tezkor-ta’mirlash xodimlari — ularga biriktirilgan uskunalarga tasdiqlangan hajmda ekspluatatsion-ta’mirlash xizmatini ko‘rsatish uchun maxsus o‘rgatilgan va tayyorlangan xodimlar;
qayta ijozat — ushbu naryad bilan avvaldan bajarilayotgan ishni davom ettirish uchun ish joyiga qayta ijozat berish;
ish joyini tayyorlash — ishni xavfsiz bajarilishini ta’minlash uchun uskunalarni tarmoqdan uzish, bo‘shatish, sovutish, yuvish, shamollatish, ularni xato qilib ishlashga qo‘shilishni oldini olish, ortiqcha bosim va zararli moddalar yo‘qligini tekshirish, to‘siqlarni o‘rnatish, ushbu ish joyida xavfsizlik belgilarini osib qo‘yish bo‘yicha zarur bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |