdan iborat bo‘lib, asosiy xususiyatlaridan biri, elektr tokini xavfsiz darajaga tushirish, shuningdek, Yerga ulangan joy atrofida potensiallar ayirmasi hosil bo‘lmasligini ta’minlashdan iborat.
Yerga ulab muhofaza qilish qurilmasi deganda, Yerga qoqilgan va elektr tokini yerga o‘tkazib yuborish uchun mo‘ljallangan metall qoziq va bu qoziqni elektr qurilmasi bilan biriktiruvchi metall o‘tkazgich tushuniladi.
Yerga ulab muhofaza qilish qurilmalari asosan ikki xil bo‘ladi:
a) Bir joyga yig‘ilgan yerga ulash, yerga qoqilgan metal qoziqlar sexdan tashqarida ma’lum bir hududda o‘rnatilgan bo‘ladi.
b) Kontur bo‘yicha joylashtirilgan yerga ulashga mo‘ljallangan metal qoziqlar, elektr qurilmasi o‘rnatilgan maydon atrofi bo‘ylab, o‘zaro metall polosadan qilingan o‘tkazgich yordamida bir-biri bilan payvandlab ulab qo‘yiladi. Kontur bilan yerga ulashda elektr xavfsizligi butun yerga ulangan qoziqlar hisobiga tenglashtiriladi, hudud bo‘ylab elektr potensiallari ayirmasi yo‘qoladi.
Elektr qurilmalarining tok o‘tmaydigan metall qismlarini oldindan nol sim bilan ulab qo‘yish, nolga ulab muhofazalashdir.
Muhofazalovchi nol simi, elektr manbai g‘altagining neytral qismlarini mustahkam Yerga ulash bilan boshlanib, uch faza bilan birgalikda to‘rtinchi nol sim tariqasida butun tarmoq bo‘ylab tortib boriladi va iloji borcha ko‘proq (ma’lum masofada) Yerga ulab boriladi.
Nolga ulab muhofaza qilishning vazifasi Yerga ulab muhofaza qilish bilan bir xil, ya’ni elektr asbobi korpusiga oqib ketgan kuchlanishni zararsizlantirishdan iborat.
3-rasm. Elektr qurilmalarida himoya nol o‘tkazgichini ulanish sxemasi: a – uch fazali elektro iste’molchilarga nol o‘tkazgichini ulanishi, b – yoritgichlarni armaturasida nol o‘tkazgichni ulanishi, v – elektr qurilmalarida bir vaqtni o‘zida nol va Yerga ulanish o‘tkazgichlarni ulanishi
Nolga ulab muhofaza qilinayotgan tizimda nol simining asosiy vazifasi elektr tizimi korpusiga o‘tib ketgan tok bilan qarshiliksiz qisqa tutashuv hosil qilib, tizimdan oqib o‘tayotgan tok miqdorini muhofazalovchi o‘chirish tizimini ishga tushirib, qurilmaga tok o‘tkazmasligini ta’minlaydi
Elektr qurilmalarini o‘rnatishda qo‘yiladigan talablar.
Elektr dvigatellari, ularni ulovchi o‘tkazgichlarning muhofaza qobiqlari, tok o‘chirish qurilmalari va saqlovchi qurilmalar hamda ularni o‘rnatish va foydalanishda maxsus talablar qo‘yiladi.
Elektr qurilmalarining elektr o‘tkazgichlarini muhofaza qobiqlari bilan ta’minlash muhim rol o‘ynaydi.
a) Ko‘p miqdordagi elektr tokini yo‘qotishdan saqlaydi.
b) Ishlayotgan xodimni elektr toki ta’siriga tushib qolishga yo‘l qo‘ymaydi.
v) Elektr tizimlarining o‘zgaruvchi kuchlanishlaridan uchqunlar chiqishi bilan paydo bo‘ladigan yong‘in xavfini yo‘qotadi.
Elektr qurilmalarini o‘rnatish qoidalariga asosan ikki saqlovchi qurilma o‘rtasidagi, elektr tizimlaridagi yoki oxirgi saqlovchi qurilma bilan har qanday o‘tkazgich orasidagi muhofaza qobig‘i qarshiligi 0,5 M Om dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.
Xavfli xonalarda bu qarshilik miqdori 20-50 foiz ortiq bo‘lishi kYerak.
Elektr qurilmasining muhofaza qobig‘i qarshiligi uni o‘rnatgandan keyin o‘lchab ko‘riladi va ishlatish davrida yiliga kamida 1 marta, xavfli xonalarda kamida 2 marta o‘lchab, tekshirib turiladi.
Muhofaza qilinmagan ochiq simlardan foydalanilganda, ularni kamida 3,5 m balandlikda o‘rnatish tavsiya etiladi, agar simlar uzilib ketgan taqdirda, ularni avtomatik o‘chirish tizimlari bo‘lishi shart.
Elektr tizimlarining saqlovchi qurilmalari juda oddiy tuzilgan bo‘lib, agar tizimda elektr quvvati nominal (25 foiz) miqdordan ortib ketganda, avtomatik ravishda tokni uzib qo‘yadi.
Agar tok kuchi birdaniga 2,5 marta ortib ketsa, Yeruvchi qism 0,2 s davomida Yerib ketadi. Yeruvchi qismning standart sifatidagisini qo‘llash kYerak, uning o‘rniga, mis simlardan qilingan yasama qurilmalarni qo‘llashga ruxsat etilmaydi. CHunki bunday yasama qurilmalar o‘z vaqtida ishlamay, tizimdagi mavjud boshqa qismlari va o‘tkazgichlari qizib ketishiga hamda muhofaza qobiqlarining yonib ketishi natijasida, yong‘in chiqishiga sababchi bo‘ladi.
Saqlovchi qurilmalarning probkasimon, plastinkali va trubkasimon turlari mavjud bo‘lib, ularning hammasi ham Yeruvchi qismni o‘zgartirish imkoniyati bor.
Saqlovchi qurilmalarni almashtirish uchun, albatta, elektr tokini o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi, aksariyat hollarda shaxsiy muhofaza aslahalar qo‘llaniladi.
Elektrdan himoyalanish vositalari deb elektr qurilmalarida ishlaydigan ishchi xodimlarni shikastlanishdan, yuqoridan yiqilishdan, elektr maydonining ta’siridan himoyalash uchun xizmat qiluvchi asboblar moslamalar va qurilmalarga aytiladi.
Qo‘llanilishiga ko‘ra himoya qilish vositalari quyidagi asosiy tizimlarga bo‘lib o‘rganish mumkin:
a) Kuchlanish ostida ishlash uchun asbob va moslamalar (opYerativ ishlash uchun izolyasiyalovchi shtangalar, izolyasiyalovchi omburlar va tortqichlar qamragichlar, dastasi izolyasiyalangan asboblar);
b) Kuchlanishni aniqlash va kuchlanish ostida o‘lchash uchun asbob hamda moslamalar (kuchlanishning bor – yo‘qligi va fazasini tekshirish uchun qo‘llaniladigan asboblar o‘lchash shtangalari, tok o‘lchash omburlari);
v) Kishini elektr tokidan izolyasiyalash vositalari (saqlagichlari bo‘lgan izolyasiyalovchi omburlar, izolyasiyalovchi narvonlar va maydonchalar, rezinadan ishlangan dielektrik qo‘lqoplar, botilar, kalishlar, to‘shamalar, izolyasiyalovchi ostqo‘ymalar);
g) Ko‘chma Yerga ulagichlar va ularni yotqizish uchun shtangalar;
d) Saqlovchi vositalari (muvaqqat to‘siq, izolyasiyalovchi qalpoqlar va quymalar, ust quymalar, himoya ko‘zoynagi, elektromagnit maydon ta’siri mintaqasida ishlash uchun metall qo‘shilgan matodan ishlangan kostyum, montyorlar kamari, kaskalar ogohlantiruvchi plakatlar).
Asosiy himoya vositalari deb, izolyasiyasi elektr qurilmalarning ish kuchlanishlariga ishonchli chiday oladigan va ular yordamida kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish mumkin bo‘lgan himoyalash vositalariga aytiladi.
Asosiy himoya vositalari elektr qurilmaning ish kuchlanishiga bog‘liq bo‘lgan kuchlanish ostida sinaladi, bu kuchlanish tarmoqdagi kuchlanishdan uch marta ortiq bo‘lishi lozim.
Asosiy himoya vositalari dielektrik matYeriallardan (plasmassalar, bakelit, chinni ebonit, getinaks, tez quriydigan yog‘och moyi shimdirilgan yog‘och qatlamli plastiklar)tayyorlanadi.
Qo‘shimcha himoya vositalari deb, bYerilgan kuchlanishda tok bilan shikastlanishdan mustaqil holda himoya qila olmaydigan vositalarga aytiladi. Ular kuchlanish ostidagi qismlarga bexos tegib ketishdan, elektr yoyidan va uning yonish mahsulotlari ta’siridan, kuyishdan himoya qilishda yordamchi vosita hisoblanadi (dielektrik qo‘lqoplar, botilar kalishlar, dielektrik rezina gilamchalar, izolyasiyalovchi ostqo‘ymalar).
Qo‘shimcha himoya vositalari ular ishlatiladigan elektr jihozlarining kuchlanishiga bog‘liq bo‘lmagan kuchlanishda sinaladi va ular mo‘ljallangan kuchlanishdan ortiq bo‘lmagan kuchlanishda ishlaydigan elektr uskunalarda foydalanilishi kYerak.
Individual foydalaniladigan himoya vositalari. Bularga ekranlovchi himoya tizimlari, himoya ko‘zoynagi, qo‘lqoplar protivogazlar, saqlash kamarlari va himoya kanatlari kiradi.
- Ekranlovchi himoya tizimlari kishi organizmini elektr maydoni ta’siridan saqlaydi.
- Himoya ko‘zoynaklardan - payvandlash, kavsharlash, asboblarni charxlash, elektrolit bilan ishlashda va akkumulyatorlarga xizmat ko‘rsatishda foydalaniladi.
- Saqlash kamarlaridan – balandlikda, elektr uzatish tizimlarini tayanchlarida ishlaganda foydalaniladi.
- Himoya kanati - qo‘shimcha xavfsizlik chorasi hisoblanib, tasma yoki zanjir yordamida tayanchga o‘rnashib olish mumkin bo‘lmaganda, albatta ulardan foydalaniladi.
Saqlash kamari va himoya kanati yarim yilda bir marta 225 kg kuch bilan 5 minut davomida mexanik mustahkamlikka sinaladi.
4-rasm. Elektrdan himoyalash vositalari:
Do'stlaringiz bilan baham: |