7 -mavzu. Muhandis xodimlar shaxsining bilish faoliyatining psixologik tavsifi
(2 soat).
1.
Muhandis xodimlar shaxsining bilish faoliyatida diqqatning o’rni.
2.
Kasbiy faoliyat va xissiy bilish jarayonlari.
3.
Xotira tiplarining kasbiy faoliyat samaradorligidagi o’rni.
Psixik hodisalar
psixik holatlarni, psixik jarayonlarni va psixik
xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi tirik organizmning tashqi
olamni u yoki bu darajada aks ettirishi bilan bog‘liq bo‘lganligi
uchun ham bir
so‘z bilan ruhiy,
psixik hodisalar
deb ataladi. Psixik hodisalarning birinchisi
hisoblangan
psixik holatlar
deganda tashqi olamni aks ettirish va javob qaytarish
xususiyati, mexanizmlari tushuniladi. Masalan, bolalar
va kattalarning dunyoni
aks ettirishlari,sog‘lom yoki betob odamning aks ettirishi,bardam,tetik yoki
horg‘in, charchagan odamning aks ettirishi sifat xususiyatlari va holatlari bir-
biridan farq qiladi.
Psixik xususiyatlar
deganda odam - sub’ektning betakror, bir-
biridan farq qiladigan xususiyatlaritushuniladi.
Bunda asosan odamning
temperamenti, qobiliyati va xarakteri nazarda tutiladi. Psixik hodisalar ichida
psixik jarayonlar etakchi va asosiy mazmunni kasb etadi.
Psixik jarayonlar
tashqi olamni ongda aks ettirish,
unga javob
reaksiyalarini berish bilan bog‘liq jarayonlarning barchasini o‘z ichiga oladi.
Psixik jarayonlar signal yoki boshqaruv funksiyasini bajarib, sharoitga
moslashtirishga yoki javob reaksiyasini berishga xizmat qiladi.
Psixik jarayonlar o‘z navbatida bilish jarayonlari,
emotsional jarayonlar,
shaxsning irodaviy holatlari va shaxsning individual xususiyatlari deb
nomlangan qismlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Tashqi olamni aks ettirishda rol o‘ynaydigan jarayonlar deganda sezgi,
idrok, tafakkur,xayolni tushunamiz. Biroq boshqa psixik jarayonlar ham ta’sir
ko‘rsatadi.
Psixik jarayonlarda birinchi signallar tizimi bilan
bir qatorda odam uchun
xos bo‘lgan ikkinchi signallar tizimi ham ahamiyatlidir.
Xohlagan psixik jarayonning sodir bo‘lishi va davom etishi shunday bir
ruhiy hodisaga bog‘liqki u barcha jarayonlarda ishtirok etadi, uning
samaradorligiga ta’sir o‘tkazadi.
Bu diqqatdir.
Diqqat
ongning bir nuqtaga
qaratilishi bo‘lib, shaxsning faolligini hamda uning ob’ektiv borliqdagi narsa va
hodisalarga tanlovchi munosabatini ifodalaydi. Diqqat bo‘lmasa, aniq maqsadga
qaratilgan faoliyat ham bo‘lmaydi. Diqqatning uch turi bor: ixtiyorsiz, ixtiyoriy,
ixtiyoriydan so‘nggi diqqat turi. Diqqatning quyidagi xususiyatlari bor:
diqqat
ko‘lami, davomiyligi, taqsimlanishi, chalg‘ishi, ko‘chishi, mazmuni va b.