Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining


§ 1. Qoidalarni qo‘llash sohasi va tartibi



Download 0,58 Mb.
bet6/37
Sana02.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#311735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
116 01.06.2009


§ 1. Qoidalarni qo‘llash sohasi va tartibi

2. Mazkur Qoidalar ishlab turgan va rekonstruksiya qilinayotgan elektr stansiyalar, shuningdek issiqlik tarmoqlari, issiqlik punktlari va issiqlashtirish qozonlarining ularning qaysi idoraga qarashligi va mulkka egalik shaklidan qat’iy nazar ularning issiqlik quvvatli, mexanik va suvni tayyorlash uskunalarini, yoqilg‘i-transport, qozon-turbina va kimyo sexlarining issiqlik avtomatikasi va o‘lchash qurilmalarini ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash, sozlash va sinash bilan band bo‘lgan xodimlar uchun majburiydir.

Issiqlik avtomatika va issiqlik texnik o‘lchash va himoya qurilmalarining elektr qismlariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, shuningdek “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining” mos bo‘limlariga rioya qilishlari shart (2006-yil 18-avgust, ro‘yxat raqami 1614 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 33-son, 331-modda).

3. Issiqlik mexanika uskunalari uchun asosiy va yordamchi uskunalarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishni tashkil etilishi “Qurilish me’yorlari va qoidalari” (bundan keyin — QMQ) va “Shaharsozlik me’yorlari va qoidalari” (bundan keyin — ShMQ), “Elektr stansiyalarining yoqilg‘ini berishda portlash-yong‘in xavfsizligi qoidalari”, “Changsimon holatdagi yoqilg‘ini tayyorlash va yoqish uchun qurilmalarning portlash xavfsizligi qoidalari”, “Qozon qurilmalarida mazutdan va tabiiy gazdan foydalanishda portlash xavfsizligi qoidalari”, “Issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarini loyihalashning sanitariya me’yorlari”, “Texnologik jarayonlarni tashkil etish bo‘yicha sanitariya qoidalari va ishlab chiqarish uskunalariga sanitariya-gigiyena talablari”, “Sanoat korxonalari va aholi turar joylarini qurish loyihalarining yong‘inga qarshi me’yorlari”, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi qoidalari, mehnat xavfsizligi standartlari tizimi talablari, “O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi O‘RQ-57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun va mazkur Qoidalarga muvofiq bo‘lishi shart.

4. Elektr uskunalari “Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalariga” muvofiq bo‘lishi va elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi shart.

5. Issiqlik avtomatika, issiqlik texnik o‘lchovlari va himoya qurilmalari mazkur Qoidalarga va “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga” muvofiq bo‘lishi va ularga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi shart.

6. Ishda qo‘llaniladigan mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalari, moslamalar va asboblar sinalgan bo‘lishi va mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, “Sanoatkontexnazorat” inspeksiyasining qoidalari, hamda “Asboblar va moslamalar bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalari”, shuningdek ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomalarining talablariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi kerak.

7. Mazkur Qoidalar majburiydir va ishlab turgan, hamda ishga yangi kiritilayotgan uskunalarda xizmat ko‘rsatilayotganda ulardan chetlashishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan mehnatni muhofaza qilish va uskunalarni texnikaviy ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yangi normativlar amalga kiritilishi holatlari istisno. Ishlashda yonuvchi, portlash xavfi bo‘lgan va zararli moddalardan foydalanilganda “Energetika korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari” (2004-yil 22-aprel, ro‘yxat raqami 1341 —O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 16-son, 194-modda), GOST 12.1.004 — 91 “SSBT. Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablar”, GOST12.1.0Yu — 76 “SSBT. Portlash xavfsizligi. Umumiy talablar” va GOST 12.1.007 — 76 “SSBT. Zararli moddalar. Tasnifi va xavfsizlikning umumiy talablari”ga, va shuningdek ro‘yxati mazkur Qoidalarning 1-ilovasida havola etilgan GOST larga rioya qilish kerak.

Mehnat muhofazasi bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalari “Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish bo‘yicha Nizom”ga (2000-yil 7-yanvar, ro‘yxat raqami 870 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil) muvofiq ishlab chiqilishi shart.

8. Korxona ma’muriyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan birgalikda ishchilar va xizmatchilar (bundan keyin “ishchilar va xizmatchilar” so‘zlari o‘rniga qisqa ifodalash uchun “xodimlar” so‘zidan foydalaniladi) uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi kerak; “Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalariga” (2002-yil 4-oktabr, ro‘yxat raqami 1178 — Me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 19- son) muvofiq xodimlar bilan ishlashni tashkil etishi kerak; uskunalar xavfsizlik talablariga muvofiqligi, xodimlar tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishi, saqlagich moslamalari, maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalarni qo‘llashi ustidan muntazam nazoratni ta’minlashi kerak.

9. Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlari, ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-sozlash tashkilotlarining rahbar xodimlari, sex boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, ta’mirlash uchastkalarining rahbarlari zarur tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga majburdirlar.

Mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, zarur bo‘lganda, ishlar xavfsizligini oshiruvchi va mazkur Qoidalarga zid bo‘lmagan qo‘shimcha chora-tadbirlar nazarda tutilishi kerak.

10. Har bir xodim mazkur Qoidalarni talablarini qat’iy bajarishi lozim va o‘zining bevosita rahbariga, agar u yo‘q bo‘lsa yuqori turgan rahbarga sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa to‘g‘risida va o‘zi ko‘rib qolgan Qoidalar buzilishi, shuningdek inshootlar, uskunalar va himoya qurilmalaridagi nosozliklar to‘g‘risida zudlik bilan xabar berishi shart. Mazkur Qoidalarga zid keladigan farmoyish va topshiriqlarni bajarish man qilinadi.

11. Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va kasbiy zaharlanish uchun xavfsizlik texnikasi qoidalari va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya qilishni ta’minlamagan va baxtsiz hodisalarni va kasbiy zaharlanish

12. Har qaysi xodim tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalari va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarining buzilishi mehnat intizomini buzish deb qaralishi kerak va ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan albatta tekshirilishi shart.

13. Mazkur Qoidalar talablarini bajarilishini ta’minlamagan mansabdor shaxslar intizomiy jazolanadi yoki qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi.

14. O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga va “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida Nizomga” (1999-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 273 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil) muvofiq, mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunchilikka rioya qilish va mehnat muhofazasi bo‘yicha talablar buzilgani uchun, shu hisobda uning xavfsizligi uchun ham korxona rahbari (ish beruvchi) javobgardir.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish