To‘siqlar GOST 12.4.026 — 76 “SSBT. Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” bo‘yicha
signal ranglariga bo‘yalgan bo‘lishi shart.
Shchitlardagi signal yo‘l belgilari va signal lampalari avtotransport va yo‘lovchilar o‘tishi
mumkin bo‘lgan barcha taraflardan to‘silgan joylarni yaxshi ko‘rinishini ta’minlashi
shart.
59. Ishlab chiqarish xonalarining ishchi zonasidagi havoda zararli moddalarning tarkibi,
mazkur Qoidalarning 2-ilovasida belgilangan chegaraviy yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan
konsentratsiyadan ortiq bo‘lmasligi shart.
60. Xonalarda yonuvchi gazning konsentratsiyasi, uning alangalanishi pastki
chegarasining 1/5 dan oshmasligi lozim. Havoda yonuvchi gazlarning alangalanish
chegaralari mazkur Qoidalarning 3-ilovasida keltirilgan.
61. Korxonaning bosh muhandisi (issiqlik tarmog‘i rayonining boshlig‘i) tasdiqlaydigan
barcha gaz xavfi bor joylar, shuningdek zararli moddali xonalarning ro‘yxati tuzilgan
bo‘lishi shart.
Ushbu xonalarga kirish oldida zararli moddalar mavjudligi va yong‘in va portlash xavfi
to‘g‘risida ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari osib qo‘yilgan bo‘lishi shart. Xavfsizlik
belgilari GOST 12.4.026 — 76 “SSBT. Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” bo‘yicha signal
ranglariga bo‘yalgan bo‘lishi shart.
62. Hududda va ishchi xonalarda tozalikka rioya qiliniishi shart.
To‘kilgan yoki oqib tushgan suyuqliklar zarur bo‘lganda neytrallashtirilishi va olib
tashlanishi, ular to‘kilgan joylar esa artilishi shart.
Devorlar, deraza tokchalari, qoplamalar, zinalar, uskunalarning yuzalari va chang
o‘tirib qolgan boshqa joylar chang so‘rib oluvchi qurilmalar yoki ho‘llangan latta bidan
mahalliy yo‘riqnoma bilan belgilangan jadval bo‘yicha tozalanishi shart.
Xonalarni va uskunalarni tozalashda yonuvchi moddalarni (benzin, kerosin, atseton va
b.) qo‘llash man etiladi.
63. Ishlab chiqarish xonalarida toza va kirlangan artish materiallari uchun alohida
bo‘limli yopiladigan metall yashiklar o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Kirlangan artish
materiallarini yashiklardan har kuni olib tashlash shart.
64. Korxonada yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablar ShNK 2.01.02 -04
“Binolar va inshootlarning yong‘in xavfsizligi” va GOST 12.1.004 “SSBT. Yong‘in
xavfsizligi. Umumiy talablar”ga mos kelishi shart.
Hududda va xonalarda “Energetika korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari”ga
muvofiq yong‘inni o‘chirish uchun zarur bo‘lgan vositalar mavjud bo‘lishi shart.
Yong‘inni o‘chirish vositalari “Energetika korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi
qoidalari” va “Yong‘inni o‘chirish birlamchi vositalarini saqlash va qo‘llash
yo‘riqnomasi” talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
65. Hududda va ishlab chiqarish xonalarida faqat maxsus ajratilgan joylarda chekishga
ruxsat etiladi.
Rezervuarlar, kameralar, quduqlar va kanallarda, shuningdek ochiq lyuklar yaqinida
chekish man etiladi.
66. Ishlab chiqarish xonalarida bog‘lash materiallari va medikamentlar bilan butlangan
aptechkalar mavjud bo‘lishi shart. Aptechkalar toza va batartib saqlanishi, materiallar
va medikamentlarning zaxiralari muntazam ravishda to‘ldirib turilishi shart.
Aptechkada zarur bo‘lgan materiallar va medikamentlarning ro‘yxati, shuningdek ularni
qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud bo‘lishi shart. Aptechkalarni o‘rnatish joyini sex
(rayon, uchastka) ma’muriyati medpunkt bilan kelishish bo‘yicha belgilaydi.
67. Ishlab chiqarish xonalarida xavfsiz ishlash usullarini va birinchi yordam ko‘rsatish
qoidalarini namoyish etuvchi plakatlar osib qo‘yilgan bo‘lishi shart.
68. Ishlab chiqarish xonalarida ish joyining yaqinida, sanitar me’yorlari talablariga
muvofiq, fontanchalar (yoki ichimlik suvi solingan idishlar) bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: