11-Laboratoriya ishi RT-80 TURIDAGI INDUKSION RELELARNI SINASH
Ishning maqsadi: RT-80 ning ishlash prinsipi va uning asosiy elementlari relesi bilan tanishish
NAZARIY QISM
11.1-rasmda induksion relelarning yasalish tamoili ko‘rsatilgan. Rele ikki magnit oqim FI va FII ning magnit maydoni ta’sirida harakatlanuvchi qism 3 dan iborat. Magnit oqimlar qo‘zg‘almas elektr magnitlar 1 va 2 ning chulg‘amida tok oqishi natijasida yuzaga keladi. Harakatlanuvchi qism mis yoki alyuminiydan yasalgan va o‘qga maxkamlangan aylanuvchi disk yoki silindr shaklida tayyorlanadi. Soat strelkasiga teskari harakatlangan qism (disk) prujina 5 ni kuchini engib, kontaktlar 4 ni ulaydi. Chulg‘amlar 1 va 2 dan FI va FII magnit oqimlar hosil qiluvchi (3.16-rasm) o‘zgaruvchan sinusoidal I1 va I2 toklar oqadi. Magnitlashga sarf bo‘lgan yo‘qolishlarni hisobga olmasak, FI va FII oqimlar fazalari bo‘yicha ularni hosil qiluvchi toklar bilan mos keladi, bu 3.17-rasmdagi vektor diagrammada ko‘rsatilgan. Harakatlanuvchi qism 3 ga singib FI oqim unda Fd1=dFIF/dt e.yu.k. ni hosil qiladi. Induksiya qonuniga asosan hosil qilingan e.yu.k. uni hosil qiluvchi magnit oqimlardan faza bo‘yicha 90˚ ga orqada qoladi.
11.1-rasm. Induksion relelarning tuzilishi.
Ed1 va Ed2 e.yu.k lar ta’siri ostida harakatlanuvchi qismda Id1 va Id2 uyurma toklar hosil bo‘ladi. Bu toklar ularni induksiyalovchi magnit oqimlar o‘qi atrofida oqib tutashadilar. ID1 va ID2 toklarning musbat yo‘nalishlari FI va FII oqimlarning musbat yo‘nalishlari asosida “parma” qoidasi bo‘yicha aniqlanadi (3.16-rasm). Uyurma toklar konturi induktiv qarshiligining kichikligi natijasida ularning yo‘nalishlari e.yu.k. larga mos qilib olinadi. Ko‘rilayotgan konstruksiyada FI oqim va Iv2 tok, FII oqim va Iv1 toklarning o‘zaro ta’siri natijasida FeI va Fe2 kuchlar hosil bo‘ladi.
Ma’lumki, magnit oqim bilan u hosil qilgan tokning konturi orasidagi ta’sir kuchi magnit oqimining bir tekis magnit maydon hosil qilish shartiga asosan nolga teng. SHuning uchun FI va Id1, FII va Id2 kattaliklar orasida o‘zaro ta’sir kuchi kuzatilmaydi. Fe1 va Fe2 kuchlarning yo‘nalishlari oqim va toklarning musbat qiymatlari uchun “chap qo‘l” qoidasi bo‘yicha aniqlanadi (3.17-rasm). Har bir
kuchning yo‘nalishi va ishorasi magnit oqim va u bilan ta’sirlashayotgan tok ID1 ning oralaridagi fazalar burilish burchagi bilan aniqlanadi. Fe1 va Fe2 kuchlar natijalovchi elektr magnit kuch Fe hosil qiladilar va bu natijalovchi kuch Fe1 va Fe2 ning algebraik yig‘indisi tarzida aniqlanadi.
Fe=Fe1+Fe2
Natijalovchi kuch Fe aylanuvchi moment Me=Fed ni hosil qiladi, bu yerda d- Fe kuchning yelkasi. Elektr magnit kuch va moment (Fe va Me) ta’sirida, Me ning ishorasiga bog‘liq ravishda rele kontakti 4 ni qo‘shadi yoki uzadi.
Xulosa qilib aytganda, induksion relelarning ishlashi ikki magnit oqimining reledagi harakatlanuvchi qismda induksiyalanuvchi toklar bilan o‘zaro ta’siriga asoslangan.
Ishni bajarish tartibi
Stenddagi o‘chiq xoldaligini tekshiring.
Stendni ishga tushirib sekundamerga belgilang.
Stenddagi diot lampalar bo‘yicha tizim ishlayotganini aniqlang.
Ximoya ishga tushib ketishiga ketgan vaqtni aniqlang va quyidagi jadvalga yozing.
Nazorat savollari
1-Ulanish sxemalari xakida gapirib bering
2-Asosiy relelar kaysi relelar
3-Kushimcha relelar kaysi relelar
Do'stlaringiz bilan baham: |