Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining



Download 0,58 Mb.
bet37/37
Sana02.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#311735
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
116 01.06.2009

Kislorod 02- rangsiz, hidsiz va mazasiz gaz, havodan og‘ir. Toksik xususiyatlariga ega emas, biroq uzoq vaqt toza kisloroddan (atmosfera bosimida) nafas olinsa o‘pkaning plevral shishishi rivojlanishi oqibatida o‘limga olib kelishi mumkin.

Kislorodni o‘zi yonmaydi, biroq moddalar yonishini qo‘llab turuvchi asosiy gazdir. Faolligi yuqori, ko‘p elementlar bilan birikadi. Yonuvchi gazlar bilan kislorod portlash xavfiga ega bo‘lgan aralashmalarni hosil qiladi.

Elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga


11-ILOVA

Issiqlik almashuvi apparatlari va quvurlarga xizmat ko‘rsatishda texnik talablar

1. Issiqlik almashuvi apparatlarini (quvurni) ikki ketma-ket o‘rnatilgan surilma qopqoqlar bilan tarmoqdan uzish zarur. Ularning orasida atmosfera bilan bevosita (to‘g‘ri) biriktirilgan drenaj qurilmasi bo‘lishi kerak.



Ayrim vaziyatlarda flanetssiz armaturali sxemalarda, issiqlik almashuvi apparatini (quvurni) ta’mirlash uchun ikkita ketma-ket surilma qopqoqlar bilan tarmoqdan uzish imkoni bo‘lmasa, shuningdek 6 MRa (60 kgf/cm2)gacha bo‘lgan bosimli sxemalarida ta’mirlanayotgan uchastkani bitta surilma qopqoq bilan tarmoqdan uzishga ruxsat egiladi. Bunda ta’mirlash vaqtiga tarmoqdan uzilgan uchastkada atmosferaga ochilgan drenaj orqali bug‘lanish (oqib chiqish) bo‘lmasligi kerak.

2. Ta’mirlash uchun tarmoqdan uzilgan issiqlik almashuvi apparatlari va quvurlaridan bosimni tushirish va ularni bug‘ va suvdan bo‘shatish kerak. Tarmoqdan uzadigan armaturalarning yuritmalaridan — kuchlanishni, elektr yuritmalarining boshqarish zanjirlaridan — saqlagichlarni olib qo‘yish kerak.

Barcha tarmoqdan uzadigan armaturalar yopiq holatda bo‘lishi shart. Atmosfera bilan bevosita biriktirilgan ochiq drenajlarning ventillari ochiq bo‘lishi kerak. Yopiq turdagi drenajlarning ventillari issiqlik almashuvi apparatlari (quvurlar) drenaj qilinganidan keyin yopiq bo‘lishi kerak; yopuvchi armatura va issiqlik almashuv apparati (quvur) orasida atmosfera bilan bevosita biriktirilgan armatura bo‘lishi kerak. Tarmoqdan uzuvchi armatura va drenaj ventillari zanjirlar bilan bog‘langan yoki boshqa moslamalar bilan blokirovka qilingan va qulflarga berkitilgan bo‘lishi kerak.

Tarmoqdan uzadigan ventillar va armaturalarda “Ochilmasin-odamlar ishlamoqda”; drenajlarning ochiq ventillarda — “Yopilmasin — odamlar ishlamoqda”; tarmoqdan uzuvchi elektr yuritmalarning boshqarish kalitlarida “Ulanmasin — odamlar ishlamoqda”; ish joyida — “Shu yerda ishlasin!” xavfsizlik belgilarini osib qo‘yish kerak.

Ortiqcha bosim bo‘lganda apparatlar va quvurlarni ta’mirlashni boshlash man etiladi. Suv va bug‘ni tushirib yuborish tushirib yuboruvchi armatura orqali amalga oshirilishi shart.

3. Armaturalarni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnomada nazarda tutilmagan dastak yoki maxovikni uzaytiruvchi richaglarni qo‘llash bilan surilma qopqoqlar va ventillarni ochish va yopish man etiladi.

4. Yuqori bosimli isitgichlarning birida ta’mirlash ishlarini bajarish uchun, ularni tarmoqdan uzish guruhli sxema bo‘yicha bo‘lsa, unda isitgichlarning barcha guruhi tarmoqtsan uzilishi shart.

5. Quvurlarning flanetsli birikmalaridan boltlar echilayotganda, quvur to‘liq drenaj qilinmagan vaziyatda ehtimoli bor bug‘-suv aralashmasi otilib chiqilishini oldini olish uchun gaykalarni ehtiyotlik bilan asta-sekin bo‘shatish kerak.

Bunda flanetslardan metalli qistirma va o‘lchash shaybalari chiqib ket ishini va pastga tushib ketishini oldini olish kerak (pastda joylashgan uchastkalar: to‘sish, to‘shamalar o‘rnatish, tagliklar o‘rnatish bilan).

6. Odamlar issiqlik almashuvi apparatlarining ichida ishlayotganda, shuningdek, tarmoqdan uzuvchi flanetsli armatura yetarlicha zich bo‘lmaganda ta’mirlanayotgan uskunalar ishlab turganlardan tiqinlar yordamida ajratilgan bo‘lishi kerak, ularning qalinligi ishchi muhit parametrlariga mos bo‘lishi kerak. Tiqinlar o‘rnatilganligi tekshirilishini osonlashtirish uchun ular yaxshi ko‘rinadigan quyruqlarga ega bo‘lishi kerak.

Issiqlik almashuvi apparatlarini ishchi bosimi atmosferadagida n yuqori bo‘lmagan va issiqlik tashuvchining harorati 45°S dan ortiq bo‘lmagan oqimlap bo‘yicha bitta surilma qopqoq (tiqinlarsiz) yordamida uzishga ruxsat beriladi.

7. Portlash xavfi bo‘lgan, zaharli va agressiv moddali uskunalarni ta’mirlashga chiqarilayotganda ularni tarmoqdan uzish, bo‘shatish, tozalash (yuvish, puflash) va ishlab turgan uskunalardan uzatilayotgan moddalarning bosimi va haroratidan qat’iy nazar, tiqinlar bilan ajratilishi kerak.

8. Ta’mirlashdan keyin bug‘ va suv quvurlarini ishlatib ko‘rish va qisishda flanetsli birikmalarning boltlarini 0,5 MRa (5 kgf/cm2)dan ortiq bo‘lmagan ortiq bosimda tortib qo‘yish kerak.

Po‘lat kompensatorlar salniklarining boltlarini uzib yubormaslik uchun ehtiyotlik bilan bosim 1,2 MRa (12kgf/cm 2)dan ortiq bo‘lmaganda tortib qo‘yish kerak.

9. Kompensatorlar va armaturalarning salniklarini qo‘shimcha zichlashni quvurlarda ortiqcha bosim 0,02 MRa (0,2 kgf/cm2)dan va issiqlik eltuvchining harorati 45°S dan yuqori bo‘lmaganda amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Kompensatorlarning salnikli zichlamasini quvur to‘liq bo‘shatilgandan keyin almashtirishga ruxsat beriladi.

10. Barcha flanetsli birikmalardagi boltlarni asta-sekin navbatma-navbat diametr bo‘yicha qarama-qarshi tomonlaridan tortish kerak.

11. Rezba buzilishining oldini olish maqsadida nazarot-o‘lchash apparatlarini ulash shtutserlari (rezba orqali sizishni bartaraf etish uchun), bosim 0,3 MRa (3 kgf/cm2)dan yuqori bo‘lmaganda, faqat tortib qo‘yilayotgan elementlar qirralarining o‘lchamlariga to‘g‘ri keladigan gayka kalitlari bilan tortilishi kerak.

Ushbu maqsadlar uchun boshqa kalitlarni, shuningdek, uzaytiradigan rechaglarni qo‘llash man etiladi.

Tortib qo‘yish oldidan rezbaning ko‘rinib turgan qismi, ayniqsa havoni chiqarish shtutserlar holatini tekshirish kerak.

Rezbali birikmalarni tortishda ishchi rezba buzilganda suv yoki bug‘ oqimi otilib chiqishi mumkin bo‘lgan tomonga qarshi bo‘lgan tomonda turishi kerak.

12. Bug‘ quvurlarining isitish va ishga tushirish mahalliy yo‘riqnoma yoki maxsus dastur bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.

13. Bug‘ quvuri isitilayotganda oldin drenajlarni ochish kerak, keyin sekin va ehtiyotlik bilan baypaslarni (bug‘ ventillarini) ochish kerak. Gidravlik urishlar paydo bo‘lgan vaziyatda, ular yo‘q bo‘lguncha isitishni to‘xtatish va ushbu urishlarni kelib chiqish sabablarini bartaraf qilish choralarini ko‘rish kerak.

Bug‘ quvurini isitish jarayonida kompensatorlar, tayanchlar va osmalar sozligi ustidan, shuningdek, harakat siljishi indikatorlar (reperlar) bo‘yicha bug‘ quvurining harorat kengayishi ustidan nazorat amalga oshirilishi shart.

14. Issiqlik tarmoqlari ishga tushirilayotganda, bug‘ quvurlarini isitishdan oldin qo‘shimcha ravishda kondensatsion tuvaklar tarmoqdan ilishi shart.

15. Bug‘ quvurini isitish jarayonida yoki bosim ko‘tarilishi vaqtida drenaj shtutseri ifloslanib qolgan bo‘lsa, shtutser ventilni tez yopish va ochish bilan puflanishi kerak.

Agar ifloslanishni bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, bug‘ quvuri tarmoqdan to‘liq uzilishi va shtutser tozalanishi kerak.

Drenaj shtutseri puflanishini o‘tkazayotgan ishchi drenaj qilinayotgan kondensat yoki bug‘ chiqadigan tomonning qarama-qarshi tomonida turishi va bu ishni qo‘lqoplarda bajarishi kerak.

Elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga


12-ILOVA

Shlak-kulni chiqarib tashlovchi tizimi va kultepalarga xizmat ko‘rsatishda texnik talablar

1. Kulni vagonetkalarda chiqarib tashlashda kul va shlak zatvorlari, faqat shlak, kul va yonmay qolgan yoqilg‘i parchalari (chang va kul uchishlari) suv bilan ho‘llangandan keyin asta — sekin ochilishi kerak.



2. Ko‘rish eshikchalari shlakni ho‘llash va uni komodlardan suv bilan chiqarib tashlash kanallariga tushirib yuborilayotganda yopiq bo‘lishi kerak.

3. Yuvuvchi va qo‘zg‘atuvchi soplolarning uchliklarini suv bosimi 20 m dan ortiq bo‘lganda faqat ular tarmoqdan uzilgandan keyin tozalash va echib olishga ruxsat etiladi.

4. Derazacha-ko‘rish teshiklari ochilayotganda ularning qarshisida turish man etiladi.

5. Shlakni turg‘un yonish rejimida, o‘txonada va gaz yo‘llarida siyraklanish oshganda urib tushirish kerak. Noturg‘un yoqish rejimida va ko‘rish oynachalar-teshikchalardan alanga va kul urilib chiqayotganda shlak va kulni tushirish man etiladi.

Qozon letkasida shlak urib tushirilayotganda shlak va kul tushirilishi yoki qozon puflanishi man etiladi.

Shlak urib tushirilishi faqat maxsus nayzalar bilan amalga oshirilishi kerak.

Shlakni urib tushiruvchi nayzada quvurdan kul oqib tushishiga yo‘l qo‘yilmaydigan quvurga payvandlangan uchlik bo‘lishi kerak. Shlakni ikkala tomoni ochiq bo‘lgan quvur bilan urib tushirish man etiladi. Urib tushirilayotganda, yon tomonda turib, nayzani orqaga qaytmaydigan holatda ushlash kerak. Ishlashda nayzaga tayanish man etiladi. Nayzalarni gorizontal holatda komod bo‘ylab polda saqlash kerak.

6. Kulni tushirish apparatlarida kul tiqilib qolganda, ularni qo‘zg‘atilayotganda ochiq lyukchaning yon tomonida turish kerak. Kul tushirilayotganda lyukcha yopilgan bo‘lishi kerak.

7. Metallushlagichni yoki pulponasosning bunkerini, faqat kanallar qulflovchi qurilmalari bilan uzilgandan, pulponasos to‘xtatilgandan keyin va metallushlagich va bunkerda ortiqcha bosim bo‘lmaganda tozalash kerak.

8. Kulni gidrochiqarib tashlash kanallari tozalanayotganda ularning olib qo‘yiladigan yopmalari faqat ish olib borilayotgan zonasi chegarasida olib qo‘yilishi kerak. Ishdagi tanaffuslarda kanallar tozalangandan keyin olib qo‘yiladigan yopmalari o‘z joyiga o‘rnatilishi kerak.

9. Kulni gidrochiqarib tashlash kanallari ko‘rib chiqilayotganda va tozalanayotganda 12V dan ortiq bo‘lmagan kuchlanishli, dastakli ko‘chma yoritgichlardan foydalanish kerak.

Elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga


13-ILOVA

Turboagregatlariga xizmat ko‘rsatish

1. Korob tashqarisida joylashtirilgan moy quvurlari qizdirilgan yuzalardan metall himoya ekranlari bilan ajratilgan bo‘lishi kerak, ularning flanetslari esa maxsus g‘iloflar bilan qoplangan bo‘lishi va ulardan moy xavfsiz joyga quyilishi kerak. Flanetsli birikmalarning g‘iloflari flanetslarni, shuningdek, ularning yonidagi payvandlash choklarini va choklardan uzunligi 100 — 120 mm masofada bo‘lgan quvur uchastkalarini qoplab olgan bo‘lishi kerak.



2. Rotorning aylanish chastotasini ko‘paytirish bilan xavfsizlik avtomatini tekshirishdan oldin uni aylanishning nominal chastotasida qo‘l bilan uzishi va stopor, hamda rostlovchi klapanlar yopilishi tekshirilgan bo‘lishi kerak. Stopor va rostlovchi klapanlar qoniqarsiz yopilsa, xavfsizlik avtomatini aylanish chastotasini ko‘paytirish bilan tekshirish man etiladi.

3. Agar xavfsizlik avtomati tekshirilayotganda turbina rotorining aylanish chastotasi xavfsizlik avtomati ishlashi darajasigacha etganda avtomat ishlamasa, turbina zudlik bilan qo‘l uzgichi bilan to‘xtatilishi kerak. Ko‘l uzgichi ishlamay qolsa, turbina tezlik bilan rostlovchi klapanni va bosh bug‘ surilma qopqog‘ini (baypasni) yopish bilan to‘xtatilishi kerak.

Aylanish chastotasini ko‘paytirish bilan xavfsizlik avtomatini qaytadan sinash, faqat nuqsonlar aniqlangandan va bartaraf etilgandan keyin ruxsat etiladi.

4. Rostlash va bug‘ni taqsimlash tizimida nuqsonlar mavjud bo‘lsa turbinani ishga tushirish man etiladi.

5. Agar qopqoqni ko‘tarish vaqti qiyshayish yoki qadalish aniqlansa, qopqoq tushirilishi kerak va uni ilgakka mustahkamlanishi troslarni tortish yoki bo‘shatish yo‘li bilan tekislanishi kerak. Troslarni uzunligi gaykalar yoki ko‘tarish moslamasining talreplari bilan rostlanishi kerak.

6. Silindr qopqog‘ini ko‘tarishda u bilan birga zichlovchi oboymalar ko‘tarilmasligini kuzatib turish kerak, agar ular konstruksiyasi bo‘yicha silindr qopqog‘iga mustahkamlanmagan bo‘lsa va balandloq ko‘tarilganda turtishlardan ular tushib ketish ehtimoli istisno etilmagan bo‘lsa. Agar qopqoq biroz balandlikka ko‘tarilganda qo‘rg‘oshin kuvaldalari bilan qopqoqqa urib oboymalarni tushirish iloji bo‘lmasa, qopqoqni tagliklarga qo‘yish va oboymalarni unga mustahkamlab qo‘yish zarur.

7. Diafragmalar, konstruksiya bo‘yicha, silindr qopqog‘iga mustahkamlangan vaziyatda va biroz yuqoriga ko‘tarilganda, diafragmaning yuqori yarmini mahkamlovchi shuruplar uzilgani aniqlangan bo‘lsa, unda ko‘tarishni to‘xtatish kerak.

Bu vaziyatda silindr qopqog‘i diafragmani mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan balandlikka ko‘tarilishi va taglikka o‘rnatilishi kerak. Diafragma mustahkamlangandan keyin turbina silindri qopqog‘ini ko‘tarish va tashishni davom ettirish mumkin.

8. Ko‘tarilgan diafragma ostida, diafragma o‘rnatiladigan joylarini, shuningdek osib qo‘yilgan diafragmalarni tozalash va moylash man etiladi.

9. Osib qo‘yilgan silindr qopqog‘ining ostida silindrning pastki yarmini shaberlash man etiladi. Bu ishni silindr qopqog‘i xavfsiz joyga olib borib qo‘yilganda yoki tagliklarga o‘rnatilganda bajarish kerak.

10. Turbina silindriga biriktirilgan barcha bug‘ quvurlari va drenajlarning teshiklari, u ochilgan zahoti yog‘och tiqinlar va qopqoqlar bilan yopilgan bo‘lishi kerak, kondensator bo‘g‘izi teshiklari esa mustahkam yog‘och shchitlari bilan yopilishi kerak.

11. Elektrpayvandlashni qo‘llash bilan turbinaning nuqsonli kurakchalari chiqarib olinayotganda rotor yerga ulangan bo‘lishi kerak. Turbinaning nuqsonli kurakchalarini yuk ko‘taruvchi kran yordamida chiqarib olish man etiladi.

12. Podshipniklarni ochishda va yopishda quyidagilar zarur:

qopqoqlar va ichqo‘ymalarni to‘liq burab kirgizilgan (to‘xtab qolguncha) va qopqoq yuzasiga zich joylashgan rim-boltlarga stroplar bilan stroplash;

yarim muftalar bo‘yicha markazlash vaqtida podshipnikning pastki ichquymasini chiqarishda, rotorni biroz ko‘tarish uchun podshipnikning ajratish joyida o‘rnatilgan skobani ishlatish. Ichqo‘ymani lomcha va rim-boltlar yordamida burab chiqarish lozim. Ichquymaning chetlarini qo‘l bilan ushlash man etiladi. Korpus rastochkasini artish faqat ichqo‘yma sirg‘anib tushishiga qarshi choralar ko‘rilgandan keyin ruxsat etiladi. Ichqo‘ymani tegishlicha mahkamlamasdan tayanch podshipnigining ichqo‘ymasi ostidagi qistirmani almashtirish man etiladi.

13. Turbina rotorini chiqarish va o‘rnatishni maxsus moslama bilan bajarish kerak. Ko‘tarishni boshlashdan oldin qo‘shni rotorlarning yarim muftalari shungacha surilishi kerakki birinchi yarmining turtib chiqqan joyi ikkinchisining zatochkasidan chiqsin.

Ko‘tarilayotganda kran troslarni tortganidan keyin rotor gorizontal holatda bo‘lishi kerak, bu ko‘tarishni boshlashda rotor bo‘yinlarini ichqo‘ymalardan bir vaqtda ajralishi bo‘yicha aniklanadi, biroz ko‘tarilgandan keyin esa — val bo‘yinlarining biriga o‘rnatiladigan sath bo‘yicha aniqlanadi.

Qiyshayganda, qadalganda va tegib qolganda rotorni ko‘tarish darhol to‘xtatilishi kerak.

14. Rostlash va himoya qurilmalarini qismlarga ajratishda quyidagilar zarur:

avtomatik stopor klapani qismlarga ajratilayotganda kolonka razyemida ikki diametral qarama-qarshi boltlarni burab chiqarish, ularning o‘rniga ikkita butun uzunligi bo‘yicha o‘yiqli uzunlashtirilgan chiziqli shpilkalarni o‘rnatish va faqat shundan keyin, ehtiyotlik bilan o‘yiqli uzun shpilkalar bilan prujinani bo‘shatib, boshqa boltlarni burab chiqarish;

oxirigacha burab kiritilgan biriktirilgan yarim muftaga strorejagandan keyin drossel klapanini chiqarib olish; klapanning shtoki va chetlarini ushlash man etiladi;

markazdan qochma rostlagich qismlarga ajratilayotganda prujinalarini ikki tomondan bir tekisda bo‘shatish.

15. Stanokda turbina rotori balansirlashtirilganda tasmali uzatmani qo‘llash man etiladi. Dvigatelning rotori balansirlashtirilayotgan rotor bilan harakatda, yengil ajratiladigan siljuvchi mufta orqali, ulangan bo‘lishi kerak. Namunaviy yuklar mahkamlanadigan joylarning qarshisida to‘suvchi shchitlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

Turbina rotorlarini stanokda yoki o‘zining podshipniklarida balansirlashtrilayotgan vaqtda balansirovka joyi to‘silgan bo‘lishi kerak.

Elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga


14-ILOVA

Olovbardosh moylari bilan ishlashda xavfsizlik choralari

1. Olovbardosh moyida ishlaydigan rostlash tizimiga, montaj va ekspluatatsiya qilish davrida flanetslar va ventillar zichligini kontroli borasida oshirilgan talablar qo‘yilishi kerak.



Olovbardosh moylarni uzatuvchi quvurlar uchta sariq halqali jigarrang rangiga bo‘yalgan bo‘lishi shart.

Rostlash va moylash tizimlarining va podshipniklar karterlarining moy baklari, turbina bo‘limi xonasiga aerozollar tashlanishining oldini oluvchi tortib oluvchi ventilatsiyasiga ega bo‘lishlari kerak.

Eksgausterdan keyingi chiqarish quvuri (vixlop) turbina bo‘limining tomidan 1 m yuqoriga chiqarilgan bo‘lishi kerak.

Moysovutgichlardagi sovutuvchi suvning bosimi moy bosimidan 0,1 MRa (1 kg/cm2) ortiq bo‘lishi yoki sovutish sxemasi ikki konturli bo‘lishi kerak.

Moy nasoslari ishga tushirilishi bilan bir vaqtda eksgauster ham ishga tushirilishi kerak. Ishlab turgan eksgauster to‘xtab qolsa, zaxirali eksgauster ulanishi shart.

Moy nasoslari to‘xtatilganda kamida 15 min keyin eksgauster uzilishi kerak. Faqat eksgauster to‘xtatilgandan keyin moy tizimi uzellarini ochishga ruxsat beriladi.

2. Detallar va asboblar olovbardosh moydan, trinatriyfosfatning 5 % li eritmasi yoki OP-7 emulgatori bilan yuvilishi kerak.

3. “Ivviol-3” olovbardosh moyi odamning terisiga tushganda, ushbu joyni salfetka bilan artib tashlash keyin esa bir necha marotaba iliq suv va sovun bilan yuvib tashlash zarur.

Elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga


15-ILOVA

Energetika korxonalarida qo‘llanadigan asosiy kimyoviy moddalarning tavsiflari va ular bilan ishlashda xavfsizlik choralari

Suvli texnikaviy ammiak



Elektr stansiyalariga ammiak suvli eritma holatida kelib tushadi, uning tarkibida 22 — 25 foiz NH3 (15 °S da zichligi 0,9 g/sm3).

Ammiakning suvli eritmasi kuchli ishqorli xususiyatiga ega. Ammiak eritmasining 1 foizli rN qiymati 11,7 qiymatni tashkil etadi. Ammiakning suvli eritmalari odam organizmini zaharlanishiga olib kelishi mumkin. Tarkibida 5 foiz ammiak bo‘lgan havodan nafas olinganda keskin bo‘g‘ilish, ko‘z yoshi oqishi, ko‘zlarga og‘riq, kuchli yo‘talish, bosh aylanishi, oshqozon og‘rig‘i, qayt qilish boshlanadi. Ammiakning yuqori konsentratsiyasi ko‘zning shilliq pardasi kuyishiga va ko‘r bo‘lib qolishiga olib kelishi mumkin.

Shaxsiy himoya vositalari: rezinali kislota va ishqorbardosh qo‘lqoplar, himoya ko‘zoynaklari, rezinalashtirilgan fartuk, K, KD yoki M markali filtrlovchi gazniqoblari.

Sulfat kislotasi

Kimyoviy toza sulfat kislotasi rangsiz moysimon suyuqlik, 10 °S da kristal massasiga aylanib qotib qoladi. Texnikaviy konsentratsiyalangan sulfat kislotasi 1,84 g/sm3 zichligiga ega va uning tarkibida 98 foiz H2SO4; suv bilan istalgan proporsiyada aralashadi va katta miqdorda issiqlikni chiqaradi 1 mol kislotasiga 92 kJ gacha (1 gramm molekulaga 22 kcal)]. Shuning uchun sachrashning oldini olish uchun kislotani suvga qo‘yish kerak, suvni kislotaga quyish mumkin emas.

Sulfat kislotasi isitilganda sulfat angidridining bug‘lari hosil bo‘ladi. Ular havodagi suv bug‘lari bilan birikib kislota tumanini hosil qiladilar.

Sulfat kislotasi odam terisiga tushganda kuchli kuydirishlar paydo bo‘lishiga olib keladi, u juda qattiq og‘ritadi va qiyin davolanadi. Sulfat kislotaning bug‘i nafas olish yo‘llariga tushganda yuqori nafas olish yo‘llarining shilliq pardalariga ta’sir qiladi va kuydiradi.

Kuchli sulfat kislotasi ko‘zga tegsa ko‘r bo‘lib qolish mumkin, shuning uchun u bilan ishlayotganda alohida ehtiyot bo‘lish kerak.

Kislotani quyish bilan band bo‘lgan xodimlar kislotabardosh matodan tikilgan kiyimda, rezinalashtirilgan fartuklarda, rezina etiklarida, rezinali kislota va ishqorbardosh qo‘lqoplarda yoki rukavitsalarda, himoya ko‘zoynaklarida yoki organik shisha shchitchalarida ishlashi kerak V, BKF markali filtrlovchi gaz niqoblari va PSh-1, PSh-2 shlangli gaz niqoblariga ega bo‘lishlari kerak.

Sulfat yoki qandaydir boshqa kislota polga to‘kilganda uni zudlik bilan neytrallash kerak, shu joyga soda yoki so‘ndirilmagan ohak sepish kerak va belkurak bilan olib tashlash kerak, undan keyin shu joyni kuchli suv oqimi bilan puxta yuvish kerak. Kislotadan tozalanayotganda burun va og‘izni soda eritmasi shimdirilgan povyazka bilan yopish, ko‘zlarni maxsus ko‘zoynaklar bilan himoyalash kerak.

Kislota kiyimga tushganda uni katta oqimli suv bilan yuvish kerak, 2 — 3 foizli soda eritmasi bilan neytrallash kerak va yana suv bilan yuvish kerak.

Xlorid kislota

Kimyoviy toza xlorid kislotasi sariq rangli bo‘g‘uvchi hidli suyuqlik, zichligi 1,19 g/sm3, tarkibida 37% ga yaqin xlorli vodorod, ochiq havoda “tutunlanadi”.

Xlorid (“tutunlovchi”) kislota bo‘g‘uvchi hidga ega va undan nafas olinganda yuqori nafas yo‘llarini qichishtirib ta’sir qiladi, yo‘talishga, tamoqda qichish va xirillashni paydo qiladi. Teriga uzoq vaqt ta’sir qilganda uchinchi darajali kuyishga olib keladi.

Texnikaviy xlorid kislotasi — sariq rangli suyuqlik bo‘g‘uvchi hidli, tarkibi 27, 5 foizli xlorid kislotani tashkil etadi.

Texnikaviy ingibirovlangan kislotasi zichligi 1,1 — 1,12 g/sm3 , to‘qjigar rang suyuqlik bo‘lib u tutunlanmaydi. Texnikaviy va ingibirovlangan kislotalarning odam organizmiga fiziologik ta’siri, kimyoviy toza kislotasi ta’siriga o‘xshash.

Shaxsiy himoya vositalari: V markali filtrlovchi gazniqobi yoki PSh-1, PSh-2 shlangli gaz niqoblari; qolgan vositalar, sulfat kislotasi bilan ishlashdagi vositalarni o‘zi.

O‘yuvchi natr

O‘yuvchi natr — oq rangli, shaffof emas, juda gidroskopik modda. Kuchli asosli. 1% li suv eritmasining rN qiymati 13.

Uning qattiq moddasi hamda konsentratsiyalangan eritmalari terini qattiq kuydiradi. Ishqorning ko‘zga tushishi og‘ir kasallikka va kuyish qobiliyatini yo‘qotishga olib kelishi mumkin.

O‘yuvchi natr bilan ishlayotgan xodimlar himoyalovchi ko‘zoynaklar, rezinali kislota va ishqorbardoshli qo‘lqoplar, paxta matoli maxsus kiyim, rezinalashtirilgan fartuk va rezina poyafzali bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

O‘yuvchi natr kiyimga tushganda uni suv bilan yuvish kerak, keyin sirka kislotasining 1 foizli eritmasi bilan neytrallash va yana suv bilan yuvish kerak.

Kalsinatsiyalangan soda va natriy fosfati

Kalsinatsiyalangan soda va natriy fosfat — oq kristalli moddalar, suvda yaxshi eriydilar. Suv eritmalari ishqor reaksiyasiga ega. Kristallik holatida odam organizmiga o‘ziga xos ta’sirga ega emas. Chang holatida soda va natriy fosfati, nafas olish yo‘llariga va ko‘zlarga tushsa shilliq pardalarini buzadi.

Issiq konsentratsiyalangan eritmalari xavfli bo‘lishi mumkin, ayniqsa tomchilari ko‘zlarga tushganda. Changlanish bilan kuzatiladigan ishlar bajarilayotganda changga qarshi respirator, himoyalash ko‘zoynaklarini kiyish kerak.

So‘ndirilmagan ohak va kaustik magnezit

So‘ndirilmagan ohak va kaustik magnezit — oq rangli kukun. Ohakning changi va tomchilari nafas olish yo‘llariga tushganda yo‘tal va achitishga olib keladi, teriga tushganda esa yallig‘lanishiga olib keladi.

Ko‘rsatilgan reagentlar bilan ishlar o‘tkazilayotganda, ishchilar brezent kostyum kiyishi kerak, himoyalovchi ko‘zoynaklar, qo‘lqoplar yoki rezinali qo‘lqoplar, changga qarshi raspirator kiyishi kerak.

Kaogulyantlar

Oltingugurtachillik alyuminiy va oltingugurtachillik temir nordon reaksiyaga ega.

Paxta matolari kaogulyant eritmalari ta’sirida emiriladi, shuning uchun eritma bunday matoga tushganda uni tez suv bilan yuvish kerak yoki 24% li kalsiyalangan soda yoki natriy fosfatining eritmasi bilan ho‘llash kerak.

Odam terisiga yoki ko‘ziga tushgan eritmalar yallig‘lanishga va vaqtinchalik mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Kaogulyantlar bilan ishlaganda rezinalangan fartuk va rezina poyafzalini kiyishlari kerak. Kaogulyantlar changlanish bilan kuzatiladigan ishlarda changga qarshi raspirator qo‘llanishi kerak.

Poliakrilamid

Poliakrilamid — jelesimon modda. Uning yumshash harorati 180°S. U suvda eriydi. Kamtoksidli. Poliakrilamid 100°S dan yuqoriga qizitilganda ammiak ajralib chiqadi.

Shaxsiy himoya vositalari: rezinali qo‘lqoplar, himoyalovchi ko‘zoynaklar, “Lepestik” , “Astra-2” yoki RU-60 M turidagi raspiratorlar.

Trilon B

Trilon B — oq kristall kukun. Uning suvda erishi 20°S da 10%ni tashkil etadi.

Odam organizmiga Trilon B ko‘rinarli fiziologik ta’sir qilmaydi. B triloni changlanishi bilan kuzatiladigan ishlarda qo‘lqoplar, himoyalovchi ko‘zoynaklar, changga qarshi respiratorlar kiyilishi kerak.

Gidrazingidrat va uning tuzlari

Gidrazingidrat — rangsiz suyuqlik, hidi bo‘yicha ammiakni eslatadi. Engil alangalanadi. Zaharli.

Gidrazingidrat suvda va spirtlarda yaxshi eriydi. Uning qaynash harorati plyus 118,5, muzlash harorati — minus 51,7, chaqnash harorati 73°S. Gidrazingidradning zichligi 1,03 g/cm3, nisbiy molekulyar massasi 50.

Gidrazingidratning tarkibida 64 foiz gidrazin. Gidrazingidrat havodan namlikni, kislorodni, karbonat kislotasini yutadi, kuchsiz asosdir.

Gidrazingidratning — kuchli tiklagich, isitish katalizatorlari ta’sirida yengil parchalanadi. Kislorod bilan aralashmasining portlash xavfi bor. Ayrim metallarning oksidlari, tutashganda gidrazingidrat o‘zidan — o‘zi yonishi mumkin.

Odam organizmiga turli yo‘llar bilan tushganda toksidli.

Gidrazin tuzlari: gidrazinsulfat va fosfornokisliy gidrazin — oq rangli kristalli moddalar, sovuq suvda yomon eriydi, issiq suvda yaxshi eriydi.

Ularning suvli eritmalari nordon reaksiyaga ega. Gidrazinsulfat va fosfornokisliy gidrazin tiklagichlardir, zaharli.

Gidrazingidratning birikmalari odam organizmiga tushganda jigar va qonda o‘zgarishlarga olib keladi.

Gidrazingidratning bug‘lari va uning tuzlarining changlari nafas olish yo‘llari va ko‘zning shilliq pardalariga ta’sir qiladi. Gidrazin eritmalarining teriga ta’siri xususiy ta’sirchanlikka bog‘liq bo‘lib dermatit kasalligiga olib kelishi mumkin.

Xususiy himoya vositalari: rezinali qo‘lqoplar, himoyalovchi ko‘zoynaklar, KD yoki A markali filtrlovchi gazniqobi.

Oktadetsilamin

Oktadetsilamin — mumga o‘xshash, o‘ziga xos hidli modda. Oktadetsilaminning zichligi 0,83 g/sm3, erish harorati 54 — 55, qaynash harorati 349° S.

Harorati 350°S dan yuqori bo‘lgan havo kirmasdan oktadetsilamin pastmolekulyarli uglevodorotlar va ammiak hosil qilish bilan parchalanadi.

Oktadetsilamin sovuq va issiq suvda erimaydi, biroq harorati 75°S dan yuqori bo‘lganda suv bilan 100 g/cm3 dan ortiq bo‘lmagan konsentratsiyali emulsiyani hosil qiladi; spirtlarda, sirka kislotasida, efirlarda va boshqa organik erituvchilarda eriydi.

Oktadetsilamin odam uchun amalda zararli emas, biroq u bilan to‘g‘ri kontaktga tutishdan o‘zini tortish kerak, chunki shaxsiy qabul qilishlarga bog‘liq ravishda terida qizarish va qichishlari paydo bo‘lishi kuzatiladi, ular odatda reagent bilan kontakt to‘xtatilgandan keyin bir necha kun o‘tgach ular odatda yo‘q bo‘lib ketadi.

Shaxsiy himoya vositasi — rezinali qo‘lqoplar.

Adipin kislotasi

Adipin kislotasi — kristalli modda, u ikki asosli nisbatan kam kuchli kislota.

Adipin kislotasining erish harorati 150°S, 15°S da erishi 1,42 foizga teng, 100°S da — 61,53 foiz (massa bo‘yicha).

Bu kislotaning havoda muallaq changini portlash xavfi bo‘lgan, o‘tirib qolgan changi — yong‘inga xavfli. Kislotaning changi shilliq pardalarini qichitadi.

Changdan shaxsiy himoya vositalari: respiratorlar, himoyalovchi ko‘zoynaklar.

Adipin kislotasining eritmalari amalda xavfli emas, shuning uchun maxsus himoyalash choralari talab qilinmaydi.

Plavik kislotasi va uning tuzlari

Ftorli vodorodning suvdagi eritmasi plavik kislotasi deb ataladi. Texnikaviy kislota tarkibida 40 — 70% ftorli vodorod. Plavik kislotasi kremniy ikki oksidi bilan yengil reaksiyaga kiradi.

Plavik kislotasining tuzlari: ftorli vodorod yoki ftorli ammoniy.

Ftorli natriy kristalli modda, erish harorati 997°S. Suvda erishi qiyin: 15°S da suvda eruvchanligi 3,5 foiz, 25°S da esa — 4 foiz.

Ftorli ammoniy — bu rangsiz kristallar. Nisbiy molekulyar massasi 37,04.

Kristalli ftorli ammoniy gigroskopikdir va shuning uchun havoda eriydi, suvda yaxshi eriydi.

Ftorli ammoniyning nordon tuzi — ammoniy gidroftoridi nisbiy molekulyar massasi 57,05; u rangsiz havoda eriydigan kristallar; suvda yaxshi eriydi.

Plavik kislotasi va uning tuzlari kuchli zaxarli. Kislota bug‘laridan nafas olinsa nafas olish yo‘llari yallig‘lanishini hosil qiladi va tishlarni emirilishiga olib keladi. Odam ichiga tushgan kislota va uning tuzlari ichak va oshqozon kasalliklarini hosil qiladi. Ftorli tuzlar shikastlanmagan teriga ta’sir qilmaydilar. Agar yangi kesilgan, timdalangan joyga yoki tirnoq ostida tushganda gazak va qiyin tuzaladigan yaralar hosil qilishi mumkin.

Plavik kislotasidan shaxsiy himoya vositalari: fartuk, rezinali kislota va ishqorbardosh qo‘lqoplar, rezina etiklari, himoyalovchi ko‘zoynaklar, V markali filtrlovchi gazniqobi.

Plavik kislotasi tuzlaridan shaxsiy himoya vositalari: changga qarshi respiratorlar, himoyalovchi ko‘zoynaklar va rezinali qo‘lqoplar.

Ftal angidridi

Ftal angidridi — oq tangasimon kristallar. Uning nisbiy molekulyar massasi 148, erish harorati 130,8, qaynash harorati 284,5°S. Sovuq suvda erishi qiyin, issiq suvda erishi yaxshi. Ftal angidridining bug‘lari va changi ko‘zlar va nafas olish yo‘llarining shilliq pardalariga kuchli yallig‘lab ta’sir ko‘rsatadi. Ftal angidridi ta’sir qilganda terida qizil dog‘lar, ayrim hollarda kuyganda hosil bo‘ladigan qavariqlarga o‘xshagan qavariq chiqadi.

Shaxsiy himoyalash vositalari: himoyalash ko‘zoynaklari, rezinali qo‘lqoplar, bug‘ va aerozoldan nafas olishdan himoyalash uchun respirator yoki A markali filtrlovchi gaz niqobi.

Malein angidrid

Malein angidridi — qattiq modda. Uning nisbiy molekulyar massasi 98, erish harorati 54, qaynash harorati 202°S. Angidrid atsetonda, xloroformda eriydi. Suv mavjud bo‘lganda malein kislotasiga aylanadi.

Toksik xususiyatlari bo‘yicha ftal angidridiga o‘xshash.

Shaxsiy himoya vositalari, ftal angadridi bilan ishlagandek.

Natriy nitriti

Natriy nitriti — rangsiz yoki sariqroq kristallar. Uning erish harorati 271°S. Natriy nitriti suvda yaxshi eriydi, oksidlovchidir, eritmalarda 70oS dan yuqori haroratda parchalanadi va qo‘ng‘ir rangli azot oksidlarini chiqaradi. Natriy nitriti konsentrlangan eritmalarini nordonlashtirilganda ham u parchalanib azot oksidlarini chiqaradi.

Natriy nitrati eritmalarida havodagi kislorod bilan sekin nitratga oksidlanadi.

Azot oksidlari nafas olganda yo‘talni, buruntomoq va o‘pkalarni yallig‘lantiradi, ular kam miqdorda ham nafas olganda organizmga yig‘ilib qoladi. Natriy nitrati zaharli modda.

Shaxsiy himoya vositalari: rezinali qo‘lqoplar, himoyalovchi ko‘zoynaklar, V, BKF markali filtrlovchi gaz niqoblari.

OP-07,011-10.

OP — 0 va OP - 10 — moysimon yopishqoq suyuqliklar yoki oson eriydigan jigarrangli pastalar, suvda yaxshi eriydi. Ushbu moddalarga 1 — 2 g/1 suv qo‘shilganda yuqori namlash qobiliyatiga ega bo‘lgan eritmalar hosil bo‘ladi. Suv eritmalarini silkitganda turg‘un ko‘prik hosil bo‘ladi, mineral va o‘simlik moylari bilan eritmalar silkitilganda turg‘un emulsiyalar hosil bo‘ladi. Yuvish xususiyatlariga egadirlar. O‘ziga xos hidini sezish chegarasi OP - 7 ni 0,45 , OP - 10 ni 1,8 mg/g suvda. Suyuqlantirilgan suv eritmasining reaksiyasi kuchsiz ishqorli, konsentratsiyalanganniki esa — neytral.

OP — 7 aerozolini nafas olganda yuqori nafas yo‘llarini kuchsiz yallig‘lantiradi. Og‘izga tushganda achishtirish boshlanadi. Maxsus himoyalash chegaralari talab qilinmaydi.

Kaptaks

Kaptaks — sariq rangli kukun. Uning nisbiy molekulyar massasi 167,26, erish harorati 179 °S. Amalda suvda erimaydi, spirtda eriydi. Nafas olish yo‘llariga tushganda kontaks yallig‘lanishni, teriga tushganda — dermatitlarni hosil qiladi.

Shaxsiy himoya vositalari: “Lepistok”, “Astra — 2” yoki RU — 60M respiratorlari tarkibida tezlashtiruvchi, stabilizator, oksidlanishga qarshi va b. bo‘lmagan materialdan qo‘lqoplar; ko‘l uchun silikonli himoyalovchi krem.

“Qora kislota”

“Qora kislota” — pastmolekulyarli organik kislotalarning eritmasi. Shaxsiy himoya vositalari: A markali filtrlovchi gaz niqobi, rezinali kislota — va ishqorbardoshli qo‘lqoplar, rezinali etiklar va fartuk.

Urotropin

Urotropin — rangsiz gigroskopik kristallar. U spirtda eriydi. Kuchsiz nordon eritmasida urotropin ammiak va formaldegidga parchalanadi. Maxsus himoyalash choralari talab qilinmaydi.

Vodorod pereksidi

Vodorod pereksidi — rangsiz siropsimon suyuqlik, zichligi 1,45 g/sm3. U istalgan nisbatda sovuq suv bilan aralashadi; oksidlanish — tiklash xususiyatlariga ega. Vodorod pereksidi — kuchsiz kislota. Yoriqda katalizatorlar mavjudligida u parchalanadi.

Shaxsiy himoya vositalari: polietilen, polixlovinil, poliefir plastiklaridan qo‘lqoplar va himoyalovchi ko‘zoynaklar.

Kalsiy karbidi

Kalsiy karbidi — kulrang qattiq modda, zichligi 2,22 g/sm3. Kalsiy karbidi oz miqdordagi namlik bilan o‘zaro ta’sirlanganda va oksidlovchilar bilan kontaktda bo‘lganda atsitilen ajralib chiqadi va karbit isiydi.

Karbit bilan ishlaganda terida yallig‘lanish va yaralar paydo bo‘ladi. Kalsiy karbidning ko‘zga tushishi xavfli.

Shaxsiy himoya vositalari: changga qarshi respirator, himoyalovchi ko‘zoynaklar, rezinali qo‘lqoplar. Qo‘l terisini himoya qilish uchun himoyalovchi kremlar va pastalarni ham qo‘llash kerak.

Dixloretan

Dixloretan — rangsiz, yengiluchuvchan, yengil alangalanadign suyuqlik, zichligi 1,253 g/sm3. Suvda bug‘larini erish koeffitsiyenti 20°S da — 26,3, 30°S da— 17,5.

Dixloretan narkotikday ta’sir qiladi, u odamning jigarida, buyragida va boshqa organlarida distrofik o‘zgarishlarga olib boradi; teri orqali kiradi, ko‘z qorachig‘ini xiralashishiga olib keladi.

Shaxsiy himoya vositalari: A yoki BKF markali gaz niqobi, rezinali qo‘lqoplar, rezinali etik va rezinalashtirilgan matodan fartuk.

To‘rtxlorli karbon

To‘rtxlorli karbon —rangsiz, uchuvchi suyuqlik, zichligi 1,253 g/sm3. bug‘larni suvda erish koeffitsiyenti 20°S da 1,04 va 30°S da 0,73. alanga yoki qizdirilgan narsalar bilan tutashganda fosgen ajratish bilan parchalanadi.

Shaxsiy himoya vositalari: A markali filtrlovchi gazniqobi yoki PSh-1 va PSh-2 shlangli gazniqoblari, rezinali ko‘lqoplar, yenglar, polixlorvinil bilan qorejagan fartuklar.

Energetik moylar

Asosiy energetik moylar — turbina va transformatorlar moylari, ular neftni qayta ishlash mahsulotidir. Moylarning ekspluatatsiya xususiyatlarini yaxshilash uchun qo‘shilmalar, shu hisobda fenol turidagi (toponol) qo‘llaniladi.

Moy bilan shuningdek, qo‘shilmalar bilan ishlaganda shaxsiy teri ta’sirlanishga qarab dermatitlar va hattoki ekzema kasalligi paydo bo‘lishi mumkin.

Himoya vositalari: qo‘llash uchun himoyalash kremlari, moybardosh materiallardan qo‘lqoplar.

Sintetik olovbardosh turbina moylari (“Ivviol — 3” , OMTI) toksidli. Ular asosan oshqozon — ichak traktiga tushganda zaharlanishga olib boradi.

Shaxsiy himoya vositalari: tekstovinit bilan qorejagan fartuklar, yenglar, bosh kiyimlar, tabiiy kauchuk yoki kvalitekst asosida ishlab chiqarilgan rezinali qo‘lqoplar, rezinali etiklar, BKF markali filtrlovchi gaz niqobi; kimyo laboratoriyasida ishlashda — tabiiy kauchuk yoki kvaliteks asosida ishlab chiqarilgan rezinali qo‘lqoplar.

Benzol

Benzol — rangsiz, uchuvchan, olov xavfi bor, o‘ziga xos hidli suyuqlik. Uning nisbiy molekulyar massasi 78,12 , zichligi 0,879 g/cm3(15°Sda); benzol xona haroratida bug‘lanadi, uning bug‘lari havodan 2,69-marta og‘ir. Benzol bug‘larining havodagi hajm bo‘yicha 1,5 — 8 foiz bo‘lganda portlash xavfi bor.

Benzol odam organizmiga nafas olish organlari orqali tushadi. Benzol zaharli modda, eng avval markaziy asab tizimiga ta’sir qiladi. Past konsentratsiyada ham ko‘p marta benzol ta’sir qilsa surunkali kasalliklar rivojlanishi mumkin.

Shaxsiy himoya vositalari: himoyalovchi kremlar va pastalar, A markali filtrlovchi gazniqobi, rezinalashtirilgan matodan fartuk, rezinali etik, rezinali qo‘lqoplar.

Lok-bo‘yoq materiallari

Energetika korxonalarida quyidagi lok — bo‘yoq materiallari qo‘llanadi: PXV loklari, lok — etinol VL — 515, epoksid smola va boshqalar, shuningdek, ularga turli erituvchilar (R-4, R-60, etilsellozolv va b.) — o‘zining tarkibida toksik xususiyatga ega bo‘lgan moddalarga ega.

Ushbu moddalar bilan ishlaganda turli teri kasalliklari, epoksid smolalar bilan ishlaganda esa —asab tizimi va jigar kasalliklari paydo bo‘lishi mumkin.

Shaxsiy himoya vositalari: shlangli gaz niqobi va respirator, himoyalash kostyumi, qo‘lqoplar. Qo‘l terisini himoyalash uchun himoyalovchi IER — 1 FS 42-1402-80 va XIOT-6 fs 42-1532-80 pastalarini va qo‘llarni himoyalash vositasi “Nevidimka” TU 6-15-32-02-76 kremini qo‘llash kerak, ularning tarkibi % da quyidagicha: %

Pasta IER-1 FS 42-1402-80:

maxsus suyuq sovun

12

texnik glitserin

10

kaolin

40


Suv va loyga nisbatan joizligi loyning namga bardoshligiga bog‘liq



suv

38

Pasta xiot-6 FS 42-1532-80:

Ozuqali jelatin yoki fotojelatin

2,4

bug‘doy yoki kartoshka kraxmali

5,6

tibbiyotli glitserin

7,2

Burov suyuqligi

20

suv

64,8

Qo‘llarni himoyalash uchun vosita “Nevidimka” TU 6-15-32-02-76



kazein

14

suvli texnikaviy ammiak

0,6

glitserin distillangan

14

etil texnikaviy spirt

41

dietil efir

0,2

eozin N

0,4

otdushka “OAL-1”

0,2

distillangan suv yoki bug‘ kondensati

29,6

Ish boshlashdan oldin 5 — 10 pastani yoki kremni qo‘l terisiga qo‘yib yupqa qatlam hosil qilinguncha surkaydilar. Ish tugatilgandan keyin pasta yoki kremni suv va sovun bilan yuvib tashlanadi.

Elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga


16-ILOVA

Sanoat gaz niqoblari uchun filtrlovchi — yutuvchi korobkalari

Markasi

Korobkaning turi va tanitadigan rangi

Korobka himoya qiladigan zararli moddalarning nomi

A,A8

Aerozol filtrsiz, jigarrang

Organik birikmalarning bug‘lari (benzin,kerosin,atseton, benzol, toluol, ksilol, uglerod sulfati, spirtlar, efirlar, anilin, galoidoorganik birikmalar, benzol va gomologlarning nitrobirikmalari, tetroetil qo‘rg‘oshin) fosfor, xlorli organik zaxarli ximikatlar.

A

Aerozol filtrli, jigar rang, oq vertikal chiziqli

Shularning o‘zi, shuningdek, chang, tutun, tuman,

V, V8

Aerozol filtrsiz, sariq

Nordon gazlar va bug‘lar (oltingugurt gazi, xlor, serovodorod, tsionid kislota, azot oksidlari, xlorli vodorod, fosgen), fosfor, xlorli organik zaharli ximi-katlar.

v

Aerozol filtrli, sariq rangli, oq vertikal chiziqli

Shularning o‘zi, shuningdek, chang, tutun, tuman,

g,g8

Aerozol filtrsiz, ikki xil rangli qora va sariq (vertikal bo‘ylab)

Simob bug‘lari, simobli organik zaharli ximikatlar etilmerkurxlorid asosida

g

Aerozol filtrli, ikki xil rangli qora va sariq (vertikal bo‘ylab), oq vertikal chiziqli

Shularning o‘zi, shuningdek, chang, tutun va tuman, simob va xlor bug‘larining aralashmasi

E1, E8

Aerozol fil�trsiz, qora

Mishyakli va fosforli vodorod

E

Aerozol filtrli, qora rang, oq vertikal chiziqli

Shularning o‘zi, shuningdek, chang, tutun, tuman

kd, kd8

Aerozol filtrsiz, kul rang

Ammiak, serovodorod va ularning aralashmalari

kd

Aerozol filtrli, kul rang, oq vertikal chiziqli

Shularning o‘zi, shuningdek chang, tutun, tuman

CO

Aerozl filtrli, oq rangli

Uglerod oksidi

m

Aerozol filtrsiz, qizil rangli

Organik bug‘lar ishtirokidagi uglerod oksidi (amaliy jihatdan yutilmaydigan moddalar, masalan metan, butan, etan, etilen va boshqalardan tashqari) nordon gazlar, ammiak, mish’yak va fosforli vodorod oksidi.

BKF

Aerozol filtrsiz, himoya rangli oq vertikal chiziqli

Nordon gazlar va bug‘lar, organik moddalarning bug‘lari, mish’yakli va fosforli vodorod, chang, tutun, tuman

Elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
17-ILOVA

Reagent xo‘jaligi va suvga gidrazinli ishlov berish qurilmasiga xizmat ko‘rsatishga texnik talablar

1. Kislotalar va ishqorlarni saqlash baklari va temir yo‘l sisternalaridan yuqori bo‘shatish qurilmasi orqali sifon yordamida yoki 0,068 MRa (0,7 kg/cm )dan ortiq bo‘lmagan siqilgan havo bilan bosim yaratish yo‘li bilan tushirish kerak. Qabul qiluvchi sig‘imda siyraklashishni vakuum-nasos yoki ejektor bilan yaratish kerak. Kislota va ishqorni sisternaning pastki krani orqali quyib olish man etiladi. Quyib olish uchun kislota va ishqorlarning ta’siriga bardosh bermaydigan materiallardan tayyorlangan shlanglardan foydalanish man etiladi.



2. Bochkalardan gidrazingidratni zanglamas po‘latdan yasalgan sifon orqali, yarmigacha suv to‘ldirilgan qabul qiluvchi bakka quyib olish kerak. Gidrazingidratdan bo‘shatilgan bochkalarni bir necha marta suv bilan yuvish zarur (metilen qizil indikatori bo‘yicha yuvuvchi suvlarni neytral reaksiyasigacha), bu suvlarni gidrazinni qabul qilish bakiga tushirish kerak.

3. Gidrazingidradning quvurlaridagi va eritma baklaridagi armaturani tasodifiy ochilishini oldini olish kerak, buning uchun uni qulflash yoki maxoviklarini echib olish kerak.

4. Tasodifiy to‘kilgan gidrazingidrat (konsentratsiyalangan yoki suyultirilgan) drenaj chuqurchasiga suv bilan yuvib tashlanishi va xlor ohagi bilan neytrallanishi kerak.

Elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga


18-ILOVA

Kimyo laboratoriyalarida ishlashda xavfsizlik texnik talablar

1. Zararli moddalarning eritmalarini faqat tortib oluvchi ventilatsiya ostida qo‘l nasos, sifon yoki havoni chiqarib tashlaydigan quvurchali va saqlovchi shchitok bilan ta’minlangan maxsus voronkani qo‘llab idishdan idishga quyish kerak.



2. Sulfat kislotasi eritmasini tayyorlash uchun uni ingichka oqim bilan suvga quyish va tinmay aralashtirib turish kerak, chunki kislotani suyultirishda issiqlik ajralib chiqishi va keyinchalik kislota sachrashi kuzatiladi. Sulfat kislotaga suvni qo‘yish man etiladi. Eritma tayyorlash uchun qo‘llanadigan idishlar issiqbardosh shishadan bo‘lishi kerak.

3. Zararli moddalarning ishlatib bo‘lingan eritmalarini, faqat ular dastlabki neytrallangandan keyin quyib tashlash mumkin.

4. Zararli moddalarning to‘kib yuborilgan eritmalarini faqat ular dastlabki neytrallashtirilgandan keyin olib tashlash zarur. Zararli gazlar yoki bug‘lar ajralib chiqqan vaziyatlarda ishlarni gaz niqobida bajarish kerak.

5. Xrom qorishmasi bilan ishlaganda uni badan terisiga, kiyimga va poyafzalga tegishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bunda rezinali qo‘lqoplarda, fartukda va himoyalovchi ko‘zoynaklarda ishlash kerak.

6. Zaharli moddalar bilan ifloslangan kiyimni zudlik bilan almashtirish kerak. Polga yoki uskunalarga to‘kilib yuborilgan zaxarli moddalar yig‘ib olinishi, ifloslangan joy esa yuvib tashlanishi kerak. Agar yengil uchuvchi zaharli moddalar to‘kib yuborilgan bo‘lsa xodimlar xonadan chiqarilishi va xona to‘kilgan modda to‘liq bug‘lanishi va uning bug‘lari chiqarib yuborilguncha shamollatilishi kerak.

7. Zaharli moddalarni isitish yoki zaxarli gazlar ajralib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar havoni tortib chiqaruvchi shkaflarda suv hammomida o‘tkazilishi kerak; bu ishlarda boshni shkafga tiqish man etiladi. Zaharli moddalarni ochiq olovda isitish man etiladi.

8. Laboratoriya suv oqimli nasoslari yordamida o‘tkaziladigan vakuum haydashda, nasos oldida haydash mahsulotlarini so‘rib olish liniyasida kimyoviy yutgichli ushlab qoluvchilarni qo‘yish kerak, ular so‘rib olinayotgan zararli bug‘lar va gazlar yutilishini ta’minlashi kerak.

9. Zahar moddasi shisha idishning tashqi qismiga tushganda uning tomchilarini filtrlash qog‘ozi bilan olish kerak (qo‘lni saqlagan holda) va uni havoni tortib chiqaradigan shkafda yondirib tashlash kerak (havo tortish ostida).

10. Zahar moddalarini havoni tortib oladigan shkafda tarozida tortish kerak (havo tortish ostida).

11. Shisha idishlar bilan ishlaganda, shisha asboblarini yig‘ishda, shisha quvurchalarini kesishda, shisha buyumlariga rezina quvurchalari kiygizilayotganda qo‘llarni kesib olmaslik uchun sochiq bilan himoyalash kerak. Quvurchalarning chetlarini suv, glitserin yoki vazelin moyi bilan ho‘llash kerak; shisha detallarning o‘tkir qirralarini eritish yoki egovlash kerak.

12. Chetlari singan, darzi bor, o‘tkir qirrali va boshqa shikastlanishi bor bo‘lgan shisha idishlardan foydalanish man etiladi.

13. Plamefotometrda havo tortilishi ostida ishlash kerak.

14. Vakuum ostida ishlash uchun mo‘ljallangan idishlar (Bunzen kolbalari, tabulirovlangan eksikatorlar va b.) dastlab havo nasosi yordamida to‘rli saqlagich qopqog‘i ostida sinalishi kerak.

15. Gazlarni olish uchun xizmat qiladigan asboblar va apparatlar shunday yig‘ilishi kerakki, asbob yoki apparat ishlashi to‘xtagan vaziyatda unda tashkil topayotgan gaz gaz yuvgichlar orqali chiqib ketishi mumkin bo‘lsin.

16. Engil parchalanadigan moddalar va oson uchuvchi suyuqliklarni (vodorod peroksidi, natriy va kaliy pereoksidi, efirlar, spirtlar, atseton, sereuglerod, benzol va b.) qorong‘i salqin joylarda oz miqdorda saqlash zarur.

Elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga


19-ILOVA

Issiqlik avtomatikasi, issiqlik texnik o‘lchovlari va himoya qurilmalariga xizmat ko‘rsatishda texnik talablar

1. Agar impuls liniyalari ulangan quvur yoki idish bosim ostida bo‘lsa, u holda impuls liniyalarining qulflovchi ventillari yopiq bo‘lishi va ularda man etuvchi “Ochilmasin — odamlar ishlamoqda” xavfsizlik belgilari osilgan bo‘lishi kerak.



2. Uzilgan impuls liniyasida bosimning yo‘qligi, liniyani atmosferaga ulash yo‘li bilan tekshiriladi. Agar impuls liniyasida puflab tozalash qurilmasi bo‘lmasa, unda bosim yo‘qligini ushbu liniyani datchikdan quyidagicha ajratib tekshirish kerak: liniyani datchikka ulovchi qopqoqli gayka ehtiyotkorlik bilan, gaykani tagidan suv paydo bo‘lgunga qadar gayka kaliti bilan burab chiqarilishi kerak va liniyada bosimning pasayishi va suv oqishi kamayishini kutish kerak. 30-40 s kutib, gaykani yana yarim — bir oborotga burash va bosimni pasaytirish kerak. Bosim pasayishi bilan gaykani yana bo‘shatish kerak va shu ishni bosim to‘liq tushishiga qadar, u shtutserga uch-to‘rt oborotga aylangan bo‘lishini hisobga olgan holda, davom ettirish kerak. Agar gayka shtutserdan burab olinishi bilan liniyada bosim pasaymasa, gaykani qattiq burab qo‘yish va impuls liniyasini yanada to‘liq yopish choralarini ko‘rish kerak. Ushbu operatsiyalarni ko‘lqopda bajarish lozim.

3. Moyli impuls liniyalarida ishlaganda ulardagi moy to‘liq tushirilishi kerak. Moyning tushirilishi, birlamchi ventilning oldida liniyani va asbobni pastki nuqtasi orqali ajratilishi bilan amalga oshirilishi kerak. Agar liniya, birlamchi ventilning oldida payvandlangan bo‘lsa va undan moyni tushirib yuborish mumkin bo‘lmasa, unda manometr tarafidan xlorvinil quvurchasi kiritilishi va u orqali grusha bilan moy so‘rib olinishi kerak. Quvurchani uzunligi, impuls quvurining payvandlangan joydan 1,5 dan kam bo‘lmagan uchastkasini moydan bo‘shatilishi hisobidan tanlanishi kerak.

Moyni polga to‘kilishining oldini olish uchun u quvurchalardan qandaydir idishga quyilishi kerak.

4. Manometrlar, datchiklarni faqat birlamchi (oluvchi) ventillar yopilgandan so‘ng almashtirish kerak. Manometrlar, datchiklarning qopqoqli gaykasini mazkur Qoidalarning mazkur ilovasining 2-bandida ko‘rsatilganidek asta-sekin burash kerak.

5. Nazorat qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish, ta’mirlashda tutun gazlari bilan olib chiqilgan yoqilg‘ining yonib ulgurmagan manbalari.. (ayniqsa “chekka burchaklar”da) yo‘qligini ehtiyotkorlikka rioya qilgan holda tekshirish kerak. Yoqilg‘ini yonib ulgurmagan manbalari mavjud bo‘lsa, u ishchilarni karbonad angidrid bilan zaharlanishi va kuyib qolishiga olib kelishi mumkin. Bunday yonish o‘choqlarini zudlik bilan bartaraf qilish kerak.

6. Nazorat o‘lchov asboblari, bosimi 0,1 MRa (1 kgf/cm2)dan ortiq bo‘lgan gaz quvurlariga metall quvurchalar bilan biriktiriishi kerak. Gazning bosimi 0,1 MRa (1 kgf/cm2)gacha bo‘lganda bu asboblarni uzunligi 1 m dan ortiq bo‘lmagan xomutlar bilan mahkamlangan rezinka quvurchalar bilan biriktirish mumkin. Asboblarga kiruvchi shahobchalarda o‘chiruvchi qurilmalar ko‘zda tutilishi kerak.

NUA, avtomatika va himoyalarning datchiklari echib olinganda, datchikdan uzilgan impuls liniyalariga tiqinlar o‘rnatilishi kerak.

Elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga


20-ILOVA

Simobli asboblar bilan ishlashda texnik talablar

1. Asboblarning rangli metalli detallari bilan simobni bir-biriga tegishiga yo‘l qo‘yilmaydi.



Asboblar va apparatlarni qismlarga ajratishda amalgamirovanlangan detallar aniqlangan bo‘lsa, ular suv solingan maxsus idishlarda, simobli xonalarda saqlanishi kerak.

Amalgamirovanlangan detallardan amalgamani, havoni tortuvchi shkafning ichida ventilatsiya ishga tushirilganda qizdirib ajratib olishga ruxsat etiladi.

2. Vakuummetrlarning idishidan simobni otilib chiqishini oldini olish uchun bu idishlarni atmosfera bilan birlashtiruvchi, balandligi 50 — 60 mm bo‘lgan shisha quvurchali chiqishi rezina tiqinlari bilan zichlab yopilishi kerak.

3. Simob ochiq idishlarda turadigan barometrlar va vakuummetrlarda uning bug‘lanishini oldini olish uchun ustiga 1 — 2 mm qatlamda toza glitserin quyib qo‘yilishi kerak.

4. Mo‘rt shisha detalli simob asboblari ishlab chiqarish xonalarida o‘rnatilganda, asboblarning shisha qismlari tasodifiy urilishidan saqlovchi kojuxlar, panjaralar va boshqalar bilan himoyalangan bo‘lishi kerak.

5. Ishlab chiqarish xonalarida o‘rnatilgan asboblar va apparatlardan simob chiqib ketishining oldini olish uchun, germetikligi tasodifan buzilganda, ular ushlab qoluvchi idishlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

6. Simob bilan to‘ldirilgan termometrlar futlyarlarda saqlanadi va tashiladi. Ish joylarida o‘rnatilgan termometrlar metall g‘iloflar (qoplamalar) bilan himoyalangan bo‘lishi kerak.

7. Simob bilan to‘ldirilgan asboblarni puflab tozalash, ulash va uzish, simobni quvurlarga yoki ishlab chiqarish xonalariga otilib chiqishini oldini olib, ehtiyotlik bilan bajarilishi lozim.

8. To‘kilib ketgan simob zudlik bilan va tozalab germetik ballonga, sirlangan yoki chinni idishga yig‘ib olinishi kerak. Simobni polga singdirilishi va butun xona bo‘ylab tarqalishining oldini olish uchun simob tomchilarini, ifloslangan uchastkaning chetidan markazga yo‘nalish bo‘yicha yig‘ish kerak. To‘kilib ketgan simobni rezina grusha yordamida yig‘ish mumkin. Simobning to‘liq yig‘ilgani lupa yordamida tekshiriladi.

Qolgan simob kaliy permanganat (margansovka) tuzining 0,2 foizli achitma eritmasi yoki 20 foizli xlorli temir eritmasi bilan ho‘llangan latta bilan poldan artib olib tashlanadi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish