Nazorat savollari
Qanday elementlar elektromexanik elementlar deb ataladi?
Rele qanday vazifani bajaradi?
Elektromagnit relelarning cho‘lg‘amlari va kontaktlari qo‘yiladigan asosiy talablar.
Elektromagnit prinsipga asosan qanday relelar tayyorlanadi?
Maksimal va minimal relelar bir-biridan nima bilan farq qiladi?
6-LABORATORIYA ISHI
RT-40 TURDAGI ELEKTROMAGNIT TOK RELELARINI SINASH
Ishni bajarishdan maqsad: rele himoyasi va avtomatikada ishlatiladigan vaqt, oraliq va ko‘rsatkich relelarning tuzilishi va ishlashi bilan tanishish; ularning asosiy xarakteristikalarini tekshirish.
NAZARIY TUSHUNCHALAR
tok
transformatoriTok transformatorlarida bo‘ladigan yukni kamaytirish uchun tok relelari iloji boricha kam quvvat iste’mol qilishlari kerak. Tok relelarining chulg‘amlaridagi Yuklama tokining uzoq vaqt o‘tishiga, qisqa tutshuv tokining qisqa vaqt ichida o‘tishiga moslab hisob bo‘lishi kerak.
Relening ishlash toki prujinaning tortish kuchini o‘zgartirish bilan tekis o‘zgartiriladi. Relening chulg‘ami 2 ta seksiyadan iborat, bu seksiyalarni parallel va ketma-ket ulash hisobiga ishlash tokining chegarasini 4 marotaba o‘zgartirish imkonini beradi. ET-520 va shu markali relelarga nisbatan RT-40 relelarda kontakt sistemasi yaxshilangan va teskari ta’sir qiluvchi moment oshirilgan. Buning natijasida rele iste’mol qiladigan quvvat katta. Kichik ustavkalarda RT-40 relesining har xil sezgirliklarida istem’ol qilayotgan quvvat miqdori 0,2 dan 8 VA gacha o‘zgaradi.
6.1 – rasm. RT-40 relesining: a) relening tuzilishi; b) qo‘zg‘almas kontaktlar bilan izolyasiyali kolodka; d) rostlovchi tugun; e) kontaktning tuzulishi; 1- temir o‘zak; 2 – o‘ramlardan iborat bo‘lgan cho‘lg‘am; 3 – yakor; 4 – spiral prujina; 5 – qo‘zg‘aluvchan kontakt; 6 – chap tayanch; 7 – o‘ng juft kontaktlar; 8 – chap juft kontaktlar; 9 – izolyasiyali kolodka; 10 – prujina tutqichi; 11 – shakldor vint; 12 –olti qirrali vtulka; 13 – o‘rnatmalar shkalasi; 14 – o‘rnatma ko‘rsatkichi; 15 – Yuqori YArim o‘q; 16 – quyro‘q; 17 – shakldor plastinka; 18 – prujinalovchi shayba; 19 – kumush tasma bronzali plastinka; 20 – old tayanch; 21 – ort egiluvchan tayanch; 22 – tebranishlarni so‘ndirgich; 23 – alyumin ustun.
ISHNI BAJARISH TARTIBI
1. Sinash uchun mo‘ljallangan tok relelarining tuzilishi bilan tanishing va ularning pasport malumotlarini ko‘chirib oling. O’zgarmas tok zanjirlarida qo‘llaniladigan RT-40 seriyasidagi va o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatiladigan RT-40 seriyasidagi tok relelari bir–biridan nimalar bilan farq qilishini ko‘rib chiqing.
2. Tok relesini sinash uchun 1–rasmda ko‘rsatilgan sxemani yig‘ing.
3. Tok relesining ishga tushish kuchlanishini toping (relening yakori tortiladigan eng kichkina kuchlanish).
4. Tok relesining cho‘lg‘amiga nominal kuchlanish berib, 10 marta relening ishlash vaqtini o‘lchang:
a). Rele shkalasidagi eng katta vaqt uchun;
b). Rele shkalasidagi eng kichik vaqt uchun;
v). Berilgan vaqt o‘rnatmasi uchun;
Olingan natijalarni 1–jadvalga yozing:
Zavod №_____ bo‘lgan __________ tipidagi vaqt relesining ishlash vaqtini o‘lchash natijalari. Relega ____________ V kuchlanish keltirilgan:
1–jadval
SHkala bo‘yicha o‘rnatma, sek
|
Tajribaning tartib raqamlari
|
Xatolik
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
1
|
|
S
|
|
Eng katta, s
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Eng kichik, s
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Berilgan, s
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6.2-rasm. Tok relesining ko‘rinishi.
5. Nominal kuchlanishda vaqt relesi iste’mol qiladigan quvvatni aniqlang, buning uchun relening cho‘lg‘amiga ketma–ket milliampermetr ulanishi kerak.
6. Tok relesining ishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqaring.
7. Cinash uchun mo‘ljallangan oraliq relelarning tuzilish bilan tanishing va ularning pasport malumotlarini ko‘chirib oling.
ISH BO’YIChA HISOBOT:
Hisobotda quyidagilar keltiriladi:
1). Ishni bajarishdan maqsad;
2). Foydalanilgan relelarning pasport ma’lumotlar;
3). Tajriba sxemalari va tajriba natijalari keltirilgan jadvallar;
4). Xulosa.
NAZORAT UChUN SAVOLLAR:
Qanday relelar yordamchi relelarga kiradi?
Yordamchi relelarning vazifalarini tushuntiring.
3. Kuchlanishi 110 V o‘zgarmas tokka mo‘ljallangan oraliq elektromagnit releni 110 V kuchlanishli o‘zgaruvchan tok zanjiriga ulanganda qanday ishlaydi?
4. Kuchlanishi 110 V o‘zgarmas tokka mo‘ljallangan tok rele bor. Uni kuchlanishi 220 V o‘zgarmas tok zanjirida ishlatish kerak. Buni qanday yo‘l bilan amalga oshirish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |