Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining


§ 3. Bug‘turbina qurilmalarining uskunalariga xizmat ko‘rsatish



Download 0,58 Mb.
bet23/37
Sana02.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#311735
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Bog'liq
116 01.06.2009


§ 3. Bug‘turbina qurilmalarining uskunalariga xizmat ko‘rsatish

A.Turboagregatlariga xizmat ko‘rsatish

602. Qizigan yuzalar zonasida bo‘lgan tashqi bosim moyquvurlari, po‘lat tunukadan yasalgan maxsus zich himoya koroblar bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Koroblarning pastki qismi moyni oqib tushishi uchun yig‘ish quvuri tomoniga nishabga ega bo‘lishi kerak, u avariyaviy quyish kollektoridan mustaqil va moyni avariyaviy quyish sig‘imi bilan biriktirilgan bo‘lishi kerak.

Kapital ta’mirlashda koroblar suv bilan to‘ldirilib zichlikka tekshirilishi kerak.

603. Xavfsizlik avtomati sinalayotganda, sinashda bevosita qatnashmaydigan shaxslar turbinaga xizmat ko‘rsatish maydonchasida bo‘lishi man etiladi.

Rotorning aylanish chastotasini ko‘paytirish bilan xavfsizlik avtomatini tekshirish, elektr stansiyasining bosh muhandisi tasdiqlangan sinash dasturi bo‘yicha bajarilishi kerak.

Xavfsizlik avtomatini sinashdan oldin, sinashda ishtirok etadigan xodimlarga, yo‘riqnomalar jurnaliga yozib, yo‘riqnoma o‘tkazilishi kerak.

Sinashni o‘tkazishga bevosita sex rahbari yoki uning o‘rinbosari rahbarlik qiladi, u turbinaning aylanish chastotasini taxometr bo‘yicha kuzatib turadi. Sinashda ishtirok etayotgan qolgan xodimlar, kerak bo‘lgan vaqtda agregatni tez uzilishini ta’minlovchi holatda joylashtirilishi kerak.

Bosh bug‘ surilma qopqog‘ida baypas mavjud bo‘lganda xavfsizlik avtomatini tekshirilishi surilma qopqoq yopilib, baypas orqali o‘tkazilishi kerak.

604. Ta’mirlashga to‘xtatilgan turbina mazkur Qoidalarning 284-bandi, 12 - ilovaning 1,2- bandlari talablariga muvofiq umumiy bug‘ quvurlaridan uzilgan bo‘lishi kerak.

605. Turbina tsilindlari va rotorlari qopqoqlarini ko‘tarish uchun zavod moslamalari ishlarni boshlashdan oldin ko‘rib chiqilgan bo‘lishi kerak. Moslamalar ta’mirlangandan keyin ularda texnik shaxodatlash sanasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

606. Turbinadan chiqarib olinayotgan og‘ir detallar (rotor, silindr qopqog‘i) mazkur Qoidalarning 39-bandi talablarini hisobga olib, detallarni joylashtirish rejasiga muvofiq, ularning sirpanib ketishini istisno qiluvchi chorpoyalar va tagliklarga joylashtirilishi kerak. Tagliklar uchun antiseptik shimdirilgan shpallardan foydalanish man etiladi.

607. Silindr qopqog‘ini ochishda va ko‘tarishda quyidagilar zarur:

ko‘tarish uchun mavjud moslamalardan (masalan, balansirdan) foydalanish;

silindrning yuqori yarmini (qopqoqni) pastkisidan siqib chiqaradigan boltlar yordamida ochish;

ko‘tarishdan oldin qopqoq puxta stroplangani to‘g‘risida ishonch hosil qilish;

qopqoqni o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi boltlar (svechalar) bilan u puxtalik bilan tekislangandan keyin mas’ul shaxs komandasi bo‘yicha ko‘tarish;

ko‘tarilayotganda qopqoq silindrning pastki yarmining ajratish flanetsiga nisbatan bir tekisda harakatlanishini tekshirish. Qopqoq tekis harakatlanishini tekshirishda, shuningdek, uni ko‘tarishda, ko‘tarilayotgan qopqoq tagidagi ajratish flanetsiga qo‘llarni qo‘yish man etiladi.

608. Turbina silindrlarining flanetsli ajratish biritalarining gaykalarini bo‘shatish va tortish turbinani ishlab chiqargan zavodning yo‘riqnomasi bo‘yicha bajarilishi kerak.

609. Silindr qopqog‘ini qayta kantovka qilish faqat ish rahbarining rahbarligida bajarishga ruxsat etiladi. Kontovkadan oldin qopqoq ustida mahkamlanmagan detallar (gaykalar, boltlar, tiqinlar, asboblar va b.) yo‘qligi to‘g‘risida ishonch hosil qilish kerak.

610. Yuqori bosimli turbinalarni rezbali mahkamlovchi birikmalarini isitish uchun qo‘llanadigan TEN turidagi elektrisitgichlar yerga ulangan bo‘lishi kerak, va isitgich korpusi va tok o‘tkazuvchi qismlar orasidagi izolatsiya qarshiligi 2 MΩ dan kam bo‘lmasligi kerak. Elektr isitgichlar bilan rezinali dielektrik qo‘lqoplarida ishlash kerak.

Elektr isitgichlar bilan ishlashga elektr xavfsizlik bo‘yicha P-dan past bo‘lmagan guruhga ega bo‘lgan xodimlarga yo‘l qo‘yiladi.

Elektr isitgichlar bilan ishlaganda quyidagilar man etiladi:

tok keltiruvchi kabelni ta’minlovchi tarmoqdan uzmasdan uni qismlarga ajratish;

elektr isitgich korpusini himoyalovchi trubkani egish yoki deformatsiyalash;

elektr isitgichni shpilkaning teshigiga zarbalar yoki katta kuchni qo‘llab o‘rnatish;

uzunligi elektr isitgichning ishchi uzunligidan kam bo‘lgan, markaziy berk teshikli shpilkani isitish;

tarmoqqa ulangan elektr isitgich bilan bir rezbali birikmadan ikkinchisiga o‘tish;

ishlab turgan elektr isitgichda tok uzatuvchi kabellarning tsangali kontaktlarini ajratish;

elektr isitgichni ishchi holatida nazoratsiz qoldirish.

611. Turbina silindri mahkamlagichining ejeksion isitgichi bilan ishlaganda ko‘palangali yondirgich paqqillashsiz va teskari urishlarsiz ishlashi kerak. Yondirgichning barcha birikmalari va kanallari, shu hisobda zichlovchi qurilmalari germetik bo‘lishi kerak.

Ejeksion isitgichni qo‘llash bilan ishlarni boshlashdan oldin turbinaning oqim qismidagi barcha ishlar to‘xtatilishi va xodimlar chiqarib yuborilishi kerak. Ish joyida yondirgich alangasini rostlash uchun asbest tunika, o‘to‘chirgich va metal tunika bo‘lishi kerak.

Ejeksion isitgichning yondirgichini tunuka tovadagi alangadan yoqib olish kerak. Bu maqsad uchun gugurtdan foydalanish man etiladi.

Ejeksion isitgichni ishlatganda olovning qarshisida turish, shuningdek yog‘langan kiyimda va qo‘lqoplarda ishlash man etiladi.

612. Turbina silindrining razyemi shpilkalarini isitish uchun havoli isitgichlaridan foydalanilganda, shpilkaning teshigiga issiq havoni uzatish uchun shtutserni kiritish va isitilgandan keyin uni chiqarish havoni beruvchi ventil yopilgan holatida bajarilishi kerak. Ishlayotganlar qo‘lqoplar va himoyalovchi ko‘zoynaklardan foydalanishi kerak.

Shpilkalarni gaz yondirgichning ochiq alangasi bilan isitish man etiladi.

613. Podshipniklarning ichqo‘ymalari babbit bilan qayta quyilayotganda formalar quritilgan bo‘lishi kerak.

Ishni himoya ko‘zoynaklari, rezinalangan fartuk va qo‘lqopda bajarish kerak.

Ichqo‘ymalar kaustik soda bilan yog‘sizlantirilganda va ularga kislota bilan ishlov berilganda mazkur Qoidalarning III-bobi 7-paragrafining talablariga rioya qilish kerak.

614. Chuqur sovutish usulida taranglash bilan trubina detallarini joyiga o‘tkazishda qo‘lqoplar kiyish va maxsus moslamalar yordamida ishlash zarur. Detallarni sovitish uchun suyuq azotdan foydalanilganda portlash xavf bo‘lgan qorishma tarkibida (30% dan ortiq kislorodi bor suyuq azot-kislorodli qorishma) vujudga kelish ehtimolini hisobga olish kerak.

Portlash xavfi bo‘lgan qorishmalar vujudga kelishini oldini olish uchun dastlab sovutiladigan detallar va vannani moydan va moyli ifloslanishlardan yaxshilab tozalash kerak va sovitish jarayonida azotda kislorod konsentratsiyasi oshishi ustidan nazorat qilib turish kerak.

615. Taroqsimon detallarning oxirgi yoki diafragmalangan zichlagichlarini taroqlarini tekshirish va tozalash qo‘lqopda bajarilishi kerak.

616. Turbina rotorini qo‘lda aylantirishdan oldin (markazlashtirishda) oyoqlar bilan turbinaning gorizontal razyemiga yoki gorizontal razyemning sathida o‘rnatilgan maydonchaga turib olish zarur.

Rotorni qo‘l bilan aylantirilishi ish boshining yoki u brigada tarkibidan tayinlagan shaxsning komandasi bo‘yicha bajarilishi kerak.

Turbina rotorini aylantirishdan oldin uning oqim qismida ta’mirlash ishlari to‘xtatilishi, xodimlar esa xavfsiz joyga chiqarilishi kerak. Rotorni kran bilan aylantirilganda tortilayotgan trosning yon atrofida turish man etiladi. Trosni bir tekisda, bir halqani ikkinchisining ustiga chiqarib yubormasdan, qisilib qolishiga yo‘l qo‘ymasdan o‘rash kerak.

Biriktirish yarim muftasiga zich kiygiziladigan barmoq, unga tiraladigan burtga va strop sirtmog‘ini ilish uchun chuqurchaga (kanavkaga) ega bo‘lishi kerak. Barmoqning uzunligi biriktirish yarim muftasi flanetslarining ikki qalinligidan kam bo‘lmasligi kerak.

617. Turbina yoki moy nasosi ishlab turganda moy quvurlaridagi armaturalarni almashtirish, ta’mirlash va rostlashning detallarini qismlarga ajratish (manometrlarni almashtirish bundan istisno) bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni o‘tkazish man etiladi.

618. Moy tizimida ta’mirlash ishlari o‘tkazilayotganda quyidagilar zarur:

olovli ishlarni mazkur Qoidalarning III bobi 7-paragrafi talablarini hisobga olib bajarish;

ta’mirlash davrida shtutserlar, tarmoqlar va shu kabilarning flanetsli birikmalarining payvand joylari qayta payvandlangan moy quvurlarining uchastkalarida gidravlik sinashlarni o‘tkazish;

to‘kilgan moyni zudlik bilan olib tashlash;

moy tizimini kimyoviy tozalashda mazkur Qoidalarning III bobi 7-paragrafi talablariga rioya qilish;

moy tizimi va moy sovutgichi quvurlariga bug‘ bilan ishlov berishni bosimi 0,6 MRa (6 kgF/cm2)dan ortiq bo‘lmagan: to‘yingan bug‘ bilan, maxsus jihozlangan maydonchada o‘tkazish;

bug‘ni uzatuvchi ventilni bevosita ish joyi oldida o‘rnatish;

bug‘ni keltirish uchun rezinali shlanglarni qo‘llash man etiladi;

moy baklarining ichidagi ishlarni faqat ularni moydan va qurumdan tozalangandan, bug‘ bilan ishlov berilgandan, shamollatilgandan keyin va mazkur Qoidalarning III bobi 9-paragrafida nazarga tutilgan xavfsizlik talablarini bajarib amalga oshirish shart.

619. Tarkibida vodorod bo‘lgan gazmoy tizimi, uchastkalardan 10 m dan kam masofada olov ishlari naryad bo‘yicha, ishlar xavfsizligini ta’minlovchi choralar ko‘rilib bajarilishi kerak (to‘siqlar o‘rnatish, xonadagi havoni vodorod yo‘qligiga tekshirish va b.).

Vodorod bilan to‘ldirilgan bevosita generator korpusida, gazmoy tizimining quvurlari va apparatlarida bevosita olov ishlarini o‘tkazish man etiladi.

Generator va gazmoy tizimining qurilmalari oldida “Diqqat! Portlash xavfi” ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari osib qo‘yilishi shart.

620. Turboagregatlarga xizmat ko‘rsatish mazkur Qoidalarning 13-ilovasi talablariga muvofiq amalga oshirilishi shart.

B. Olovbardosh moylari bilan ishlashda xavfsizlik choralari

621. Turbinalarning rostlash tizimlarida yong‘in xavfsizligini oshirish maqsadida turbina moyi o‘rniga “Ivviol-3” va OMTI olovbardosh sintetik moylari qo‘llaniladi.

622. Olovbardosh “Ivviol-3” moyi toksik modda; odam organizmiga ta’sir qilishi darajasi bo‘yicha o‘rta xavfli moddalarga kiradi (xavflilik klassi 3). Ishchi zonasi havosida “Ivviol-3”ning eng ko‘p ruxsat etilgan konsentratsiyasi — 1,5 mg/m3.

“Ivviol-3” moyining zaharlash ta’siri u oshqozon-ichak traktiga tushganda, shikastlanmagan teri orqali singganda, bug‘lari va aerozollaridan nafas olinganda paydo bo‘ladi. “Ivviol-3” paralitik ta’sirga va kumulyativ xususiyatiga ega.

OMTI olovbardosh moyi xavflilik darajasi bo‘yicha mineral moyi klassiga kiradi va paralitik ta’siriga ega emas. Ishchi zona havosida OMTI moyi uchun eng ko‘p ruxsat etilgan konsentratsiya — 5 mg/m3.

623. Olovbardosh moylari bilan ishlaganda (“Ivviol-3”, OMTI ) “Leningrad metall zavodi”ning 1508 va 1640-IO sonli maxsus yo‘riqnomalari va RH34-301-359:2005 “Yo‘riqnoma. OMTI turidagi olovbardosh turbina moylarini qabul qilish, saqlash va ekspluatatsiya qilish” rahbariy hujjati talablariga rioya qilish shart.

624. Navbatchi va ta’mirlash xodimlarining ish joylarida BKF markali filtrlovchi gaz niqoblari bo‘lishi kerak. Olovbardosh moyi qizigan yuzalarga tushganda tutun ajralib chiqadi, u mavjud bo‘lganda jadal tutunlashish zonasida bo‘lgan xodimlar gaz niqoblarini kiyishlari va moy oqishini bartaraf etish uchun choralar ko‘rishi shart.

625. Olovbardosh “Ivviol-3” moyi bilan bevosita kontaktga ega bo‘lgan xodimlarga shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish majburiydir.

626. Olovbardosh “Ivviol-3” moyi bilan ishlashda band bo‘lgan xodimlar, ishga kelgach, shaxsiy kiyimini va poyafzalini echishi va maxsus kiyimni hamda maxsus poyafzalni kiyishi kerak (kombinezon yoki paxta matoli kurtka bilan shim, ichki kiyim, paypoq, monolit tagli rezinali botinka yoki rezinali etik).

Ishlash jarayonida olovbardosh “Ivviol-3” moyi bilan bevosita kontakt ehtimoli bor bo‘lsa, yengliklar, fartuklar, rezinali qo‘lqoplar tabiiy kauchuk yoki kvaleteks asosida va rezinali etik, filtrlovchi gazniqob kiyilishi kerak.

“Ivviol-3” moyi bilan ifloslangan qo‘llarga qo‘lqoplar kiyish man etiladi.

627. OMTI olovbardosh moyi bilan ishlaganda band bo‘lgan xodimlar maxsus kiyimda (paxta matoli kombinezon yoki kurtka va shim) va maxsus poyafzalda (botinkalarda) ishlashi kerak.

Ayrim juda moylanib qolgan uzellar qismlarga ajratilayotganda tekstovinitdan tikilgan fartukda ishlash kerak.

Moy baklarini tozalashga va moy tizimi germetikligi buzilganda ko‘p miqdorda to‘kilgan moylarni yig‘ishtirishga jalb qilinadigan xodimlar rezinali etik va qo‘lqoplardan foydalanib ishlashi kerak.

628. Ishchi kiyim har haftada almashtipilishi shart.

Avariyaviy tashlash yoki oqib ketish natijasida ifloslangan maxsus kiyim, buzilish oqibati bartaraf etilgandan keyin shu vaqtning o‘zida almashtirilishi kerak.

629. Ovqatlanishdan va chekishdan oldin qo‘llarni yaxshilab iliq suvda sovun va shchetka bilan yuvish kerak.

630. Ovqatni ish joyiga olib kelish va iste’mol qilish man etiladi.

631. Boshqa sexlarga ta’mirlash va sozlash yoki saqlash uchun beriladigan detallar, uzellar, nazorat-o‘lchash asboblari va avtomatika qurilmalari olovbardosh moyidan yuvilgan bo‘lishi kerak.

“Ivviol-3” olovbardosh moylari parametrlarini nazorat qiladigan asboblar nazorat-o‘lchash asboblari (bundan keyin — NO‘A) laboratoriyasida, boshqa asboblardan alohida, hamda yo‘riq berilgan xodimlar tomonidan ta’mirlanadi, sozlanadi va taqqoslanadi.

632. Olovbardosh moyida ishlaydigan apparatlar ta’mirini o‘tkazish uchun, brigada umumiy asbob xo‘jaligida alohida ajratib qo‘yilgan kerakli asboblar komplektiga ega bo‘lishi kerak.

Ish tugagandan keyin asboblar mazkur Qoidalarning 14-ilovasi 2-bandi talablariga muvofiq yuvilishi kerak.

633. Ishdagi tanaffuslarda va u tugatilganda ifloslangan shaxsiy himoya vositalari yaxshilab issiq suv va sovun yoki trinatriy - fosfat bilan yuvilishi shart. Qo‘lqoplarni echishdan oldin yuvish kerak, poyafzal tagini ish joydan chiqib ketayotganda artish shart.

634. Smena tugagandan keyin olovbardosh moyi bilan ishlaydigan xar bir xodim maxsus kiyimni echishi va maxsus ishchi kiyim shkafiga qo‘yishi va dushda yuvinishi kerak.

Uychi kiyimni alohida shkafda saqlash kerak.

635. Har oyda kamida bir marta turbina bo‘limi xonasining havo muhiti olovbardosh moyi mavjudligiga nazorat qilinishi shart.

636. Ekspluatatsiya qilish jarayonida xar haftada bir marta yuvuvchi eritmalar bilan tutqichlar, zadvijkalarning shturvallari va uzellarning maxoviklari, shuningdek turbina bo‘limining oraliq maydonchalari va zinali o‘tish joylari artib chiqilishi kerak.

Turbinaning rostlash tizimi “Ivviol-3” olovbardosh moyida ishlaganda, har kuni xizmat ko‘rsatish belgisidagi (otmetka) va nol belgisida (otmetka) rostlash tizimi moy baki to‘sig‘ining ichidagi pol, sochli shchetkalarni qo‘llab, yuvish eritmalari bilan artilishi kerak.

637. Olovbardosh moylar bilan ishlashda xavfsizlik choralari mazkur Qoidalarning 14-ilovasi talablariga muvofiq amalga oshirilishi shart

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish