Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

 
Mineral elementlar. 
Mineral elementlar-ovqatning muhim tarkibiy qismidir. Ular to‘qimalarning tuzilishida, suyak 
tuzilishida, ko‘pgina ferment sistemalarining tarkibi va vazifasida ishtirok etadi. 
Odam organizmining to‘qima va suyaklarida 60 dan ortiq elementlar bo‘lib, ularning 
ko‘pchiligi biologik aktiv moddalar hisoblanadi. Mineral elementlarning tashqi muhitda va 
organizmdagi miqdoriga asoslanib makro va mikroelementlarga bo‘linadi. 
Alimentar kasalliklar va ularni oldini olish. 
Insonning unib - o‘sishi va salomat bo‘lishi uchun to‘g‘ri ovqatlanish ayniqsa bolalik 
davridan boshlab uning ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil etish hayotiy muhim ahamiyatga egadir. 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
20 
Uzoq muddat mobaynida ovqatlanish qoidalarining buzilishi organizmda turli o‘zgarishlarni 
keltirib chiqaradi. To‘qimalar metobolizmning buzilishi asosida genetik apparatning o‘zgarishida, 
ortiqcha yoki kam ovqatlanish sabablari yotadi. Bundan tashqari ovqat mahsulotlarining zaharli 
moddalar (pestitsidlar, bakteriya zaharli, mikrotoksinlar va boshqalar) bilan ifloslanishi ham 
organizmda jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
Alimentar yoki ovqat bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar kelib chiqshiga qarab 2 xil guruhga 
bo‘linadi: birlamchi va ikkilamchi. 
Birlamchi alimentar kasalliklar
quyidagi omillar natijasida kelib chiqishi mumkin: 
1. Ovqat mahsulotlarining turlari noto‘g‘ri taqsimlanganda 
2. Ovqat ratsionida ovqatlik moddalar muvozanati buzilganda 
3. Ovqat mahsulotlariga noto‘g‘ri ishlov berilganda yoki noto‘g‘ri saqlanganda 
4. Ovqat mahsulotlarida faslga oid vitaminlarning siljishi natijasida 
5. Mehnat, yashash va iqlim sharoiti bilan bog‘liq bo‘lgandagi yoki homila davrida ovqatga 
talabning oshib ketishi natijasida 
6. Ovqatli moddalar faoliyatining buzilishi natijasida (qishloq xo‘jaligida pestitsidlardan, 
mineral o‘g‘itlardan ko‘p miqdorda foydalanish) 
Birlamchi alimentar kasalliklarning kelib chiqishida xavfli (risk) omillarining uzoq vaqt ta’sir 
etishi ahamiyatga egadir. 
Organizmga oqsillar kam qabul qilinganda o‘sishning va rivojlanishning sekinlashishi, tana 
og‘irligining kamayishi, garmon, antitelalar hosil bo‘lishining buzilishi, fermentativ jarayonlarining 
yomonlashuvi, organizmning turli infeksiyalarga va tashqi muhit omillarining ta’siriga qarshi 
kurashni qobiliyatini pasayishi kam quvvatlilik va ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. 
Organizmga oqsil moddalar kunlik me’yordan kam tushganida kvashiorkor kasalligi kelib 
chiqishi mumkin, bu kasallik ko‘proq ko‘krak yoshidagi bolalarda uchraydi, oqsillar umuman 
organizmga tushmagan taqdirda marazm (yunoncha marasmos-darmonsizlik, oqsil energiyasi 
tanqisligi va o‘limga sabab bo‘ladi) kasalligi kelib chiqadi . 
Ovqat bilan oqsil moddalar keragidan ko‘p qabul qilinganda, oshqozon ichak yo‘lida bijg‘ish 
achishish jarayonlari kuchayib, u erda kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlarning yashashiga
sharoit yaratiladi. 
Yog‘lar ko‘p miqdorda iste’mol qilinganda, semirib ketish va organizm uchun befarq 
bo‘lmagan yog‘ kislotalarining yetarlicha oksidlanmasligi natijasida hosil bo‘ladigan oraliq 
moddalarning (atseton birikmalari) to‘planishiga olib keladi. Bu esa organizmda kislotali muhitni 
vujudga keltiradi va qon ishlab chiqarish jarayonini ishdan chiqaradi. 
Ovqat tarkibida karbonsuvlarning miqdori ortib ketganda tana 
og‘irligining ortib ketishi, oshqozon ichak yo‘lida ovqatli 
moddalarning to‘planib qolishiga, oshqozon va ichak shiralari bilan 
yetarlicha ishlanmasligi va natijada ovqat xazm qilish jarayoning 
izdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga karbonsuvlar 
miqdorining kamayib ketishi gipoglikemiyaning kelib chiqishiga, 
ya’ni kam quvvatlik, uyquga moyillik, xotiraning pasayishi, bosh 
og‘rishi kabilar bilan ifodalanadi. Karbonsuvlarning etarlicha 
etishmasligi organizmda o‘simlikga oid ozuqali moddalar tarkibidagi 
vitaminlar va mineral moddalarning kamayib ketishi bilan ham kuzatiladi. Odam qonidagi glyukoza 
(qand) miqdorining me’yordan kamayishi gipoglikemiyaga (me’yor 3,58-6,05 mmol/l), odam 
qonidagi glyukoza (qand) miqdorining me’yordan oshib ketishi esa giperglikemiyaga olib keladi. 
Bunga qandli diabet kiradi. 
Vitaminlar va mineral moddalarning ko‘p yoki kam iste’mol qilinishidan kelib chiqadigan 
kasalliklar hammamizga ayon. 
Vitamin S ozuqali moddalar bilan organizmga kam qabul 
qilinganda Singa kasalligi sababchi bo‘ladi, ya’ni terida mayda-
mayda qon quyilishi va ichak bo‘shliqlariga qon quyilishi, 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
21 
milklarning yallig‘lanib undan qon oqishi, tishlarning tushib ketishi, mushaklarning bo‘shashib 
ketishi kuzatiladi.
Vitamin R qon tomirlarining rezistenligi kamaytirib kishilarning sinuvchan va o‘zidan qon 
o‘tkazib yuborish xususiyatlariga sababchi bo‘ladi. 
Vitamin V1 asab sistemasi faoliyati uchun axamiyati katta. Uning yetishmasligidan beri-beri 
kasalligi vujudga kelib, og‘ir polinevrit holatini yuzaga keltiradi. 
Vitamin V2 fermentlar tarkibiga kirib, biologik oksidlanish jarayonida, to‘qimalarning nafas 
olishida, gemoglabin sintezida asab, yurak-tomir, ovqat xazm qilish sistemalarining ishini 
boshqaradi. Uning asosiy vazifasi ko‘rish organining vazifasini boshqarib, rang va yorug‘ni 
ajratishga imkon yaratadi. Yetishmagan taqdirda oksidlanish jarayoni xamda yog‘ va 
aminoksitlotalarning so‘rilishi buziladi, yorug‘ga qaray olmaslik, ya’ni yorug‘dan qo‘rqish 
(svetoboyazliv), ko‘zdan yosh oqishi, yaxshi ko‘rmaslik ko‘zda og‘riq 
kuzatiladi. 
Vitamin V6 markaziy asab sistemasining normal faoliyati uchun 
zarur. Hamda oqsil, yog‘ almashinuvida ishtirok etadi. Vitamin V6 
etishmaganda gipavitaminoz holatining belgilariga mushaklarning 
kuchsizlanishi, yurishning qiyinlashishi, tez achchiqlanish, lab, til shilliq 
pardalarining va terining yallig‘lanishi kiradi. 
Vitamin V12 -bir qancha biologik aktiv moddalarning 
yig‘indisidan tashkil topgan. Asosan normal qon ishlab chiqarish uchun, 
MNS (markaziy nerv sistemasi) ishini yaxshilash, nerv simvoli regeneratsiyasi uchun zarur. 
Etishmaganda anemiya kasalligi kelib chiqadi. 
Vitamin A bu guruxga bir qancha biologik aktiv moddalar kiradi 
va ular faqatgina hayvonlardan olinadigan mahsulotlarda uchraydi. 
Vitamin A organizmning o‘sishiga yordam beradi, normal ko‘rinishni 
ta’minlaydi, terining bir me’yorlik vazifasini oshiradi. Gipovitaminoz 
holatining belgilariga shapko‘rlik, sariq va ko‘k ranglarni qabul 
qilmaslik holatlari kiradi. Teri quruq holga kelib, katak hosil bo‘ladi va 
infeksiya kirishi uchun sharoit yaratiladi. 
Vitamin D - shu guruhga kiruvchi D-g, D-3 vitaminlarini biriktiradi. Vitamin «D» 
etishmasligi qonda fosfor va kalsiy miqdorining kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. Natijasida suyak 
to‘qimasi bo‘shashib, mort bo‘lib qoladi. Bu hol bolalarda raxit bilan namoyon bo‘lib, oyoq 
suyaklari qiyshayadi, tish kariesi kelib chiqadi. 
Vitamin E - spermatogenezni jadal ketishiga, homilaning o‘sishiga va homiladorlikni 
me’yorda kechishini ta’minlaydi. Vitamin E organizmda oksidlanish jarayonida ishtirok etib, 
yog‘da vitaminlarning yig‘ilishiga yordam beradi va mushaklarda oksidlanishning borishida 
ishtirok etadi. 
Vitamin K - jigarda protrombinning hosil bo‘lishida zarur. 
Vitamin K etishmasligi qonning ivish hususiyatini sekinlashtiradi. 
Oshqozon va ichak silliq mushaklarni peristaltikasini oshiradi. 
Kalsiy va fosfor-suyak sistemasining asosini tashkil qiladi. Suyak 
va tishlarning 98%i bu elementlardan iborat. Ovqatda kalsiyning 
etishmasligi suyakning qotish jarayonini sekinlashtiradi va bu holat 
bolalarda raxit va kattalarda suyakning yumshashish holida namoyon 
bo‘ladi. Kalsiy yurak mushaklarning normal vazifasini, asab 
sistemasining 
qo‘zg‘atuvchanligini, 
fermentlar 
faoliyatini 
jadallashtirishda, qonning ivishini tezlashishida ishtirok etadi. Kunlik 
ehtiyoj 800 -1200 mg. Ovqat mahsulotlari ichida sut va sut mahsulotlari kalsiyga boy. 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
22 
Fosfor – MNS faoliyatida moddalar almashinuvi, jumladan, yog‘ va oqsil almashinuvi, 
membranali to‘qimalar ichidagi sistemada xamda mushakdagi moddalar almashinuvida axamiyati 
katta. Kunlik ehtiyoj 1200 - 1800 mg. 
Magniy – asab sistemasi qo‘zg‘alishini muvozanatda saqlaydi, 
qon tomirlarini kengaytiradi, ichak peristalkasini oshiradi, o‘t pufagini 
qisqartirib, o‘t ajralishini yaxshilaydi. Kunlik ehtiyoj 500 mg. 
Kaliy – organizm faoliyatida suyuqlikni xaydaydi, to‘qimalarda 
modadalar almashinuvi jarayonida, fermentlar hosil bo‘lishida 
qatnashadi. Kunlik ehtiyoj 300 - 500 mg. 
Natriy – to‘qimalarda va to‘qimalararo almashinuv jarayonlarida 
qatnashadi. U limfa va qon zardobi tarkibiga kiradi. Organizmda 
kuzatiladigan kislota-ishqor muvozanatini ta’minlash uchun bufer 
sistema hosil bo‘lishida ahamiyati katta. Kunlik ehtiyoj 4,6g, bu 10-15 g osh tuzi hisobiga 
qoplanadi. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish