Elektr xavfsizligi asoslari. Mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi



Download 239,29 Kb.
bet1/5
Sana29.11.2019
Hajmi239,29 Kb.
#27654
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektr xavfsizligi asoslari.

Elektr xavfsizligi asoslari.

Mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi



Vaqti- 2 soat

Talabalar soni: 30-60 nafar

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Vizual ma’ruza

O‘qitish texnologiyasi

Muammoli

Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi

1. Elektr tokining inson organizimiga ta’siri.

2. Tok ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish.

3. Elektr toki ta’siriga tushib qolish, jarohatlanish sabablari va uni oldini olish tadbirlari.

4. YYerga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o‘chirish qurilmalari.

5. Elektr qurilmalarini o‘rnatishda qo‘yiladigan talablar.


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Elektr tokidan xavfsiz foydalanish talablari, muhofaza vositalari, elekt tokidan jarohatlangan kishiga biorinchi yordam kursatishni o‘rganish.

Pedagogik vazifalar:

- elektr tokining inson organizimiga ta’siri xususiyatlari tushuntiriladi;

- elektr toki ta’siriga tushib qolish, jarohatlanish sabablari va uni oldini olish tadbirlarini tushuntiradi;

- tok ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish ochib bYeriladi;

- Yerga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o‘chirish qurilmalari tushuntiradi;

- Elektr qurilmalarini o‘rnatishda qo‘yiladigan talablari o‘rgatiladi.



O‘quv faoliyatining natijalari:

Talabalar:

- elektr tokining inson organizimiga ta’sirini tavsiflaydilar;

- tok ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish usullarini aytib bYeradilar;

- elektr toki ta’siriga tushib qolish, jarohatlanish sabablari va uni oldini olish tadbirlarini aytib bYeradilar;

- yYerga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o‘chirish qurilmalarini tasavvur qiladilar;

- elektr qurilmalarini o‘rnatishda qo‘yiladigan talablarini aytib bYeradilar.


O‘qitish uslubi va texnikasi

Vizual ma’ruza, blits-so‘rov, bayon qilish, klastYer, «ha-yo‘q» texnikasi

O‘qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, proektor, tarqatma matYeriallar, grafik organayzYerlar.

O‘qitish shakli

Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.

O‘qitish shart-sharoiti

Proektor, kompyutYer bilan jihozlangan auditoriya.

Mavzularning tayanch iboralari nomi:


Tayanch iboralarning o‘quv maqsadlari:

1. Elektr tokining inson organizimiga ta’siri.

2 Elektr toki ta’siriga tushib qolish, jarohatlanish sabablari va uni oldini olish tadbirlari a’riflash.

3. Tok ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish.

4. Yerga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o‘chirish qurilmalari o‘rganiladi va amalga oshiriladi.

5. Elektr qurilmalarini o‘rnatishda qo‘yiladigan talablar o‘rganiladi va amalga oshiriladi.




Mustaqil ish:

- elektr tokining inson organizimiga ta’siri o‘rganish.

- tok ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish usullarini o‘rganish.

- elektr toki ta’siriga tushib qolish, jarohatlanish sabablari va uni oldini olish tadbirlarin i ishlab chiqish.

- Yerga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o‘chirish qurilmalari sxemasini jizish.

- elektr qurilmalarini o‘rnatishda qo‘yiladigan talablar ni mukammal o‘rganish.



Talabalar:

- elektr tokining inson organizimiga ta’sirini o‘rganish;

- elektr toki ta’siriga tushib qolish, jarohatlanish sabablari va uni oldini olish tadbirlari va usullarini o‘rganish;

- tok ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish va uni oldini olish to‘g‘risida ma’lumot to‘playdi;

- elektr qurilmalarini o‘rnatishda qo‘yiladigan talablar o‘rganadi ;

- Yerga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o‘chirish qurilmalari talabalar tomonidan o‘rganiladi;

- mavzuga oid intYernet yangiliklarini to‘playdi.


O‘quv-ilmiy adabiyotlar


1. N.H. Avliyoqulov Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari Toshkent- 2001y.

2. N.H. Avliyoqulov O‘qitishning modul tizimi va pedogogik texnologiyasi amaliy asoslari Boxoro 2002y.

3. N.H. Avliyoqulov, N.N.Musaeva Pedagogik texnologiyalar. Fan va texnologiya nashriyoti, 2008y.

4. A.T. Murodov, S.N. SHodiev Mehnatni muhofaza qilish. Ma’ruzalar matni. B, 2003 y.

5. G‘. YOrmatov, YO. Isomuhamedov Mehnatni muhofaza qilish. T., «O‘zbekiston», 2002 y.

6. X. Azimov. Qurilishda mehnat havfsizligi Fan 1997y

7. O‘. Yo‘ldoshev, U. Usmonov, O. Qudratov Mehnatni muhofaza qilish mehnat 2001y.

8. P.V.Soluyanov Praktikum po Oxrane truda.

9. IntYernet ma’lumotlari:


1. Elektr tokining inson organizimiga ta’siri.

Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldindan ko‘rish va sezish imkoniyati yo‘qligi uchun, elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to‘siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlaridan unumli foydalanish nihoyatda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Elektr toki faqat biologik ta’sir bilan chegaralanib qolmasdan, elektr yoyi ta’siri, magnit maydoni ta’siri va statik elektr ta’sirlariga bo‘linadiki, bularni bilish har bir inson uchun zarur hisoblanadi.

A) Elektr tokining tYermik ta’siri-inson tanasining ba’zi joyida kuyish, qon tomirlari, nYerv va hujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi.

B) Elektrolitik ta’sir esa, qon yoki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida, qonning fizik va kimyoviy xusu-siyatlarining o‘zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab va yurak-qon tizimini kesib o‘tmasdan, tananing ba’zi bir qismlarigagina ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

V) Elektr tokining biologik ta’siri - bu faqat tirik organizm uchun xos xususiyat hisoblanib, bu ta’sir natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli organizmidagi tirik hujayralar to‘lqinlanadi, bunda asosan organizdagi bioelektrik (inson organizmi bioelektrik toklar yordamida boshqariladi) jarayonlar buziladi va tok urish holati vujudga keladi.

ELEKTR TOKI TA’SIRI IKKI GURUHGA BO‘LINADI.

A) Mahalliy elektrik ta’siri natijasida:

- kuyib qolish, organizm bilan elektr o‘tkazgichi o‘rtasida volta yoyi hosil bo‘lganda sodir bo‘ladi;

- elektr belgilari hosil bo‘lishi - tYerining ustki qismida aniq kulrang yoki och-sarg‘ish rangli 1-5 mm belgi paydo bo‘lishidir;

- tYerining metallashib qolishi - bu holat ham elektr yoyi hosil bo‘lganda ro‘y bYeradi;

B) Tok urishi - to‘rt darajaga bo‘lib qaraladi

- muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo‘qotmaydi (0,6 – 1,5mA);

- muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi (10 – 15mA);

- odam hushini yo‘qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‘xtab qoladi (25 – 50mA);

- klinik o‘lim holati, bunda insonda hech qanday hayot alomati ko‘rinmay qoladi (100mA).

Klinik o‘lim - bu hayot bilan o‘lim oralig‘i bo‘lib, inson ma’lum vaqtgacha ichki imkoniyatlar hisobiga yashab, bu holat 5-8 daqiqa davom etadi va tashqi yordam bo‘lmasa, miya qobig‘idagi hujayralar parchalanib biologik o‘lim holatiga o‘tadi.

Tok ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish.



Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati bo‘lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo‘lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish zarur.

Klinik o‘lim holati yuz bYergan taqdirda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kYerak.

Sun’iy nafas oldirish “og‘izdan og‘izga” deb atalib, yordam ko‘rsatuvchi o‘pkasini havoga to‘ldirib, jarohatlagan kishi og‘zi orqali uning o‘pkasiga bu havoni haydaydi.

Bunda yordam ko‘rsatayotgan kishi og‘zi bilan, jarohatlangan kishining og‘zini butunlay bYerkitishi va yuzi yoki panjalari yordamida uning burnini bYerkitish kYerak.

Bir minutda taxminan 10-12 marta puflashni, doka dastro‘mol va trubka orqali ham bajarish mumkin, sun’iy nafas oldirishni bemor o‘ziga kelguncha davom ettiriladi.

YUrakni tashqaridan massaj qilish jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanishni sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi.

Qorin bo‘shlig‘idan ko‘krak qafasiga o‘tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan massaj qilinadigan joyni belgilab, qo‘lni bir-biri ustiga to‘g‘ri burchak shaklida qo‘yib, jarohatlangan kishining ko‘krak qafasiga tana og‘irligi bilan 15-25 kg miqdordagi kuch bilan bosiladi. Bosish soniyada 1 marta keskin kuch bilan bo‘lishi kYerak. Bunda ko‘krak qafasi ichkariga qarab 3-4 sm pasayishi kYerak va bu yurak urishi ritmiga moslab davom ettiriladi. Har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko‘krak qafasini bosish kYerak. Jarohatlangan kishining yurak urishi, pulsini tekshirib bilinadi. Buning uchun yuqoridagi vazifalarni 2-3 soniyaga to‘xtatib, tomir urishi sinab ko‘riladi.



1-rasm. Sun’iy nafas oldirish va yurakni massaj qilish usullari.


Download 239,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish