Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida


§ 3. Uskunalarga xizmat ko‘rsatish



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

§ 3. Uskunalarga xizmat ko‘rsatish
76. Har bir ish joyida ushbu lavozim yoki kasb uchun majburiy bo‘lgan hajmda ishlab
chiqarish, lavozim yo‘riqnomalari va mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar


bo‘lishi shart.
77. Ish boshlangunga qadar, bajarilishi kerak bo‘lgan ishga qarashli mazkur
Qoidalarning barcha talablari bajarilishi shart. Agar ushbu holatga rioya qilinmasa, uni
bajarishga kim ko‘rsatma berganidan qat’iy nazar, xodimlar ish boshlashga haqli emas.
78. Uskunalarni aylanib va ko‘rib chiqish faqat uskunalar ish rejimini olib boruvchi
navbatchi xodim ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
79. Bosim ostidagi quvurlarning berkituvchi, rostlovchi va saqlagich armaturalari va
flanetsli birikmalari, shuningdek agregat maydonchasida, lyuklar, lazlar, suv sathini
ko‘rsatuvchi oynalar yaqinida ishlab chiqarish zaruriyatisiz yurish man etiladi.
80. Maydonchalarning to‘siqlariga suyanish va ularda turish va yurish uchun
mo‘ljallanmagan quvurlar, konstruksiyalar va qoplamalar ustida yurish man etiladi.
81. Bosim ostidagi uskunalar va quvurlarni ishga tushirishda, tarmoqdan uzishda,
presslashda va sinashda faqat bu ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarga ularning
oldida bo‘lishga ruxsat beriladi.
Uskunalarni gidravlik sinashda bosim sinash bosimigacha ko‘tarilganda, uning ustida
odamlar bo‘lishi man etiladi. Sinalayotgan quvurlar va uskunalarning payvandlangan
choklarini ko‘rib chiqish faqat sinash bosimi ishchi bosimigacha pasaytirilgandan keyin
ruxsat beriladi.
Qozon 
shlakdan 
tozalanayotganda 
va 
puflanayotganda, 
pastki 
nuqtalar
puflanayotganda, noturg‘un va avariyaviy rejimlar vaqtida xodimlar xavfsiz joylarga
chiqarilishi shart.
82. Quvurlarning qizish yuzasi, bug‘ quvurlari, kollektorlar, ta’minlovchi quvurlarda,
armaturalar korpusida teshiklar aniqlanganda ishlayotganlarni zudlik bilan avariyaviy
uskunalardan chetga olib chiqish, xavfli zonani o‘rash va “Ehtiyot bo‘ling! Xavfli zona”
xavfsizlik belgilari osib qo‘yilishi shart.
Odamlarning chetga chiqarilishini elektr stansiya sexining boshlig‘i yoki issiqlik
tarmog‘idagi ish rahbari (ishni olib boruvchi) amalga oshirishi shart.
83. To‘sish qurilmalari bo‘lmagan yoki nosoz holatda bo‘lgan mexanizmlar va
qurilmalarni ishga tushirish va qisqa muddatda ishlashi man qilinadi. Saqlovchi
to‘siqlarsiz yoki yomon mustahkamlangan to‘siqlar bilan mexanizmlarning yaqinida
tozalash ishlarini olib borish man etiladi.
84. Aylanib turgan yoki harakatlanayotgan mexanizmlarning qismlarini tozalash, artish
va moylash, shuningdek to‘siqlar ustidan oshib tushish yoki ular orasidan moylash va
tozalash uchun qo‘llarni uzatish man etiladi. Ishlab turgan mexanizmlarning tashqi
yuzasini artishda qo‘lga yoki barmoqlarga artish materiallarini o‘rash man etiladi.
85. Artish materiallari sifatida paxta yoki kanop lattalarni qo‘llash kerak.
86. Yurib turgan paytda yuritma kamarlarini kiydirish, echish va tuzatib qo‘yish,
shuningdek bukslanayotgan kamarlar va konveyer lentalariga kanifol va boshqa
materiallarni sepish man etiladi.
87. Aylayotgan yoki harakatlanayotgan mexanizmlarni qo‘l bilan to‘xtatish man etiladi.
88. Har bir 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellarning ishga tushirish
qurilmasi oldida (masofadan boshqarish qurilmalaridan tashqari), shuningdek 1000 V
gacha kuchlanishli elektr dvigatellarning ishga tushirish qurilmasi oldida, agar ular
yuqori xavfli yoki alohida xavfli xonalarda o‘rnatilgan bo‘lsa, dielektrik gilamchalar,
nam xonalarda esa - izolatsiyalovchi tagliklar bo‘lishi shart.
89. Uzib tashlangan, osilib turgan yoki yerda va polda yotgan simlarni, shuningdek
ularga tegib turgan sim bo‘laklari, arqonlar, troslarni bosish yoki ularga tegish man
etiladi.
90. Nosoz uskunalarni, shuningdek avariyaviy uzish, blokirovka, himoya va
signalizatsiya qurilmalari nosoz bo‘lgan yoki uzilgan uskunalarni ekspluatatsiya qilish
man etiladi.
Baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin bo‘lgan uskunaning normal ishlash rejimidan
chetga chiqishlar sodir bo‘lganda, xodimlar xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilgan


bo‘lishi shart.
91. Uskunalarni xato qilib ishga tushirish (dvigatelni ishga tushirish, bug‘ yoki suv va b.
berish), o‘z-o‘zidan siljishi yoki harakat qilishiga qarshi texnikaviy tadbirlar
bajarilmasdan ta’mirlash man etiladi.
Uskunani tozalash yoki ta’mirlash tugagandan so‘ng, unda odamlar va boshqa biron-bir
predmetlar qolmagani to‘g‘risida ishonch hosil qilinishi zarur.
92. Uskunalarni kapital yoki o‘rta ta’mirlash ishlari bajarish loyihalari (bundan keyin —
IBL) bo‘yicha va ta’mirlashga texnik shartlar yoki texnologik kartalar bo‘yicha bajarilishi
shart.
93. Havo harorati 33°S dan yuqori bo‘lgan uchastkalarda ta’mirlash ishlari
o‘tkazilayotganda havo beruvchi ko‘chma qurilmalar nazarda tutilgan bo‘lishi shart.
94. Uskunalar va quvurlarni montaj yoki demontaj qilish, shuningdek uskunalar
elementlarini almashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ta’mirlash ishlari bajarilayotganda
ishlarni bajarish loyihasi yoki texnologik kartada nazarda tutilgan operatsiyalar ketma-
ketligiga rioya qilish shart, ular qolgan yoki qayta o‘rnatilayotgan uskunalarning
qismlari yoki elementlari turg‘unligini va uning demontaj qilinayotgan qismlari
yiqilishining oldi olinishini ta’minlaydi.
Uskunalar va quvurlarning qolgan elementlari ustidan uzluksiz kuzatish olib borish
zarur.
95. Flanetsli birikmalar yig‘ilayotganda bolt teshiklarining bir-biriga to‘g‘ri kelishi
lomchalar yoki opravkalar yordamida tekshirilishi shart.
96. Uskunalarning qizigan qismlari yaqinida odamlar bo‘lishi zarur bo‘lganda, ularni
kuyishdan va yuqori harorat ta’siridan himoyalash bo‘yicha choralar ko‘rilgan bo‘lishi
shart (ishlab turgan uskunalarni to‘sish, ventilatsiya, maxsus kiyim va b.).
97. Detallar va uskunalarni yuvish va moysizlantirish uchun kerosin, benzin, benzol,
atseton va boshqa yonuvchan va yengil alangalanuvchi moddalarni, shuningdek
trixloretilen, dixloretan va boshqa xlor hosil qiluvchi uglevodorodlarni qo‘llash man
etiladi.
98. Muzlab qolgan yonuvchi, portlash xavfi bo‘lgan va zararli moddalarning quvurlarini,
shuningdek ularning armaturalarini nam bug‘ yoki issiq suv bilan isitish kerak. Ochiq
olovli issiqlik manbaini, faqat yong‘in xavfli xonalar tashqarisida va ochiq havoda
joylashtirilgan suv, bug‘ va pulpa quvurlari va armaturalarini isitish uchun qo‘llashga
ruxsat beriladi.
99. Odamlar o‘tishi va ularda turish xavfli bo‘lgan joylar arqonlar yoki
mustahkamlangan, ularda mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq xavfsizlik belgilari
o‘rnatilgan ko‘chma shchitlar bilan to‘silgan bo‘lishi shart.
100. Yoritgichlarni tozalash va kuyib qolgan lampalarni almashtirishni elektrotexnik
xodimlar, yoritgichlarga qulay va xavfsiz etishni ta’minlovchi qurilmalar ustida turib
bajarishlari shart.
101. Uskunalarga statsionar yoritgichlariga ega bo‘lmagan joylarda xizmat
ko‘rsatilayotganda yetarli miqdorda ishga yaroqli ko‘chma elektr fonarlari bo‘lishi shart,
ular smenalar bo‘yicha topshiriladi.
102. Ko‘chma qo‘l elektr yoritgichlari 42 Vdan ortiq bo‘lmagan kuchlanish tarmog‘idan
ta’minlanishi shart. Alohida noqulay sharoitlarda, tor, yuqori namlik, changlanish,
metalli, yerga ulangan yuzalarga tegib ketish oqibatida elektr tokidan shikastlanish xavfi
oshib ketadigan bo‘lsa, tarmoqdagi kuchlanish 12 Vdan oshmasligi shart.
103. Gaz xavfi bor xonaga kirishdan oldin, undagi havo tarkibida gaz borligini tahlil
qilish lozim. Gaz mavjudligi portlashdan himoyalangan gazoanalizator asbobi
yordamida aniqlanishi shart. Gaz borligi aniqlansa, xonaga faqat u ventilatsiya
qilingandan va qaytadan undagi havoda gaz yo‘qligi tekshirilgandan keyin va kislorod
yetarli bo‘lganda (hajm bo‘yicha 02=20%) kirish mumkin. Agar ventilatsiya natijasida
gazni chiqarib tashlashga iloji bo‘lmasa, unda gaz xavfli xonaga faqat shlangli gaz
niqobida, mazkur Qoidalarning II bob 9-paragrafi talablariga rioya qilgan holda kirish va


ishlashga ruxsat beriladi. Yoritish va ventilyatorning elektr dvigatelini tarmoqqa ulash
apparaturasi gaz xavfi bor xonasidan tashqariga chiqarilgan bo‘lishi shart.
104. Gaz xavfli ishlar bajarilayotganda, shuningdek quyidagi qoidalarga rioya qilinishi
shart:
ko‘chma yorug‘lik manbai sifatida faqat portlashdan himoyalangan turdagi
yoritgichlardan foydalanish shart. Gaz xavfi bor joylarda yoritgichlarni ulash va uzish,
shuningdek ochiq olovdan foydalanish man etiladi;
asboblar uchqun paydo bo‘lishini istisno qiluvchi rangli metallardan bo‘lishi shart. Qora
metalli asboblardan foydalanishga ruxsat etiladi, bunda uning ishchi qismi mo‘l qilib
solidol yoki boshqa moy bilan quyuq moylanishi shart;
elektr drellarni va boshqa uchqun chiqaruvchi elektrlashtirilgan asboblarni, hamda
moslamalarni qo‘llash man etiladi;
xodimlarning poyabzali po‘lat taqasiz va mixsiz bo‘lishi shart, aks holda kalish kiyilishi
lozim.
105. Doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga ega bo‘lmagan gaz xavfi bor xonalarning
eshiklari qulflangan bo‘lishi shart. Kalitlar sexning smena boshlig‘ida saqlanishi shart va
ish vaqtida bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatda ko‘rsatilgan shaxslarga
imzo ostida berilishi va ish tugashi bilan, har kuni qaytarib olinishi shart.
106. Yong‘in paydo bo‘lganda zudlik bilan yong‘inni o‘chirish komandasini chaqirish,
odamlarni va iloji boricha yonuvchi moddalarni xavfsiz joyga ko‘chirish, xavfsizlik
texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda, mavjud bo‘lgan yong‘inni o‘chirish vositalari
bilan olovni o‘chirishni boshlash kerak, hamda korxonaning smena boshlig‘i
(dispetcheri), sex (uchastka) boshlig‘iga va korxona qorovul xizmatiga xabar berish
kerak.
107. Baxtsiz hodisa yuz berishi xavfi paydo bo‘lganda, yaqin orada turgan hodimlar
uning oldini olish choralarini ko‘rishlari shart (uskuna yoki tegishli mexanizmlarni
to‘xtatish, kuchlanishni uzib qo‘yish, bug‘ yoki suv berilishini to‘xtatish, xavfli zonani
to‘sib qo‘yish va x.k.), baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda jabrlanganga shifokordan oldingi
birinchi yordamni berish, iloji boricha xodisa sodir bo‘lgan joydagi holatni saqlash
kerak. Sodir bo‘lgan holat to‘g‘risida katta navbatchiga (ish rahbariga) xabar berilishi
shart.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish