yer osti inshootlari — issiqlik kameralari, o‘tish va yarim o‘tish kanallari, kollektorlar va quduqlar;
doimiy ish joyi — ishlovchi ish vaqtining ko‘proq qismini (50% dan ortiq yoki uzluksiz 2 soatdan ortiq) o‘tkazadigan joy. Agar ish ishchi zonaning turli punktlarida amalga oshirilsa, unda barcha ish zonasi doimiy ish joyi deb hisoblanadi;
saqlash klapanlari — qozondagi, idishdagi yoki quvurdagi bug‘ning bosimi o‘rnatilgan qiymatidan oshib ketishidan saqlab qoluvchi qurilma;
ish boshi (ish bajaruvchi) — naryad yoki farmoyish bo‘yicha ishlarni bajaruvchi;
ishlab chiqarish xonalari — maxsus mo‘ljallangan binolar va inshootlardagi berk joy, u yerda doimo (smena bo‘yicha) yoki davriy (ish kuni davomida) ishlab chiqarishning turli ishlarida, ishlab chiqarishni tashkil etish, nazorat qilish va boshqarish, shuningdek transport, aloqa va boshqa korxonalarda mehnatning noishlab chiqarish turlarida ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan odamlarning mehnat faoliyati amalga oshiriladi;
Yopiq fazolarga 35 t/h dan ortiq bo‘lgan bug‘ ishlab chiqarish unumdorligiga ega bo‘lgan qozonlarning o‘choqlari, qozonlarning gaz yo‘llari, issiqlik kameralari, o‘tish va yarim o‘tish kanallar, quduqlar va boshqalar kiradi.
Yopiq idishlarga quyidagi tortish puflash mashinalari kiradi: maydalagichlar, tegirmon barabanlari, yoqilg‘i bunkerlari, chang tayyorlash tizimi separatorlari; gazhavo yo‘llarining koroblari; suv tayyorlash uskunalarining filtrlari; suv zaxirasi baklari va boshqalar.
ish zonasi — ishlovchilarning doimiy yoki vaqtinchalik yer sathidan yoki maydonchadan 2 m gacha balandlik oralig‘ida bo‘lish joyi;
ish joyi — ishlovchilarning mehnat faoliyati jarayonida doimo yoki vaqtincha bo‘lish joyi;
balandlikda bajariladigan ishlar — ishchi to‘shama, tom yoki yer yuzasidan 1,3 m va undan yuqori balandlikda va balandlik bo‘yicha farq chegarasidan 2 m dan kam masofada turib ishchi bajaradigan ishlar;
ta’mirlovchi xodimlar — issiqlik mexanika uskunalarini ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi muhandislar, texniklar, ustalar, ishchilar;
ish rahbari — naryad yoki farmoyish bo‘yicha bajariladigan ishlarning rahbari;
“shart”, “zarur”, “kerak” so‘zlari — mazkur Qoidalar talablari bajarilishi majburiyligini bildiradi;
“ruxsat etiladi” so‘zlari — mazkur ko‘rsatma mahalliy sharoitlarni hisobga olib istisno tariqasida qo‘llanishini bildiradi;
issiqlik mexanika uskunalari — issiqlik quvvatli, mexanik va suvni tayyorlash uskunalari, shuningdek ushbu uskunalarda o‘rnatilgan issiqlik avtomatika va issiqlik texnik o‘lchash qurilmalari.
II bob Umumiy qoidalar
Do'stlaringiz bilan baham: |