14-LABORATORIYA ISHI TO’LIQ YULDUZ SXEMASI
Ishning maqsadi: To‘liq yulduzli RNT tipli relelarining ishlash prinsipi va uning asosiy elementlari bilan tanishish.
NAZARIY QISM
Tok transformatorlarining ulanish sxemalari tarmoqning nominal kuchlanishiga qarab turli guruxlarga bo‘linishi mummin. maqsadi Oqim transformatorining birlamchi cho‘lg‘ami yuqori kuchlanishli liniya xisoblanadi, ikkilamchi cho‘lg‘ami esa ikkkilamchi tarmoqqa manba vazifasida ishlatiladi.
Tok transformatorlari aniqlik darajalariga asosan guruhlarga (klass) bo‘linadi. Har bir daraja ruxsat berilgan xatolik kattaliklari bilan xarakterlanadi. Bu xatoliklar o‘lchov uskunalarining aniq ishlashiga ta’sir qiladi.
Sanoat qurilmalari uchun 0,5;1; 3 va D xatolik darajalariga mos tok transformatorlari tayyorlanadi.
D darajali tok transformatorlari differensial himoyalar uchun mo‘ljallangan va ularning xatoliklari nominal tokda normalangan. Tok transformatorlarining ma’lum bir darajadagi xatoliklar bilan ishlashlari nominal tokdan 120% farq qiladi.
Odatda nominal quvvat nominal ikkilamchi tok (5 yoki 1A) yoki ikkilamchi yukning qarshiligi xarakterlanadi.
Tajribalar va nazariy tahlil asosida aytish mumkinki, ko‘pchilik himoyalar tok bo‘yicha 10% gacha, burchak bo‘yicha 7° xatolikka ruxsat beriladi.
Tok transformatorlarini ishlab chiqarish paytida ularning birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlarini chiqishlari shunday belgilanadiki, bunda birlamchi tokning yo‘nalishi bo‘yicha ikkilamchi tokning yo‘nalishini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Birlamchi chulg‘amning chiqishlari ixtiyoriy belgilanishi mumkin: ulardan biri boshlanish (L1), ikkilamchi esa chulg‘amning oxiri (L2) deb hisoblash mumkin. (3.1- rasm).
14.1-rasm. To‘liq yulduz sxemasining umumiy ko‘rinishi.
Tok transformatorlarining yukini kamaytirish uchun ikkita tok trans- formatorini ketma-ket ulash mumkin, ya’ni ular bir fazada o‘rnatiladi va bir xil Kt transformatsiya koeffitsiyentiga ega bo‘ladi.
Tok transformatori TA ning ikkilamchi chulg‘amini uzish mumkin emas, chunki I2=0 bo‘lsa, hamma birlamchi tok magnitlovchi tokka aylanib qoladi. Bu esa oqim Ôt ni oshishiga sabab bo‘ladi, natijada katta oqimga proporsional E2 hosil bo‘ladi, uning qiymati 1,5 kV gacha yetadi, natijada izolyatsiya teshilishi mumkin, bu esa qisqa tutashuvga olib keladi. Katta oqim ta’sirida po‘lat o‘zak qizib, kengayib ketadi.
Ikkilamchi chulg‘amdagi yukning miqdori tok transformatorining xatoligiga ta’sir etadi. ZYu kam bo‘lgani sari o‘lchov aniqlashadi. Xulosa qilib aytganda, TA ning normal ish holati qisqa tutashuv rejimiga yaqin.
Nazorat savollari
Ulanish sxemalari xakida gapirib bering
Asosiy relelar kaysi relelar
Kushimcha relelar kaysi relelar
Do'stlaringiz bilan baham: |