Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining


§ 5. Xlorator qurilmalariga xizmat ko‘rsatish



Download 0,58 Mb.
bet25/37
Sana02.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#311735
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Bog'liq
116 01.06.2009


§ 5. Xlorator qurilmalariga xizmat ko‘rsatish

660. Suv ta’minoti tizimida (suv quvurlari, gradirnyalar, turbina kandensatorlarining quvurchalari) biologik o‘sib ketishni oldini olish uchun sirkulatsion suvni xlorlash o‘tkazilishi zarur.

Qo‘llaniladigan sxemalarga binoan, xlorlash uchun ko‘pincha suyuq xlor va xlorli ohakdan foydalaniladi.

A. Suyuq xlor bilan ishlash

661. Suyuq xlor “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi talablarini qoniqtiradigan temir yo‘l sisternalari, konteyner-bochkalar va ballonlarda korxonaga yetkazib beriladi.

662. Suyuq xlorli konteyner-bochkalar va ballonlar kuchli ta’sir etuvchi moddalarni saqlash omborlari uchun sanitariya qoidalariga javob beruvchi omborlarning yopiq saqlaydigan joylarida saqlanishi kerak.

663. Suyuq xlor — qahrabo rangli, keskin bo‘g‘uvchi hidli, nafas olish yo‘llarini yallig‘lantiruvchi suyuqliqdir, yuqori toksiklikka ega. Odamning organizmiga ta’sir qilish darajasi bo‘yicha yuqori xavfli moddalar toifasiga kiradi (xavflilik yugassi-2).

664. Sisternalar va bochkalardan suyuq xlor sisterna yoki bochkalarda quruq havo bilan ortiqcha bosim yaratish yo‘li bilan tushirilishi kerak. Tushirish-quyish armaturalari zoldir turidagi tez harakat qiluvchi klapanlar bilan jihozlangan bo‘lishi shart.

Suyuq xlorni tushirib oluvchi xodimlar maxsus yo‘riqnomadan o‘tishlari kerak; ishchilar filtrlovchi gaz niqoblari bilan (avariya vaziyatlari uchun), himoyalovchi germetik ko‘zoynaklar, rezinali qo‘lqoplar va rezinalashtirilgan fartuklar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

665. Suyuq xlor bilan ishlashga faqat o‘qitilgan xodimlarga ijozat beriladi.

666. Xlorlash qurilmasi xonasining eshigida “Ehtiyot bo‘ling zaharli moddalar” va “Nafas olish organlarini himoyalovchi vositalarini qo‘llab ishlansin” deb yozilgan xavfsizlik belgilari bo‘lishi kerak.

Xodimlar xonaga kirishi oldidan, ventilatsiya ishga tushirilishi kerak.

667. Xlor ombori va xlorlash qurilmasi xonasida ushbu qurilmaga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarish va ochiq olovni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish man etiladi.

668. Ushbu xonalarda chekish man etiladi, chunki chekilganda xlorni sezish kamayadi va u bilan zaharlanish imkoni oshadi.

669. Xlor ombori xonalarida va xlorlash qurilmasida barcha ish joylari yo‘riqnomalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak, ularda xlor xususiyatlari va xlordan zaharlanishdan himoyalanish usullari, shuningdek, avariyaviy vaziyatlarda xodimlar harakati majburiy ifodalanishi kerak.

Xlorli ballonlarning tashqi yuzasi himoya rangiga va aylana bo‘yicha yashil rangli chiziq bilan bo‘yalishi kerak.

Suyuq xlorli konteyner-bochkalarning tashqi yuzalari ochiq kulrangga, himoya rangli farqlash chiziqlari bilan bo‘yalgan bo‘lishi kerak. Konteyner-bochkalarda yashil bo‘yoq bilan yozilgan “Xlor”, “Zaharli”, “Suyultirilgan gaz” yozuvlari bo‘lishi kerak.

670. Ish joylarida xlorni neytrallash uchun quyidagi miqdorda eritmalar bo‘lishi kerak: kamida 3 1 2% li giposulfit eritmasi va 3 1 0,5 % li ichish soda eritmasi, shuningdek toza lattalar, rezinali qo‘lqoplar, vazelin.

671. Xlorli ballonlarni tashish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar yonida V, M yoki BKF markali filtrlovchi gaz niqoblari bo‘lishi kerak.

672. Xlor oqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarda xodimlar gaz niqoblaridan foydalanishi majburiydir.

673. Xlor apparatlarini gaz bosimi ostida ta’mirlash man etiladi. Ularni ta’mirlash zarur bo‘lsa xlor uzatilishini to‘xtatish va uning qoldiqlarini dastlab ejektor bilan so‘rib olish shart.

674. Xlorator qurilmalarining uskunalari ta’mirlanishidan oldin issiq suv bilan jadallashtirib yuvish yo‘li bilan tozalanishi va xlor to‘liq chiqarib tashlanguncha quruq havo bilan puflanishi kerak.

675. Turli markali va uzunligidagi ballonlar kelib tushganda, ularni bir kollektorga ulash, ballon ostiga tagliklar quyish yoki biriktirish quvurchalarini keskin egish man etiladi.

676. Xlorator qurilmalarida xlorga suv tushishiga yo‘l qo‘ymaydigan quyidagi choralar ko‘rilishi kerak:

xlorni haydash uchun kompressordan kelayotgan havo quritilishi kerak;

gidravlik sinashdan keyin idishlar quritilishi kerak;

bo‘shatilgan idishlarda va xloro‘tkazgichlarda ortiqcha bosim saqlanishi kerak.

Ejektorlar uzilgandan keyin gaz liniyasiga suv tushishini oldini olish kerak.

677. Xlor sizib chiqish joylari quyidagilar bilan aniqlanishi mumkin:

gazoanalizator bilan;

sizib chiqish joyi muzlashidan;

ushlab ko‘rish bilan aniqlanadigan idishning past harorati bo‘yicha;

sizib chiqish joyiga nashatir spirti (ammiyak suvi) shimdirilgan paxtani yaqinlashtirilganda quyuq oq bulut paydo bo‘lishi bo‘yicha.

678. Sizib chiqish joylarini topish va ularni bartaraf etishni, gaz niqobda ishlovchi kamida ikki kishi bajarishi kerak, bunda ventilatsiya ulangan va xonadan chiqish eshiklari ochiq holda bo‘lishi kerak.

679. Xonada ko‘p bo‘lmagan miqdorda gaz sizib chiqsa ventilatsiya qo‘shilishi va eshiklar hamda oynalar ochilishi kerak. Yirik avariya sodir bo‘lganda va xonaga ko‘p miqdorda gaz tushganda, bulut tarqalishini cheklash uchun oynalar va eshiklar yopiq bo‘lishi kerak.

Bu holatda faqat avariyaviy oqish bartaraf etilgandan va xonada degazatsiya qilingandan keyin shamollatishni boshlash mumkin.

680. Xlorator qurilmalarining barcha xodimlari navbatchilik vaqtida o‘zi bilan soz va o‘lchami to‘g‘ri keladigan gaz niqobini olib yurishlari kerak. Boshqa vaqtlarda gaz niqobi yopilgan shaxsiy shkafda saqlanishi kerak.

681. Xlor omborlari xonalari va xlorlash qurilmasiga kirishda muhrlangan oynali qutida ko‘pchilikka to‘g‘ri keladigan o‘lchamli ikkita-to‘rtta zaxirali gaz niqoblari saqlanishi kerak.

682. Gaz niqoblarining filtrlovchi qutichalarini himoyalash xususiyatining vaqti grafik bo‘yicha har oyda kamida ikki marta aniqlanishi kerak. Tekshirish natijalari maxsus jurnalga yozib qo‘yilishi kerak.

Sanoat gaz niqoblari uchun filtrlovchi — yutuvchi korobkalar markasi, turi va tanitadigan rangi, Qoidalarning 16-ilovasida keltirilgan.

683. To‘satdan atmosferaga tarkibida ortiqcha xlor bo‘lgan gaz tushib qolganda, xodimlar nafas olish organlarini yordamchi himoya qilish shaxsiy vositasi sifatida, suvda ho‘llangan dasturmollar va kiyimning paxtali qismlaridan foydalanishlari kerak.

B. Xlorli ohak bilan ishlash

684. Xlorli ohak berkitilgan yog‘och bochkalarida yoki polietilenli qoplarda maxsus omborda, peshayvon tagida yoki shamollatiladigan sovuq xonada saqlanishi kerak.

685. Xlor ohakli bochkalar ombordan iste’mol qilinadigan joyga avtomoshinada, elektrokarda yoki dastakli aravachada yetkazilishi kerak. Xlor ohakli bochkalarni dumalatib tashish man etiladi.

686. Xlor ohakli bochkalar ochiladigan va ohakli sut tayyorlanadigan xona, bir soatda olti marta havoni almashtirilishini ta’minlovchi ventilatsiyaga ega bo‘lishi shart.

687. Xlor ohakli bochkalarni ochish uchun maxsus asboblardan foydalanish kerak, ular xlorli ohakning changi va erkin xlorni nafas organlariga tushish imkonini istisno qilishlari kerak (konserva turidagi kalitlar yoki uzaytirilgan dastakli udarnik tasviya etilishi mumkin).

688. Xlorlash yaxshi ventilatsiyalangan va yoritilgan alohida xonada amalga oshirilishi kerak.

Xona quruq bo‘lishi kerak. Polda suv yig‘ilib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

689. Ishlash joyiga xlor ohagini aravachada (bochkalarda) olib kelganda yetarli darajada keng va mustahkam to‘shamalar o‘rnatilishi zarur.

690. Xlor ohagi bilan ishlayotganda, uning to‘kilishiga va odamning terisiga va kiyimiga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

691. Xonada xlor ohakli ochiq bochkalarni, shuningdek, uning taralarini qoldirish man etiladi.

692. Xlor ohakli bochkalar o‘rnatilgan va uni so‘ndirish amalga oshirilayotgan xonada giposulfitning 5 — 10 % li eritmasi va ichish sodasi bo‘lishi kerak.

693. Polga to‘kilgan xlor ohagining ustidan sodali giposulfit eritmasini quyish va drenajga suv bilan yuvib tashlash kerak.

694. Xlor ohagi bilan ishlayotgan xodimlar, changga qarshi raspirator, paxta matoli kostyum, rezinalashtirilgan fartuk, himoyalovchi germetik ko‘zoynagi, rezina qo‘lqoplari va rezina poyabzalini kiyishi kerak. Nafas organlari uchun yordamchi shaxsiy himoyalash vositalari bo‘lib ko‘p qavatli doka bog‘lagichlari xizmat qilishi mumkin.

695. Ishlab turgan kishining badaniga xlor ohagi tushganda, ushbu uchastkani zudlik bilan sovun va suv bilan yuvish kerak, ular ish joyi yaqinida har doim bo‘lishi kerak.

696. Xlor ohagi bilan ishlovchilar ish tugatilgandan keyin dush ostida yuvinishi kerak.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish