A. Sirkulatsion suv ta’minotining suv oluvchi inshootlariga xizmat ko‘rsatish
638. Suvni qabul qiluvchi kameralarga tushish mazkur Qoidalarning III bobi 9-paragrafi talablariga muvofiq amalga oshirilishi shart. Kameraga tushayotgan ishchilar qutqarish belbog‘lari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Kameraga tushishdan oldin kirish zatvorlari zich yopilgani va stoporlangani, kamerada esa suv yo‘qligi va havosida zararli moddalar yo‘qligi, hamda kislorod yetarligiga (O2 hajm bo‘yicha 20%) ishonch hosil qilinishi kerak.
639. Suv qabulqilgichning ostida 30 sm dan ortiq loy qatlami mavjud bo‘lsa, nasoslarning so‘ruvchi liniyalarini ta’mirlash to‘shamalarda turib bajarilishi kerak.
640. Muzlab qolgan nasos quvurlari va qabulqilgichlarini isitish uchun issiq suvdan foydalanilganda, xodimlar kuyib qolishiga qarshi choralar ko‘rilishi kerak.
641. Aylanadigan to‘rlar axlatdan va muzdan tozalanayotganda ishchilar to‘rdan bir metrdan kam bo‘lmagan masofada turishi kerak.
642. Suv quvurining napor liniyasini lyuk orqali ko‘rib chiqish uchun, quvurning uzilgan uchastkasida suv yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun, qopqoq gaykalarini asta-sekin burab olish kerak. Faqat shundan keyin lyuk qopqog‘ini to‘liq ochish mumkin.
Quvurni ko‘rib chiqishga, ko‘rib chiqilayotgan uchastka uzilishi, uni to‘liq bo‘shatilishi va quvurning yuqori nuqtalaridagi havo chiqargichlarini ochilishi sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
643. Suv olish inshootlarining keltiruvchi kanallaridan, ushbu inshootlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan suzuvchi vositalarini joylashtirish uchun foydalanish, shuningdek ushbu kanallarga ifloslangan oqova suvlarni tashlash man etiladi.
644. Napor quvurlarining galereyalari yetarli darajada yoritilgan bo‘lishi kerak. Quvurlar orasidagi o‘tish yo‘llarni to‘sib qo‘yish mumkin emas.
645. Ishlatilgan suvni daryoga (havzaga) tashlash zonasi daryo (havza) chegarasigacha to‘silgan bo‘lishi, qiyaliklari esa nishablash yoki chim bilan mustahkamlangan bo‘lishi kerak.
646. Suv ostida ishlar bajarilayotganda “G‘avvoslik ishlarida mehnat xavfsizligining yagona qoidalari”, rahbariy hujjat talablariga rioya qilish shart.
B. Sovutgich hovuzlar, sachratgich basseynlari va gradirnyalarni ekspluatatsiya qilish
647. Sovutgich hovuzlaridan suvni olish va tashlash, hamda uni tashlab yuborish joylarining yaqinida balandligi bir metrdan past bo‘lmagan to‘siqlar bo‘lishi, ularda cho‘milish man etilgani to‘g‘risida xavfsizlik belgilari osib qo‘yilishi shart.
648. Gradirnya perimetri bo‘yicha balandligi 1 m dan past bo‘lmagan to‘siqlar o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Tutqichlarda gradirnyada cho‘milishni man etadigan xavfsizlik belgilari osib qo‘yilgan bo‘lishi shart.
649. Gradirnya va sachratgich basseynlari hududidan suvlarni olib ketuvchi kyuvetlar ustidan xodimlar o‘tishi uchun tutqichli ko‘prikchalar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak, ularda qutqarish vositalari (bagorlar, Aleksandrov arqonlari va b.) mahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
650. Gradirnya ventilyatorlari to‘sib qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Ventilyatorning chiqish teshigiga yaqinlashish ilojisi bo‘lmasligi kerak. Ventilyator ishlab turganda uning diffuzoriga kirish man etiladi. Gradirnyani ko‘rib chiqish va joriy ta’mirlash davrida ventilyatorlar tarmoqdan uzilishi va stoporlanishi shart.
651. Soplolar orasidan sachratgich basseyni bo‘ylab o‘tish joylari toza holatda saqlanishi kerak. Muzlab qolgan ventillar va soplolarni muzdan ozod qilish ta’minlash liniyasi uzilgan holatda bajarilishi shart.
652. Sachratgich basseynlarida soplolarni vaqtinchalik ko‘prikchalarda turib tozalash kerak.
653. Sachratgich havzasini tozalashda band bo‘lgan ishchilar qo‘lqoplar va rezina etiklar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
654. Suv taqsimlash tizimini yoki gradirnya sachratgichining ichki qo‘rib chiqilishini kamida ikki ishchi bajarishi shart.
655. Gradirnyalarning to‘qish uchliklari, taryelkachalari va sachratish soplolarini hosil bo‘lgan cho‘kindilardan (loyqa, shlam, quyqalar va b.) tozalash uchun ularni echib olish, xlorid kislotasi yoki sulfat kislotasining 10 — 15 % li eritmasiga solib qo‘yish va undan keyin toza suv bilan yuvish kerak. Soplolar, taryelkachalar va uchliklarni tozalash ishlarini bajarayotgan xodimlar qo‘llanayotgan kislotalarning xususiyatlarini bilishlari kerak (mazkur Qoidalarning 15-ilovasi).
Ishlarni kislotadan himoyalangan matoli kiyimda, rezinalashtirilgan fartuklarda, rezina etiklarda, kislota va ishqorbardoshli rezina qo‘lqoplar va himoyalovchi qo‘zoynaklarda bajarish shart.
656. Gradirnyaning tortuvchi minorasi qoplamasini (yog‘och shchitlar va asbotsement listlar) almashtirish yuk ko‘taruvchi kran yoki lebedka va osma kajavalar yordamida amalga oshirilishi kerak, ular mazkur Qoidalarning III bobi 5-paragrafi talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Qismlarga ajratilayotgan yog‘och shchitlari yoki asbotsementli listlarni qabul qilinishi va yangilarining joylashtirilishi, suv taqsimlagich tizimining yuqori belgisi yuzasida o‘rnatilgan yog‘och to‘shamada amalga oshirilishi shart.
Tortib oluvchi quvur qoplamasi shchitlarini pastdan yuqoriga o‘rnatish zarur.
657. Ta’mirlash vaqtida almashtirilayotgan sachratgich elementlari va qoplamaning yog‘och shchitlari yuvilib ketmaydigan antiseptiklar (nordon mis xromati, misning xromat arsenati yoki misning ammiyakli arsenati) bilan ishlov berilgan bo‘lishi shart. Antiseptiklar bilan yog‘ochga ishlov berish ixtisoslashtirilgan zavodlarda bosim ostidagi avtoklavlarda amalga oshirilishi kerak.
658. Shchitlarni tayyorlash uchun qo‘llanadigan asbotsement listlari maxsus tayyorlangan sig‘imlarda, dastlab 95oC gacha qizdirilgan toshko‘mirli pek bilan shimdirilgan bo‘lishi kerak. Toshko‘mirli pek bilan ishlashda, peklarni tashish va ular bilan ishlaganda sanitariya qoidalarining talablariga rioya qilish kerak.
659. Suvga mis kuporosi bilan ishlov berilayotganda ishlovchilar ularning xususiyatlarini bilishlari shart; ular shaxsiy himoya vositalari: yopiq himoyalovchi ko‘zoynaklar, rezina qo‘lqoplar, ShB-1 “Lepestok”, “Astra-2” va boshqa raspiratorlar, bosh kiyimlari bilan ta’minlangan bo‘lishlari shart. Mis kuporosi bilan ishlagandan keyin dushda yuvinish kerak.