Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining


§ 1. Hududlar, xonalar va ish joylari



Download 0,58 Mb.
bet8/37
Sana02.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#311735
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
116 01.06.2009


§ 1. Hududlar, xonalar va ish joylari

28. Har bir korxonada korxona hududi bo‘yicha ish joyiga borish uchun xavfsiz marshrutlar va yong‘in yoki avariyaviy vaziyatlar sodir bo‘lganda evakuatsiya qilish rejalari ishlab chiqilishi va barcha xodimlarga ma’lum qilinishi shart.

29. Elektr stansiyaning hududida va korxonaning ishlab chiqarish xonalarida, ularda joylashtirilgan uskunalarga xizmat ko‘rsatishga aloqasi bo‘lmagan shaxslarga, kuzatib yuruvchi shaxslarsiz kirish man !qilinadi.

30. Korxonaning hududida va ishlab chiqarish xonalarida transport yo‘llarining tuzilishi va saqlanishi “SSBT. Korxonalarda yuklarni joydan-joyga tashish jarayonlari. Xavfsizlikning umumiy talablari” GOST 12.3.020 talablariga mos kelishi kerak.

31. Ishlab chiqarish xonalari va inshootlarning ichida, hamda ularga tashqarida yondoshgan hududdagi barcha odamlarning o‘tish va transport yurishi yo‘llari yoritilgan, bo‘sh va yo‘lovchilar va transport harakati uchun xavfsiz bo‘lishi shart. O‘tish joylari va transport yuradigan yo‘llarni yuklar bilan uyib tashlash yoki ulardan yuklarni joylashtirish uchun foydalanish man etiladi.

Yo‘laklar, transport o‘tish yo‘llari, shuningdek zinalar, maydonchalar va ularning panjaralari doimo soz va toza holatda saqlanishi, ochiq havoda joylashganlari esa qor va muzdan tozalanishi va qum sepib turilishi lozim. Do‘ngalak bilan o‘ralgan (obvalovaniye) mazut xo‘jaligi hududi, shuningdek mazutni quyish qurilmalari har qor yog‘ganidan keyin tozalanishi shart.

Maydonchalar va o‘tish joylarining to‘shamalari, shuningdek ularning panjaralari ishonchli mustahkamlangan bo‘lishi shart. Ta’mirlash vaqtida olib qo‘yilgan panjaralar va to‘shamalar, ta’mirlash tugagandan keyin darhol joylariga o‘rnatilishi va yaxshilab mustahkamlanishi shart.

32. Binolarning temir yo‘l transporti va avtomobil transporti harakati zonasiga chiquvchi barcha darvoza va eshiklari oldida to‘suvchi ustunchalar va panjaralar, hamda GOST 10807 “Yo‘l belgilari. Umumiy texnik shartlar”ga muvofiq yo‘l belgilari yoki nurlanuvchi tablolar o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Darvozalarda ularning o‘z-o‘zidan ochilishi yoki yopilishiga yo‘l qo‘ymaydigan fiksatorlar bo‘lishi shart.

Avtomobillar va boshqa transport vositalari uchun korxona hududida va bino ichida xarakatning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xarakat tezligi belgilangan bo‘lishi shart. Cheklangan harakat tezligi zonalari, transport vositalari turish va burilish joylari kunduzi va kechasi yaxshi ko‘rinadigan tegishli yo‘l belgilari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Avtomobil transporti kommunikatsiyalar va inshootlar ostidan o‘tish joylarida balandlik va kenglik gabaritlarini cheklovchi belgilar o‘rnatilgan bo‘lishi shart.

33. Poyezdlar, manevr sostavlari, lokomotivlar harakat qilayotganda, vagonlar ajratilayotganda harakat boshlanishdan oldin xavfsiz joyga (yo‘l chetiga yoki izlar orasiga), eng chetdagi relsdan kamida 2 m masofaga chiqib turish lozim.

34. Gaz yo‘llari tagida ustaxonalar, sanitar-maishiy va boshqa xonalarni joylashtirish man etiladi.

35. Qavatlararo yopmalar, pollar, kanallar va chuqurchalar soz holda saqlanishi shart. Poldagi barcha teshik joylar to‘sib qo‘yilgan bo‘lishi shart. Quduqlar, kameralar, chuqurchalar va lyuklarning qopqoqlari va chetlari, hamda kanallarning yopmalari pol yoki yer bilan bir tekislikda taramlangan temirdan yasalgan va ishonchli mustahkamlangan bo‘lishi shart.

36. Kameralar va quduqlarda doimo tozalikni saqlab turish, muntazam ravishda suvni chuqurlardan chiqarib tashlab turish va yo‘laklarda begona narsalar uyulishiga yo‘l qo‘ymaslik shart.

37. Ishlar bajarilishi mumkinligini tasdiqlovchi dastlabki hisob-kitobsiz qurilish konstruksiyalarini o‘zgartirish va ularda teshiklar teshish man etiladi.

38. Kanallarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar erkin o‘tishiga xalaqit beruvchi berk to‘siqlarni o‘rnatish man etiladi.

Ayrim vaziyatlarda, texnologik sharoitlar bo‘yicha kanallarni alohida bo‘linmalarga ajratish zarur bo‘lsa, masalan, qo‘zg‘almas temir-beton shchitli tayanch o‘rnatishda, ajratuvchi to‘siqdan oldin va undan keyin yer yuzasiga chiqishlar qilingan bo‘lishi kerak.

39. Har bir korxonada, (sexda, uchastkada) ta’mirlash maydonchalari va ularga ruxsat etilgan yuklamalar ko‘rsatilgan reja mavjud bo‘lishi kerak. Sexlarda (uchastkalarda) maydonchalarning chegaralari aniq belgilangan bo‘lishi, ulardagi taxtachalarda ularga mumkin bo‘lgan yuklamalar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

40. Yoritilish darajasi “Tabiiy va sun’iy yoritish” QMQ 2.01.05 ga mos kelishi shart.

41. Yonuvchi gaz va portlash xavfi bo‘lgan moddalarning bug‘lari kirishi ehtimoli bor xonalarni yoritish uchun portlashdan himoyalangan yoritish armaturasi qo‘llanilishi kerak.

Ishlab chiqarish xonalarida avariyaviy yoritish va 12 V li yoritish tarmog‘i bajarilgan bo‘lishi shart.

42. Ish joylaridagi shovqinlar darajasi “SSBT. Shovqin. Xavfsizlikning umumiy talablari” GOST 12.1.003 da ko‘rsatilgan yo‘l qo‘yilgan qiymatlardan va energetika korxonalarining ishlab chiqarish xonalarining tasnifi bo‘yicha metodik ko‘rsatmalarda yo‘l qo‘yilgan shovqin darajasidan oshmasligi shart.

43. Ish joylarida (vibratsiyani yaratuvchi uskunalardan) yo‘l qo‘yilgan vibratsiya me’yorlari “SSBT. Vibratsion xavfsizlik. Umumiy talablar” GOST 12.1.012 da ko‘rsatilgan qiymatlardan oshmasligi shart.

44. Ventilatsiya, havoni konditsionerlash va havoli isitish tizimlari GOST 12.4.021 “SSBT. Ventilatsiya tizimlari. Umumiy talablar”ga mos bo‘lishlari va sanitariya me’yorlari talablariga muvofiq belgilangan havo almashuvini ta’minlashlari shart.

45. Korxonalardagi ishlab chiqarish xonalarining ishchi zonasi havosi GOST 12.1.005 “SSBT. Ishchi zonasining havosiga umumiy sanitariya-gigiyena talablari”ga mos bo‘lishi shart.

46. Har bir korxonadagi sexda (rayonda) “Sexda mehnat sharoitlarining sanitariya-texnik holati pasporti” olib borilishi shart, unda amaldagi mehnat sharoitlari qayd etilgan, shuningdek mehnat xavfsizligi me’yorlari, qoidalari, standartlari talablarini qoniqtirmaydigan ishlab chiqarish uchastkalari va ishchi joylari ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.

47. Har yili mehnat muhofazasi bo‘yicha bitimlar, jamoa shartnomalari tuzilayotganda, mehnat muhofazasi sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha kompleks rejalar, hamda korxona jamoasining ijtimoiy rivojlantirish rejalarining tegishli bo‘limlari sanitariya-sog‘lomlashtirish tadbirlari ishlab chiqilayotganda sanitariya-texnik pasportlarining ma’lumotlaridan foydalanish shart.

48. Har bir sexda (rayonda) pasportni o‘z vaqtida to‘ldirish uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda korxona bo‘yicha buyruq bilan mas’ul shaxslar tayinlangan bo‘lishi shart.

Sexda (rayonda) pasportni o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun ushbu bo‘linmaning boshlig‘i, korxonadapasportlash o‘tkazilishi uchun esa — bosh muhandis javobgardir.

49. Kislota, ishqor, fosfat, reagentlar va boshqa materiallar SNiP-58-85 “Issiqlik elektr stansiyalari” talablariga muvofiq omborxonalarda saqlanishi shart.

50. Simob ishlab chiqaruvchi korxonaning o‘ramida, simob bug‘lari havoda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish xonalariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq jihozlangan maxsus omborlarda saqlanishi shart.

Omborlarda simobni idishlarga xavfsiz solish va tashish uchun idishlar va moslamalar zaxirasi bo‘lishi shart. Simobni tashish faqat sinMaydigan idishlarda amalga oshirilishi shart.

51. Tarkibida yengil alangalanuvchi, portlash xavfi bo‘lgan va zaharli komponentlari bo‘lgan kimyo moddalari va materiallari boshqa xonalardan ajratilgan holda va “Engil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni saqlash uchun ombor korxonalari va xo‘jaliklarini loyihalash me’yorlari va texnik shartlari”, QMQ 2.04.12 “Ombor binolari va inshootlari”, ShNQ 2.01.02 “Binolar va inshootlarning yong‘in xavfsizligi” talablariga mos bo‘lgan maxsus omborlarda saqlanishi shart.

52. Ishlab chiqarish xonalarida benzin, kerosin, spirt, nitrobo‘yoqlar, erituvchilar, suyultiruvchilar va yengil alangalanuvchi materiallarni saqlash man etiladi, ularning sutkalik talab chegarasidagi oz miqdori bundan istisno. Bu materiallarning miqdori va saqlash joylari mahalliy yong‘indan saqlash organlari bilan kelishilgan bo‘lishi shart. Materiallar mustahkam metall taralarda maxsus sex omborlarida saqlanishi shart, ularning eshiklarida chekish taqiqlanadi va ochiq olov qo‘llanilishi man etilgani to‘g‘risida xavfsizlik belgilari osib qo‘yilgan bo‘lishi shart. Belgilar GOST 12.4.026 “SSBT. Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” talablariga mos bo‘lishi shart.

Ish joylarining yaqinida moylash materiallarini maxsus metall idishlarda va moylagichlarda saqlashga ruxsat etiladi.

Engil alangalanuvchi materiallar ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida maxsus omborlarda saqlanishi shart. Bu omborlarning eshiklarida oson alangalanuvchi moddalar mavjudligi va ochiq olov qo‘llanilishi va chekish man etilishi to‘g‘risida ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari osib qo‘yilgan bo‘lishi shart.

53. Ko‘p bo‘lmagan miqdorda (2 — 3 litrgacha) ishqorlar va kislotalar (plavik kislotasi bundan istisno) zichlab yopilgan probkali shisha tarada (butilkalarda) ventilatsiya bilan jihozlangan alohida xonalarda saqlanishi kerak.

Plavik kislotani polietilenli idishlarda yoki parafinlangan butilkalarda saqlash kerak.

Butillar savatlarda yoki yog‘och panjaralarda joylashtirilgan bo‘lishi shart. Butil va panjara oralig‘i yog‘och payraha yoki somon bilan to‘ldirilishi shart. Sulfat va azot kislotali butillarni saqlash uchun yog‘och materiallardan foydalanishga, ularni olovdan himoyalash tarkibi bilan ishlov berilgandan keyin ruxsat beriladi.

Kislota bilan to‘ldirilgan shisha butillar o‘rnatilgan korzinalar (panjaralar) yerda bir qator o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Ularning har biri kislota nomi yozilgan yorliq bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.

Kislotadan bo‘shatilgan shisha butillar xuddi shunday sharoitlarda saqlanishi zarur.

54. Elektr stansiyasining ishlab chiqarish sexlarida elektr payvandlash uskunalarni o‘rnatish joylari ko‘zda tutilgan bo‘lishi va gazelektrpayvandlash ishlarini bajarish uchun markazlashtirilgan taqsimlash tarmoqlari mavjud bo‘lishi shart.

55. Xonalardan tashqarida ta’mirlash ishlari o‘tkazilayotgan joylardagi materiallar, buyumlar, uskunalar va ularning detallari tekislangan va shibbalangan maydonchalarda tartib bilan joylashtirilgan bo‘lishi shart, ularni qish vaqtida qor va muzdan tozalab turish kerak. Ko‘rsatilgan buyumlarni o‘z holatidan siljib ketishining oldini olish choralari ko‘rilishi shart.

Qiyalik joylarda materiallar joylashtirilganda maydonchalarni yer yuzasidagi suvlardan himoyalash choralari ko‘rilgan: bo‘lishi shart.

Materiallar va uskunalardan kotlovanlar va transheyalar chetigacha masofa qiyalik mustahkamligini hisobga olib belgilanadi, biroq u 1 m dan kam bo‘lmasligi shart.

56. Yuklarni vaqtincha saqlash joylarida shtabellarga taxlash GOST 12.3.009 “SSBT. Yuklarni ortish-tushirish ishlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq amalga oshirilishi shart.

57. Maydonchalarda yuklar quyidagi tartibda joylashtirilishi shart:

taglikda paketlardagi g‘isht — ikki yarusdan ortiq bo‘lmagan holda, konteynerlarda — bir yarusda, konteynerlarsiz — 1,7 m balandlikdan oshmagan to‘plarda;

plitka materiallari (asbotsementli plitkalar, to‘lqinsimon asbotsement listlari va yassi asbotsement listlari) — 1 m balandlikdagi to‘plarda;

mayda navli metall — balandligi 1,5 m dan ortiq bo‘lmagan stellajlarda;

yirik gabaritli va og‘ir vaznli uskunalar va ularning qismlari — tagliklarda bir qatorda;

qora prokat metallar (varaqli po‘lat, shvellerlar, ikki tavrali balkalar, navli po‘lat) — tagliklar va qistirmalar bilan balandligi 1,5 m gacha shtabellarda. Metalli varaqlarni yon boshlab o‘rnatish man qilinadi;

issiqlik izolatsiyasi materiallari — yopiq quruq xonalarda saqlanishi sharti bilan, balandligi 1,2 m gacha bo‘lgan shtabellarda;

diametri 300 mm gacha bo‘lgan quvurlar — tagliklari oxirida cheklagichlar bilan balandligi 3 m gacha bo‘lgan shtabellarda;

diametri 300 mm dan ortiq bo‘lgan quvurlar — egar qilib oraliq qistirmasiz balandligi 3 m gacha bo‘lgan shtabellarda.

Quvurlarning pastki qatori tagliklarga o‘rnatilgan, inventar metall bashmaklar bilan yoki oxirida cheklagichlar bilan mustahkamlangan, ular esa tagliklarda ishonchli mahkamlangan bo‘lishi shart.

58. Ishlarni bajarish uchun yer ostida o‘tgan quvurlarning ochilgan kameralari va uchastkalari inventar shchitlar bilan to‘silgan bo‘lishi shart, ularda GOST 10807 — 78 “Yo‘l belgilari. Umumiy texnik shartlar” talablariga muvofiq yo‘l belgilari osib qo‘yilgan bo‘lishi shart.

To‘siqlar GOST 12.4.026 — 76 “SSBT. Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” bo‘yicha signal ranglariga bo‘yalgan bo‘lishi shart.

Shchitlardagi signal yo‘l belgilari va signal lampalari avtotransport va yo‘lovchilar o‘tishi mumkin bo‘lgan barcha taraflardan to‘silgan joylarni yaxshi ko‘rinishini ta’minlashi shart.

59. Ishlab chiqarish xonalarining ishchi zonasidagi havoda zararli moddalarning tarkibi, mazkur Qoidalarning 2-ilovasida belgilangan chegaraviy yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan konsentratsiyadan ortiq bo‘lmasligi shart.

60. Xonalarda yonuvchi gazning konsentratsiyasi, uning alangalanishi pastki chegarasining 1/5 dan oshmasligi lozim. Havoda yonuvchi gazlarning alangalanish chegaralari mazkur Qoidalarning 3-ilovasida keltirilgan.

61. Korxonaning bosh muhandisi (issiqlik tarmog‘i rayonining boshlig‘i) tasdiqlaydigan barcha gaz xavfi bor joylar, shuningdek zararli moddali xonalarning ro‘yxati tuzilgan bo‘lishi shart.

Ushbu xonalarga kirish oldida zararli moddalar mavjudligi va yong‘in va portlash xavfi to‘g‘risida ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari osib qo‘yilgan bo‘lishi shart. Xavfsizlik belgilari GOST 12.4.026 — 76 “SSBT. Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” bo‘yicha signal ranglariga bo‘yalgan bo‘lishi shart.

62. Hududda va ishchi xonalarda tozalikka rioya qiliniishi shart.

To‘kilgan yoki oqib tushgan suyuqliklar zarur bo‘lganda neytrallashtirilishi va olib tashlanishi, ular to‘kilgan joylar esa artilishi shart.

Devorlar, deraza tokchalari, qoplamalar, zinalar, uskunalarning yuzalari va chang o‘tirib qolgan boshqa joylar chang so‘rib oluvchi qurilmalar yoki ho‘llangan latta bidan mahalliy yo‘riqnoma bilan belgilangan jadval bo‘yicha tozalanishi shart.

Xonalarni va uskunalarni tozalashda yonuvchi moddalarni (benzin, kerosin, atseton va b.) qo‘llash man etiladi.

63. Ishlab chiqarish xonalarida toza va kirlangan artish materiallari uchun alohida bo‘limli yopiladigan metall yashiklar o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Kirlangan artish materiallarini yashiklardan har kuni olib tashlash shart.

64. Korxonada yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablar ShNK 2.01.02 -04 “Binolar va inshootlarning yong‘in xavfsizligi” va GOST 12.1.004 “SSBT. Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablar”ga mos kelishi shart.

Hududda va xonalarda “Energetika korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari”ga muvofiq yong‘inni o‘chirish uchun zarur bo‘lgan vositalar mavjud bo‘lishi shart.

Yong‘inni o‘chirish vositalari “Energetika korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari” va “Yong‘inni o‘chirish birlamchi vositalarini saqlash va qo‘llash yo‘riqnomasi” talablariga muvofiq bo‘lishi shart.

65. Hududda va ishlab chiqarish xonalarida faqat maxsus ajratilgan joylarda chekishga ruxsat etiladi.

Rezervuarlar, kameralar, quduqlar va kanallarda, shuningdek ochiq lyuklar yaqinida chekish man etiladi.

66. Ishlab chiqarish xonalarida bog‘lash materiallari va medikamentlar bilan butlangan aptechkalar mavjud bo‘lishi shart. Aptechkalar toza va batartib saqlanishi, materiallar va medikamentlarning zaxiralari muntazam ravishda to‘ldirib turilishi shart. Aptechkada zarur bo‘lgan materiallar va medikamentlarning ro‘yxati, shuningdek ularni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud bo‘lishi shart. Aptechkalarni o‘rnatish joyini sex (rayon, uchastka) ma’muriyati medpunkt bilan kelishish bo‘yicha belgilaydi.

67. Ishlab chiqarish xonalarida xavfsiz ishlash usullarini va birinchi yordam ko‘rsatish qoidalarini namoyish etuvchi plakatlar osib qo‘yilgan bo‘lishi shart.

68. Ishlab chiqarish xonalarida ish joyining yaqinida, sanitar me’yorlari talablariga muvofiq, fontanchalar (yoki ichimlik suvi solingan idishlar) bo‘lishi shart.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish