Elektr energetika



Download 3,58 Mb.
bet7/23
Sana01.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#284434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
Gidro rele labaratoriya uslubiy oxirgisi

Nazorat savollari

  1. Qanday elementlar saqlagichlar deb ataladi?

  2. Saqlagich qanday vazifani bajaradi?

  3. Elektromagnit prinsipga asosan qanday saqlagichlar qanday tayyorlanadi?

  4. Maksimal va minimal relelar bir-biridan nima bilan farq qiladi?



5-LABORATORIYA ISHI



ELEKTROMEXANIK TIPIDAGI RELE TURLARINI O‘RGANISH
Ishni bajarishdan maqsad: Rele himoyasi va avtomatikada ishlatiladigan vaqt, oraliq va ko‘rsatkich relelarning tuzilishi va ishlashi bilan tanishish; ularning asosiy xarakteristikalarini tekshirish.
NAZARIY TUSHUNCHALAR

Elektr energiyasini mexanik energiyaga yoki mexanik energiyani elektr energiyaga aylantiruvchi elementlarga elektromexanik elementlar deb ataladi. Rele himoyasi va avtomatikada elektromexanik elementlar tarkibiga kiruvchi elektromexanik relelar keng qo‘llanilmoqda.

Rele nazorat qilinayotgan obyekt rejimining buzilishni xarakterlovchi kattalik oldindan belgilangan qiymatga yetganda boshqarilayotgan zanjir holatini sakrab (keskin) o‘zgartirish uchun signal beradi. Masalan, kuch apparatlari ( viklyuchatellar)ga ta’sir qiladi.

Elektromexanik relelar elektromagnit, induksion va magnitoelektrik relelarga bo‘linadi. Elektromexanik relelarning asosiy elementlari kontaktlari va cho‘lg‘amlariga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar:



  • Relelarning kontaktlari ular boshqarayotgan zanjirlardagi tokni ishonchli uzish va ulashga hamda yetarli darajada ko‘p marotaba ishlashga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak;

  • Relening cho‘lg‘ami uzoq va qisqa vaqt davomida ruxsat etiladigan tok o‘tganda yoki unga ruxsat etiladigan kuchlanish berilganda termik turg‘unlikka ega bo‘lishi kerak.

Elektromagnit prinsipda, asosan, uch turdagi relelar tayyorlanadi: tortiluvchi yakorli, buriluvchi yakorli va ko‘ndalang harakatlanuvchi yakorli.

Hamma turdagi elektromagnit relelar (1.6-rasm) magnit o‘zak 1, chulg‘am 6, harakatlanuvchi yakor 2, harakatlanuvchi kontakt 4, harakatlanmaydigan kontakt 3, qarshilik ko‘rsatuvchi prujina 5 dan iborat.

Chulg‘amdan o‘tayogan Ir tok magnitlovchi kuch (m.s) Ir wr ni hosil qiladi, uning ta’siri ostida hosil bo‘luvchi F magnit oqimi elektromagnit o‘zagi 1, havoli oraliq  va harakatlanuvchi yakor 2 orqali o‘tadi. Yakor magnitlanadi va elektromagnit qutbiga tortiladi. YAkor bilan birgalikda harakatlanuvchi kontakt 4 siljib harakatlanmaydigan kontaklar 3 ni ulaydi. Yakorning boshlang‘ich holati tayanch bilan chegaralanadi.

YAkorni tortuvchi elektromagnit kuch havoli oraliqdagi magnit oqimi F ning kvadratiga proporsional, F = kF2 . Magnit oqim

F=Ir wr/Rm,

bu yerda Ir - cho‘lg‘amdan o‘tayotgan tok, wr - o‘ramlar soni, Rm - magnit qarshilik.



5.1-rasm. Elektromagnit relelar.

Elektromagnit kuch Fe=kw2I2/R2, tokning kvadratiga proporsional, ya’ni tokning yo‘nalishi (ishorasi)ga bog‘liq emas. Shu sababli elektromagnit prinsip ham o‘zgarmas ham o‘zgaruvchan tok relelarini tayyorlash uchun yaroqli. Elektromagnit prinsipda ishlaydigan tok, kuchlanish, oraliq, signal va vaqt relelari tayyorlanadi.

Elektromagnit kuch Fe aylantiruvchi moment Me ni hosil qiladi

Me =Fe Lr ,

bu yerda Lr - Fe kuchning yelkasi.

Rele ishlashi uchun elektromagnit kuch prujinaning qarshilik kuchi Fn, massa va ishqalanish kuchi Fu lardan katta bo‘lishi kerak, ya’ni

Fe=Fe.r.u.=Fn+Fu yoki Me= Me.r.u=Mn+Mu.

Rele ishlaydigan eng kichkina tokka rele ishga tushish toki deb ataladi va u Iri bilan belgilanadi.

Rele ishga tushish tokini o‘zgartirish uchun rele cho‘lg‘amidagi o‘ramlar soni Wr ni, prujinaning qarshilik kuchi Fn ni yoki magnit qarshilik Rmni o‘zgartirish uchun havoli oraliqning o‘lchami  o‘zgartiriladi .

Relening ishlash toki amaliyotda prujinani sozlash yo‘li bilan silliq va o‘ramlar sonini o‘zgartirish yo‘li bilan pog‘onali o‘zgartiriladi .

Rele ishlangandan keyin dastlabki holatiga qaytadigan cho‘lg‘amdagi eng katta tokka relening qaytish toki deyiladi va Irq bilan belgilanadi .

Relening qaytish koeffisiyenti deb qaytish tokining ishlash tokiga nisbatiga aytiladi va Kq bilan belgilanadi.

Kq=Irq/Iri

Relelar maksimal yoki minimal bo‘lishi mumkin. Tok ortganda ishlaydigan rele maksimal rele va tok kamayganda ishlaydigan rele minimal rele deb ataladi. Minimal relening yakori normal holatda tortilgan bo‘ladi.

Minimal relening ishlash toki deb yakor qaytadigan eng katta tokka, qaytish toki deb esa yakor tortiladigan eng kichkina tokka aytiladi. Maksimal relening qaytish koeffisiyenti Kq < 1, minimal relening qaytish koeffisiyenti esa Kq > 1 bo‘ladi.


Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish