12-MAVZU: ELEKTR TOKI.
1. Elektr toki. Tokning kuchi va zichligi.
2. Elektr tokining mavjud bo„lish shartlari.
3. Elektr yurituvchi kuch (E.Yu.K), kuchlanish, elektr qarshiligi.
4. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni.
5. Bir jinsli bo„lmagan zanjirning qismi uchun Om qonuni.
6. Kirxgof qoidalari.
7. Tokning bajargan ishi. Joul – Lens qonuni.
8. Metallarda elektr toki.
9. Gazlarda elektr toki.
Elektr toki. Elektr zaryadlarining tartibli harakati
elektr toki deb ataladi.
Musbat zaryadlarning harakat yo„nalishi elektr tokining yo„nalishi deb hisoblanadi.
Tok kuchi – elektr tokining
o„lchov miqdoridir – berilgan yuzadan
kichik vaqt oraligida ko„chirilgan dq
zaryadning shu dt vaqt oraligi nisbatiga
teng bo„lgan fizik kattalikdir.