Tadqiqot ob’ekti: Tadqiqot akademik litseylar va kasb hunar kollejlari sharoitida o`tkaziladi. Shu tufayli akademik litseylar va kasb hunar kollejlariida fizika ta’limi jarayoni tadqiqot ob’ekti sifatida qaraldi.
Tadqiqot predmeti: Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida fizikadan nazariy mashg’ulotlarini o`tkazishda texnologik yondashuv uslublari, shakllari, pedagogik shart-sharoitlari..
BMI maqsadi: Akademik litseylar va kasb hunar kollejlari fizika ta’limini takomillashtirishda noan’anaviy o`qitish metodlaridan foydalanishning nazariy metodik asoslari, fizika ta’limining umumiy maqsadlariga mos keladigan metodlarni tadqiq etish.
Tadqiqot ishining metodologik asosi esa birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning ta’lim tizimini rivojlantirishga oid Farmonlari, O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Respublikamizda qabul qilingan «Fan va texnologiyalarni ustuvor yo`nalishlari», ta’lim tarbiya metodologiyasi, mavzuga doir ilmiy-metodik, psixologik va pedagogik adabiyotlar.
Akademik litseylar va kasb hunar kollejlari fizika ta’limi mazmunini takomillashtirish, noan’anaviy o`qitish vositalaridan foydalanish quyidagi ilmiy farazni nazariy va amaliy isbotlashga qaratiladi.
-Shu sohaga tegishli o`quv adabiyotlari tahlil qilinsa;
-Akademik litseylar va kasb hunar kollejlari fizika fani dasturi va darsliklardagi mavzularga mos noan’anaviy o`qitish vositalari va ulardan foydalanish imkoniyatlari aniqlansa;
-O`quv jarayonining mazmunan takomillashuviga, dars samaradorligini oshirishga shart-sharoit yaratilsa;
- Noan’anaviy o`qitish metodikasi ishlab chiqilsa;
- O`quv materiallari tanlansa va shakllari aniqlansa;
o`quvchilarning mustaqil fikrlashlari, mustaqil ta’lim olish qobiliyatlari rivojlanadi hayotga tayyorgarlik darajasi oshadi.
Mazkur muammoni hal etishda respublikamiz ta’lim tizimida noan’anaviy o`qitish metodlaridan foydalanishga doir psixologik, pedagogik, didaktik adabiyotlarni o`rganish; akademik litseylar va kasb hunar kollejlari fizika o`quv dasturi, darslik va o`quv qo`llanmalarini tahlil qilish; fizika ta’limi mazmunini noan’anaviy o`qitish metodlari yordamida takomillashtirish borasidagi shaxsiy tadqiqot ishlarini xulosalash ishlari bajarildi, shu bilan birga:
Fizika ta’limini takomillashtirishda noan’anaviy o`qitish metodlaridan foydalanishning didaktik asoslari aniqlandi;
Fizika ta’limi mazmunini noan’anaviy o`qitish metodlari asosida takomillashtirish va samaradorligini oshirishni o`qitish metodikasi ishlab chiqildi;
Fizika ta’limida noan’anaviy o`qitish metodlaridan foydalanish bo`yicha metodik tavsiyalar tayyorlandi.
Fizika ta’limi mazmuni noan’anaviy o`qitish metodlari, har xil zamonaviy texnologiyalari asosida takomillashtiriladi, mazmunan boyitiladi, yangiliklarni fizika ta’limiga tatbiq etishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |