Karbonat angidrid gazi SO2 (karbon ikkioksidi) — rangsiz gaz, hidsiz, nordon mazali, havodan og‘ir. Yerosti inshootlariga tuproqdan kiradi. Organik moddalar chirishi natijasida hosil bo‘ladi. Rezervuarlarda (baklarda, bunkerlarda va boshqalarda) ham ularda sulfaugol yoki ko‘mir mavjud bo‘lganda, asta-sekin oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi.
Yerosti inshootiga tushib qolganda, karbonat angidrid gazi havoni siqib chiqaradi, yerosti inshootining fazosini tagidan boshlab to‘ldiradi. Karbonat angidrid gazi zaharli emas, biroq narkotik xususiyatiga ega va shilliq pardalariga ta’sir qilishi mumkin. Konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda havoda tarkibidagi kislorod kamayishi oqibatida odamni bo‘g‘ilishiga olib kelishi mumkin.
Himoya vositasi — PSh-1, PSh-2 shlangli gazniqoblari.
Do'stlaringiz bilan baham: |