ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BO‘YICHA DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING
BUYRUG‘I
ELEKTR STANSIYALARI VA ISSIQLIK TARMOQLARINING ISSIQLIK MEXANIKA
USKUNALARINI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI
QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb
topilgan, 2009-yil 19-iyun 6-15/13-5156/6-son]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli
qarori
bilan tasdiqlangan Elektr energetika nazorat bo‘yicha
davlat inspeksiyasi
(“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi) to‘g‘risidagi nizom asosan buyuraman:
1. Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik
mexanika uskunalarini
ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.