TOK TRANSFORMATORLARI VA RELELARNING ULANISH SXEMALARINI TEKSHIRISH.
Ishning maqsadi: RN tipli relelarining ishlash prinsipi va uning asosiy elementlari bilan tanishish.
NAZARIY QISM
Tok transformatorlari (TA) o‘lchov asboblari va himoya apparatlarini yuqori kuchlanish zanjiridan izolyatsiya qilish uchun va himoya zanjirini tarmoqdagi tok bilan ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Tok transformatori nazorat qilinayotgan zanjirga xuddi ampermetr ulagandek, ketma-ket ulanadi (4.1-rasm). Ikkilamchi chulg‘amlariga ampermetr, o‘lchov asboblarining va himoya apparatlarining tok zanjirlari ulanadi.Almashtirish sxemasi va vektor dia- grammada quyidagilar qabul qilingan: birlamchi tok I1 va birlamchi chulg‘am W1 qarshiligi ikkilamchi chulg‘am W2 o‘ramlar soniga keltirilgan va bunda ikkilamchi chulg‘amdagi tokning vektori I2 o‘zining haqiqiy yo‘nalishidan 180° ga burilgan (13.1-rasm).
Tok transformatorlarining ishi magnitlovchi kuchning (M.K.) tenglamasi bilan xarakterlanadi. U tenglamaga asosan birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar hosil qilgan M.K.lar yig‘indisi asosiy magnit oqimi Ft hosil qilgan ImagW1 gateng.
I1 ∙W1 + I 2 ∙W2 =I mag ∙W1
Magnitlovchi tok Imag= 0 bo‘lganda, ikkilamchi tok I2=I1/nt ga teng, bu yerda: nT =W2/W1 – tok transformatori chulg‘amlarining soni nisbati bo‘yicha aniqlangan transformatsiya koeffitsiyenti.
Shunday qilib, magnitlovchi tok hisobga olinmaganda, tok transformatorlari ideal, xatosiz ishlaydi. Bunda uning ikkilamchi toki birlamchi tokining transformatsiya koeffitsiyenti nt bo‘linganiga teng va ikkilamchi tok birlamchi tokdan 180° ga faza bo‘yicha farq qiladi.
Haqiqiy magnitlovchi tok hyech qachon nolga teng bo‘lmaydi. Buni hisobga olgan holda ikkilamchi tok quyidagicha topiladi:
Bu formuladan kelib chiqadiki, xaqiqiy ikkilamchi tok hisoblab topilgan qiymatdan farq qiladi. Bu farq Imag/nt ga teng. Imag tok ikkilamchi tokning miqdorini va fazasini o‘zgartiradi.
Shunday qilib, magnitlovchi tokning ishtirok etganligi tufayli tok transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amiga birlamchi tokning faqat bir qismigina transformatsiyalanadi, ya’ni tok transformatorining ishida xatolik paydo bo‘ladi.Almashtirish sxemasida birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘am orasidagi magnit bog‘lanish elektr bog‘lanish bilan almashtirilgan va birlamchi tomonning barcha kattaliklari ikkilamchi cho‘lg‘amlar soniga keltirilgan.
Tok kattaligining xatosi ikkilamchi tokning qiymatiga asosan foizda o‘lchanadi. δburchak bo‘yicha xatoliklar gradus va minutlarda o‘lchanadi.