O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI Fizika –texnika fakulteti
“Fizika” kafedrasi SHahobiddinova Muhayyo Madaminjon qizining “Elektr bo’limini o’qitishda loyihaviy ta’lim texnologiyasidan foydalanish ”. KURS ISHI
FARG’ON-2022 MUNDARIJA Kirish………………………………………………………………………..3
I BOB. PEDAGOGIK JARAYONNI LOYIHALASHTIRISH………..9
1.1.Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasining umumiy mohiyati……….........................................................................................................9
1.2. Ta’lim jarayonini loyihalash bosqichlari……………………………....15
1.3. Loyihaviy ta’lim texnologiyasi mazmun mohiyati………………….....22
II BOB. “ELEKTR” BO`LIMINI O`TISHDA LOYIHAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH BO`YICHA USLUBIY TAVSIYALAR…………………………………………………………………29
2.1 Elektr tokining inson organizmiga tasiri o`quv loyihasi……………...29
2.2 Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning iqtisodiy jihatlari bo`yicha loyiha topshirig`i……………………………………………………...37
XOTIMA…………………………………………………………………52 Foydalanilgan adabiyodlar……………………………………….……..53
Kirish Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko`tarilib, o`quvghi yoshlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo`lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg’ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g’risida’’gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ning maqsad va vazifalari hayotga izchil joriy etilishi natijasida yurtimizda 1 ming 500 dan ziyod o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari barpo etildi. Mamlakatimizdagi 1411 ta kasb-hunar kollejlarida yoshlarimiz bir nechta ixtisoslik bo`yicha zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallab kelmoqda.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari qoshida 144 ta akademik litsey tashkil etilgan bo`lib, ularda aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar hamda
madaniyat va san’at yo`nalishlari bo`yicha, yangi pedagogik va informatsion texnologiyalar asosida zamonaviy o`quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlangan kabinetlarda yosh avlodga puxta bilim berilmoqda. Ushbu maskanlarni har yili o`rtacha 35 ming nafar yigit-qiz bitirib chiqmoqda.
Akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik, iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o`qishga kirish natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi ishlarning qoniqarli emasligini ko`rsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik litseylar sonini optimallashtirish, ulardagi ta’lim sifatini oshirish va mazmunini yangilash, ularni bitirib chiqayotgan yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga o`qishga kirish ko`rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo`yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo bo`lmoqda.[2]
Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g’risida»gi 2829- sonli qarori 14-mart 2017 yilda qabul qilindi. Ushbu qaror akademik litseylarda o`quv jarayonining sifati va samaradorligini oshirish, bu maskanlarda ta’lim berish uchun umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini saralab olish, yoshlarning o`zlari tanlagan kasb va mutaxassisliklarni egallashga bo`lgan orzu-intilishlariga erishmog’i uchun yanada keng sharoitlar yaratish kabi aniq maqsadlarga yo`naltirilgan bo`lib, unda quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirish ko`zda tutilgan:
bugungi kunda moddiy-texnik va o`quv-metodik bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan 4 ta akademik litsey faoliyati tugatiladi hamda oliy ta’lim muassasalaridan uzoqda joylashgan, ta’lim sifati va bitiruvchilarining institut va universitetlarga o`qishga kirish ko`rsatkichlari past bo`lgan 54 ta akademik litsey bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantiriladi;
investitsiya dasturi loyihasi va qurilishlarning manzilli ro`yxatlarini shakllantirishda akademik litseylar negizida tashkil etiladigan kasb-hunar kollejlari uchun yangi o`quv ustaxonalari qurish uchun mablag’lar ajratishga alohida e’tibor qaratiladi;
kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning 2 va 3-bosqich o`quvchilari o`qishni tugatgach, yaqin hududda joylashgan, ta’lim yo`nalishi o`xshash bo`lgan akademik litseylarda yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi va davlat namunasidagi akademik litsey bitiruvchisi diplomini oladi;
oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali professor-o`qituvchilarini akademik litseylarda dars berishga kengroq jalb qilish maqsadida akademik litseylardagi o`qituvchilik faoliyatiga soatbay haq to`lash miqdori oliy ta’lim muassasalarida mehnatga soatbay haq to`lash miqdoriga tenglashtiriladi;
ta’limning uzluksizlik va uzviylik tamoyillariga rioya qilgan holda iqtidorli o`quvchilar bilan ish olib borish doirasida ayrim fanlar chuqur o`qitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari bilan akademik litseylar o`rtasida o`zaro ta’sirchan hamkorlik mexanizmi yo`lga qo`yiladi.[3]
Akademik litseylarda ta’lim sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga ilg’or pedagogik usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va multimedia taqdimotlarini keng tatbiq qilish va buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
o`quv guruhlari tarkibi 26 nafar o`quvchidan ortiq bo`lmagan tarzda shakllantiriladi;
chuqurlashtirib o`qitiladigan fanlar (ta’lim yo`nalishlari) bo`yicha amaliy, laboratoriya va seminar mashg’ulotlari guruhlarga bo`lingan tarzda, ya’ni ikkita kichik guruhda o`tkazilishi yo`lga qo`yiladi.
Noana’naviy o`qitish metodlaridan dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda foydalanish o`qituvchidan yuksak mahoratni (o`quvchilar qiziqishini oshirish, darsda faol ishtirok etishlarini ta’minlash) talab etadi. Dars tushunarli, qiziqarli bo`lishi uchun o`quv materiallarini saralash, o`quv jarayonini loyihalashtirish, o`quv jarayoniga tegishli bo`lgan turli topshiriqlarni bajarish uchun tavsiyalar berish zarur. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar o`tkazishda yangi adabiyotlardan foydalanish bilan bir qatorda Internet ma’lumotlari va elektron kitoblardan foydalanish fizika ta’limi darslari samaradorligini yanada oshiradi. Buning uchun esa o`qituvchining o`zi noan’anaviy o`qitish metodlaridan bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishi talab etiladi.