foydalanish man etiladi.
Yonuvchi moddalarni isitish zarur bo‘lganda suv xammomi yoki yopiq turidagi elektr
isitgichlarni qo‘llash kerak.
759. Organik eritgichlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar havoni tortib chiqaradigan
shkafda bajarilishi kerak.
760. Tasodifan to‘kilib yuborilgan yonuvchi moddalar qum bilan sepilishi va yog‘och
kurakcha yoki plasstmassa xokandozi bilan olib tashlanishi kerak. Bu maqsadlarda
po‘lat kurakchalar (xokandozlar)ni qo‘llash man etiladi.
761. Suvda erimaydigan yonuvchi moddalarni (benzin, skipidar, efir, moylar va b.) suv
bilan o‘chirish man etiladi.
762. Elektr uskunalari va elektr asboblarini ta’mirlash va izolatsiyasini tekshirish
ishlarini elektrotexnik xodimlar bajarishlari kerak.
763. Elektr uskunalari va asboblarining metall korpuslari (quritish shkaflari, mufel
pechlari, konduktometrlar, rN-metrlar va x.), agar ular 220 V elektr tarmog‘idan
ta’minlanadigan bo‘lsa yerga ulangan bo‘lishi kerak. Ochiq spiralli elektr plitkalaridan
foydalanish man etiladi.
764. Elektr isitish asboblari devorlardan kamida 300 mm masofada, po‘lat tunukasi bilan
himoyalangan va varaqli asbest bilan qoplangan stollarda o‘rnatilishi kerak.
765. 220 va 12 V elektr tarmog‘ining shtepsel rozetkalari bir-biridan ajralib turishi va
tegishli yozuvga ega bo‘lishi kerak. Bir rozetkaga bir nechta elektr isitgich asboblarini
ulash man etiladi.
766. Elektr simlarning izolatsiyasida nuqsonlar, ishga tushirgichlarda (puskatellarda),
rubilniklarda,
shtepsellarda,
rozetkalarda,
shtepsel
vilkalarida
va
boshqa
armaturalarida nosozliklar, shuningdek yerga ulagich va to‘siqlar buzilishi aniqlansa
nosozliklar bartaraf etilguncha ish zudlik bilan to‘xtatilishi kerak.
767. Yangi asboblar va elektr uskunalarini tarmoqqa ulash, shuningdek yoritgichlar va
elektr isitgich asboblari sonini ko‘paytirishga faqat elektr sexi rahbariyatining ruxsati
bilan yo‘l qo‘yiladi.
768. Tarmoqqa ulangan elektr asboblarini nazoratsiz qoldirish man etiladi.
769. Elektr energiya uzilganda barcha elektr asboblari zudlik bilan tarmoqdan uzilishi
kerak.
770. Gaz to‘ldirilgan ballonlar isitish radiatorlari va boshqa isitish va elektr isitish
asboblaridan kamida 1 m masofada o‘rnatilishi kerak. Isitish asboblarida ballonlarni
qizib ketishdan saqlovchi ekran mavjud bo‘lsa, ballondan ekrangacha masofa 10 cm dan
kam bo‘lmasligi kerak.
Ochiq olovni quyidagi masofalardan (gorizontal bo‘yicha) kam bo‘lmaganda qo‘llashga
yo‘l qo‘yiladi:
5 m —gaz alangali ishlarni olib borish uchun mo‘ljallangan ballonlar guruhidan (ikkidan
ortiq ballonlar);
5 m —kislorodli va yonuvchi gazli ayrim ballonlardan;
771. Ballonlar o‘tish joylaridan chetda o‘rnatilishi kerak, ularni yiqilishini oldini olish
uchun mahkamlash kerak va quyoshning to‘g‘ri nurlaridan saqlash kerak.
772. Ballonlar bilan ishlaganda ularni urishdan va moy xamda yog‘lar bilan
ifloslanishidan saqlash kerak.
773. Reduktorlarning ventillarini reduktorning yon tomonida turib sekin va ravon
ochish kerak. Ventil ochilayotgan vaqtda bevosita uning oldida odamlar turishi va erkin
yotgan (mahkamlanmagan) narsalar bo‘lishi mumkin emas.
774. Laboratoriya xonasida ballonlarni saqlash man etiladi.
775. Kimyo laboratoriyalarida ishlashda xavfsizlik talablariga amal qilish mazkur
Qoidalarning 18-ilovasi talablariga muvofiq bajarilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: