Qoidalar, sanitariya qoidalari va ushbu korxonadagi mehnat sharoitlarining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan bo‘lishi kerak.
834. Simobli xonalarda simob, tortuvchi ventilatsiyasi bo‘lgan shkafda sinmaydigan yoki
devorlari qalin shisha idishda, u silliqlangan tiqinli (vakuumli zamazkada) va metall
tagliklaridagi amortizatsiyali futlyarda o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Simobning oz miqdori
(20 — 30 ml) kavsharlangan
shisha ampulalarida, plastmassa yoki metall futlyarlariga
qo‘yilgan holda shkafda saqlanishi mumkin.
Har kuni, ish boshlanishidan kamida 15 min oldin ushbu xonalarda so‘ruvchi-tortuvchi
ventilatsiya ishga tushirilishi kerak.
835. Asboblar va apparatlarni simob bilan to‘ldirish va uni quyib olish, faqat simobli
xonada va qora metalldan yasalgan taglik ustida, havo tortuvchi zont ostida va so‘ruvchi
ventilatsiya ishga tushirilganda o‘tkazilishi kerak.
Simobli asboblar va apparatlarni simobli xonada taglikda yoki maxsus jihozlangan
stolda qismlarga ajratish lozim. Ishlab chiqarish xonalarida simobli asboblar va
apparatlarni qismlarga ajratish qat’iyan man etiladi.
Avariyaviy vaziyatlarda (asboblar yoki apparatlar shikastlanganda) simobni bevosita
ishlab chiqarish xonalarida quyib olishga ruxsat etiladi.
836. Asboblar va apparatlardan simobni, simobli xonalarda,
hamda ishlab chiqarish
xonalarida faqat suv bilan to‘ldirilgan idishlarga quyib olish mumkin.
Simobning polga to‘kilishini oldini olish uchun simob solingan idishlar qora metalldan
yasalgan sirlangan tagliklarga o‘rnatilishi kerak.
Simobni tarozida tortish, tozalash va filtrlashni faqat simobli xonalarda havoni tortuvchi
shkaflar ichida tortuvchi ventilatsiya ishga tushirilganda o‘tkazishga ruxsat beriladi,
ventilatsiya ish tugatilgandan keyin 30 min davomida to‘xtatilmasligi kerak.
837. Ochiq simob bilan bajariladigan ishlar (uni tozalash, distillatsiya qilish, asboblarni
to‘ldirish va b.) xlorvinilli yoki yupqa rezina qo‘lqoplarida, bosh kiyimida va
ko‘zoynakda bajarilishi kerak. Simobni himoyalanmagan qo‘llar bilan olish va uni og‘iz
bilan so‘rib olish qat’iyan man etiladi. Simob to‘kilib ketganda yoki mahalliy tortish
ventilatsiyasi ishdan chiqqanda G markali filrtlovchi korobkali protivogazlarda ishlash
kerak.
838. Ishlatilmaydigan, singan asboblar va apparatlarni ishlash xonalarida saqlash man
etiladi.
839. Xonada oqib ketgan simob aniqlanganda, uni ko‘rib qolgan xodimlar zudlik bilan
zarur choralar ko‘rilishi uchun bo‘linma rahbariyatiga ma’lum qilishi kerak.
Ishlab chiqarish xonasining zararlangan uchastkasiga tegishli ishlov berilgandan so‘ng,
havoda simob bug‘larining
borligi tahlil qilinishi kerak, uning havo tarkibi miqdori
mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan qiymatlaridan oshmasligi kerak.
840. Maxsus kiyimlar, simob bilan ishlar olib boriladigan xonaning o‘zida, mahalliy havo
so‘rilishiga ega bo‘lgan xususiy shkaflar bilan jihozlangan garderoblarda saqlanishi
kerak. Kiyimlarni saqlash shkaflari shaxsiy gigiyena va himoya vositalarini saqlash
uchun alohida bo‘linmalarga ega bo‘lib, po‘lat tunukadan tayyorlanadi.
841. Maxsus kiyimni uyga olib ketish va unda oshxonaga borish man etiladi.
842. Simob bilan ishlar bajarilgan maxsus kiyimlarni boshqa maxsus kiyimlardan
alohida yuvish kerak. Bu maxsus kiyimlarni uy sharoitlarida yuvish man etiladi.
843. Maxsus kiyimlarni yuvish bilan bir vaqtda ularni saqlash shkaflari ham yuvilishi
kerak. Shkaflar issiq suv va sovun bilan, undan keyin kaliy permanganat (margansovka)
tuzining 0,1 foizli eritmasi bilan yuvilishi kerak.
844. Sovun-soda eritmali (1 kg kiyimga 41 eritma hisobidan) issiq suvda (70 — 80°S)
yuvilishi oldidan maxsus kiyim changsizlantirilishi va yuvilish oldidan kiryuvish
mashinasining barabanida 30 min davomida sovuq suv bilan yuvilishi kerak.
Maxsus
kiyim 2-marta yuvilishi kerak. Birinchi marta yuvilgandan keyin ulardan ishqorni
chiqarish uchun kir yuvish mashinasining barabanida oldin issiq suv, keyin esa sovuq
suv bilan yuvish kerak, so‘ngra 30 min davomida xlorid kislotaning 1 — 2 foizli eritmasi
bilan unga ishlov berish kerak. Ikkinchi marta maxsus kiyimni 70 — 80 °S haroratda 20
min davomida ishqorli eritma bilan yuvish kerak, undan keyin sovuq suvda chayqash,
kraxmallash, siqish, quritish va dazmollash kerak.
845. Simob bilan ishlar bajariladigan xonalarda chekish, shuningdek, ovqat va suvni
saqlash va iste’mol qilish qat’iyan man etiladi.
846. Simob bilan ishlaydigan shaxslar quyidagi gigiyena
qoidalariga rioya qilishlari
kerak:
ovqatni iste’mol qilish oldidan maxsus kiyimni va shaxsiy himoya vositalarini echish,
qo‘llarni issiq suv va sovun bilan hamda cho‘tka bilan yuvish, og‘izni kaliy permanganat
(margansovka) tuzining kuchsiz eritmasi bilan (pushti rangda) chayqash kerak.
Qo‘lqoplarni echishdan oldin ularni yaxshilab yuvish kerak;
har kuni ishdan keyin maxsus kiyimni echish, uni changyutgich bilan tozalash va
shkafga berkitib qo‘yish kerak, og‘izni kaliy permanganat (margansovka) tuzining
kuchsiz eritmasi bilan (pushti rangda) chayqash, dushda yuvinish va tishlarni tozalash
kerak. Og‘izni chayqash uchun eritma maxsus o‘qitilgan odamlar tomonidan
tayyorlanishi kerak.
847. Simobli xonalar har kuni nam latta bilan artilishi kerak. Simobli xonada har oyda
bir
marta shiplari, devorlari, mebellari, deraza romlari va panjaralari, oynalari,
tokchalari, eshiklari va boshqalar sovunli issiq suv bilan yuvilishi kerak.
Har chorakda bir marta yuqorida ko‘rsatilgan tozalash kimyoviy demerkurizatsiya
vositalarini qo‘llagan holda o‘tkazilishi va undan keyin eritma qoldiqlarini poldan suv
bilan yuvib tashlanishi kerak.
848. Simobli xonalarni tozalash uchun mo‘ljallangan inventardan boshqa xonalarni
tozalash uchun foydalanishi mumkin emas va u zich yopiladigan metalli yashiklarda
saqlanishi kerak, bu yashiklar mahalliy havo so‘ruvchi qurilmalar bilan jihozlangan va
yorqin ogohlantiruvchi rangga bo‘yalgan bo‘lishi kerak. Ko‘rsatilgan
inventarlarni
farqlash uchun ular qizil rangga bo‘yalgan bo‘lishlari shart. Xonalarni tozalash
o‘tkazilgandan keyin invertarlarga demerkurizatsiyalash eritmalari bilan ishlov berilishi
kerak.
849. Simob bilan ishlar bajariladigan xonalarning chiqishida taramlangan rezina
gilamchalari bo‘lishi kerak, ularni har kuni qora po‘lat tunukadan yasalgan tagliklarda
kaliy magnit tuzli, xlorid kislotali eritma bilan ishlov berilishi zarur.
850. Simobli asboblar bilan ishlash uchun mazkur Qoidalarning 20-ilovasi talablariga
muvofiq bajarilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: