O’LCHOV TRANSFORMATORLARINING TARMOQQA ULANISH SXEMALARI BILAN TANISHISH
Ishni bajarishdan maqsad: Rele himoyasi va avtomatikada ishlatiladigan vaqt, oraliq va ko‘rsatkich relelarning tuzilishi va ishlashi bilan tanishish; ularning asosiy xarakteristikalarini tekshirish
NAZARIY QISM
Rele himoyasi qurilmalari o‘lchovchi, mantiqiy va ijro etuvchi qismlardan iborat. Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida rele himoyasining o‘lchovchi qismiga tok va kuchlanish o‘lchash transformatorlari, jumladan, tok va kuchlanish transformatorlari yordamida keltiriladi.
O’lchash transformatorlarining vazifalari quyidagilar: rele himoyasining o‘lchovchi qismini va o‘lchash priborlarini yuqori kuchlanishli birlamchi zanjirdan golvanik ajratish; nominal birlamchi kuchlanish va tokning qiymatidan qat’iy nazar standart ikkilamchi kuchlanish va tok hosil qilish. Amaliyot natijalari va ularning tahlili shuni ko‘rsatadiki, rele himoyasi qurilmalarini ta’minlovchi tok transformatorlarining xatoligi, ularning birlamchi cho‘lg‘amidan o‘tish ehtimoli bo‘lgan maksimal qisqa tutashuv toklari o‘tgan vaqtda ham, tok bo‘yicha 10% dan va burchak bo‘yicha 7° dan katta bo‘lmasligi kerak. Tok transformatorlari 0,5;1;3;10 va R aniqlik klasslarida tayyorlanadi.
3.1-rasm. O‘lchov transformatorlarining tuzilishi va konstruksiyalari.
Aniqlik klasslari rele himoyasini ta’minlovchi tok transformatorlarini tanlash uchun asos bo‘lib xizmat qila olmaydi. Chunki, ular ko‘rsatilgan aniqlik klassini birlamchi tok va yuklama nominalgacha bo‘lganida ta’minlaydi. Maxsus rele himoyasi uchun R aniqlik klassdagi tok transformatorlari tayyorlanadi. Himoyalanayotgan obyektning yuklama toki, kuchlanishi va rele himoyasining turiga asosan tok transformatorlari tanlanadi. Katta birlamchi toklarda aniq ishlashi talab qilinadigan himoyalar masalan, differensial himoya uchun R aniqlik klassdagi tok transformatorlari va nisbatan kichik birlamchi toklarda aniq ishlashi talab qilinadigan himoyalar uchun 1,3 va 10 aniqlik klassiga ega bo‘lgan tok transformatorlari tanlanadi.
3.2-rasm. Tok transformatorlarining ulanish sxemasi.
ISH BO’YIChA HISOBOT:
Hisobotda quyidagilar keltiriladi:
1). Ishni bajarishdan maqsad;
2). Foydalanilgan relelarning pasport ma’lumotlar;
3). Tajriba sxemalari va tajriba natijalari keltirilgan jadvallar;
4). Xulosa.
NAZORAT UChUN SAVOLLAR:
Qanday relelar yordamchi relelarga kiradi?
Yordamchi relelarning vazifalarini tushuntiring.
3. Kuchlanishi 110 V o‘zgarmas tokka mo‘ljallangan oraliq elektromagnit releni 110 V kuchlanishli o‘zgaruvchan tok zanjiriga ulanganda qanday ishlaydi?
4. Kuchlanishi 110 V o‘zgarmas tokka mo‘ljallangan tok rele bor. Uni kuchlanishi 220 V o‘zgarmas tok zanjirida ishlatish kerak. Buni qanday yo‘l bilan amalga oshirish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |