Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv
uslubiy majmua
28
Kapitalistik
jamiyat qurilayotgan davrda, mehnat gigiyenasining taraqqiyotida shubhasiz
etakchi bo‘lib italiyalik professor, olim Bernardino Ramatsini (1633-1714) hisoblangan, shuning
uchun asosli ravishda uni kasb gigiyenasining otasi deb atashgan. Uning “Hunarmandlar kasalligi
haqida risola” nomli monografiyasi muallif hali hayotligi davrida nashr qilingan, 18 asrda va 19 asr
birinchi yarmida esa 25 marotaba ko‘p qayta nashr qilingan. Bu mehnati o‘zining tarkibiy
qimmatliligi, mehnat gigiyenasi va o‘sha davr bilan bog‘liq kasbiy patologiya bo‘yicha savollariga
ensiklopedik talqin bo‘la olishidir.
Keyinchalik o‘sha davrning eng oldi kapitalistik mamlakati Angliyada bo‘lgan,
ish sharoiti
og‘irligi va ayovsiz ekspluatatsiyadan norozi bo‘lgan ishchilarning revalyusion harakati, boshqarib
turuvchi sinflarni ishlarining mehnat sharoiti, yashash va ovqatlanishi borasida bir qator yaxshilash
bo‘yicha tadbirlar olib borishga majbur qiladi. 1883 yil bu tadbirlarni olib borishda Lord Etli
ko‘rsatmasi bilan fabrikalar holatini tekshirishda ishlagan, parlament kommisiyasi a’zosi Leonard
Garner katta rol o‘ynagan. Garner boshlagan ishni uning shogirdlari va izdoshlari Gringou, Arlezm,
Edvin va Chervik muvaffaqiyatli davom ettirgan. Tobora Angliyada tadbirkorlar tomonidan
kuchayib boruvchi ekspluatatsiyaga qarshi ishchilar noroziligiga javoban, bo‘yash ishlarida
qo‘rgoshin, gugurt fabrikalarida sariq fosfor ishlatish, o‘spirin
va ayollarga ayrim ishlarni
taqiqlaganligini ta’kidlash mumkin.
Rossiyada mehnat gigiyenasi bo‘yicha eng taraqqiy qilgan xo‘jalik kapitalizmi va
ishchilarning revalsion qo‘zg‘oloni kuchaygan davriga to‘g‘ri keldi.
Mehnat gigiyenasi fanini rivojlanishiga Rossiya tibbiyoti olimlari katta xissa qo‘shdi. Xo‘jalik
tibbiyoti rivojlanish kurtaklari(o‘sha davrda shu nom bilan yuritgan) M.V.Lomonosov va XVII-
XIX arsning qator boshqa olimlari: I.M.Protasov, A.N.Nikitin, P.A.Piskov, D.P.Nikolskiy,
A.V.Pogojev, E.A.Osipov, E.M.Dementev, G.V.Xlopin nomi bilan bog‘lik. Shuningdek mehnat
gigiyenasi rivojlanishida buyuk gigienist F.F.Erisman katta hissasi bor.
O‘zbekistonda mustaqil mehnat gigiyena fani sifatida 20 asr boshlarida shakllana boshlagan.
Fanning taraqqiyoti 1920 yil Turkiston Davlat Universiteti qoshida Tibbiy fakultet (1931) tashkil
etishi bilan bog‘liq.
Toshkent Davlat tibbiyot institutida esa mehnat gigiyenasi kafedrasi (1935) va O‘zbekiston
sanitariya va gigiyena ilmiy tekshirish institutini (1934) tashkil qilinishi bilan chambarchas bog‘liq.
1922yil Turkistonda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tuzilgan sanitar-tibbiy inspeksiyasi tashkil
etilishi katta ahamiyatga ega. Mehnat gigiyenasi rivojlanishiga A.Z.Zoxidov, S.R.Dixtyar,
G.N.Nazirov, S.S.Sosnovskiy, N.I.Smetanin, N.M.Demidenko, S.N.Bobojonov, T.I.Iskandarov,
V.B.Danilov, S.S.Solixo‘jaev, R.D.Simonovich va boshqalar katta hissasini qo‘shgan.
Mehnat gigiyenasining asosiy maqsadi mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishchilar
salomatligini muhofazasiga qaratilgan sanitar –
gigiyenik, davolash profilaktik chora tadbirlar
kompleksini yaratishdir.
Mehnat gigiyenasining asosiy vazifalari :
1) optimal ish sharoiti yaratish; 2) umumiy kasallanishni pasaytirish va kasb kasalliklarini oldini
olish; 3) mehnat unumdorligini oshirish.
Asosiy tushunchalar va izohlar.
Ish sharoiti - ishchini o‘rab turgan muhitni va ishlab chiqarish jarayonining omillari ta’sir
majmuidir.
Ish sharoiti va mehnatni tashkil etilgani bu ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar, ish
davomiyligi, dam olish davomiyligi va ularning almashinib turishi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida ish vaqti tushunchasiga quyidagicha ta’rif
berilgan “Ish vaqti deb, ishchining ish tartibi yoki grafigiga yoki kelishuv asosida o‘zining ish
majburiyatini o‘tashi tushuniladi.” Kasb kasalligi ayni shu kasb uchun spetsifik hamda ishlab
chiqarish muhitining yoki ish jarayonining zararli va havfli ta’siri natijasida orttirilgan kasallik.
Kasb tufayli salbiy ta’sir etuvchi omillarni 4 guruhga bo‘lish mumkin.
Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
29
1. Mehnatni noto‘g‘ri tashkil qilishga aloqador zararlar: a) tananing uzoq vaqtgacha bir
vaziyatda bo‘lishi; b) harakat boshqaruvi va ayrim sezgi a’zolari (ko‘rish, eshitish) ning ortiqcha
zo‘riqishi; v) noto‘g‘ri mehnat tartibi.
2.
Ishlab chiqarish jarayoniga aloqador zararlar: a) fizikaviy omillar (noqulay mikroiqlim,
atmosfera bosimining o‘zgarishlari va boshqalar); b) kimyoviy omillar (gazlar, zaharli birikmalar va
h. k.); v) biologik omillar (mikroorganizmlar, gijjalar ularning tuxumlari va boshqalar); g)
radiologik omillar va h. k.
3.
Mehnat sharoitiga aloqador zararlar: havo almashinishi ya’ni ventilyasiya, yoritilish,
maydon sathi, uning hajmi va boshqalarning etarli bo‘lmasligi.
4.
Asab sistemasining me’yoridan ortiqcha zo‘riqishi.
Ishchi organizmiga bu omillarning ta’siri natijasida kasbga aloqador
kasalliklar rivojlanishi
mumkin (pnevmokoniozlar, tebranish va korxona shovqini natijasida karlik va boshqalar). Hozirgi
vaqtda kasb kasalliklari sonining o‘sishiga asosan, surunkali kasalliklar va zaharlanishlar sabab
bo‘lmoqda. Kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligining “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash
haqida” 2012yil 10 iyuldagi 200- sonli buyrug‘iga binoan Respublikada ishga qabul qilishdan oldin
va ishlash paytida takroriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimi joriy etilgan.
Buyruqda tibbiy ko‘rikni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar batafsil keltirilgan.Unda
Ish beruvchi hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari (DSENM) va
tashkilotning kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan birgalikda har kalendar yilning 1 dekabrigacha
tashkilotdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan xodimlarning lavozim bo‘yicha
kontingentini aniqlashi va bu haqda mazkur Nizomda keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnoma
tuzishi lozim. Ish beruvchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan xodimlarning lavozim
kontingentidan kelib chiqib hududiy DSENM va tashkilotning kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan
kelishgan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini
tuzadi va tibbiy
ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasiga taqdim etadi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatida tashkilot nomi, xodimning
kasbi, u ishlayotgan sex yoki boshqa bo‘linma nomi, ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari
hamda xodimning ushbu omillar ta’siridagi ish staji ko‘rsatiladi.
Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-
profilaktika muassasasining rahbari tomonidan hududiy DSENM bilan kelishilgan holda mazkur
Nizomda keltirilgan shaklga muvofiq xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning kalendar rejasi
tuziladi.
Agar xodim o‘z sog‘lig‘ining holati mehnat sharoiti bilan bog‘liq holda yomonlashgan deb
hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilish huquqiga ega.
Dastlabki tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan xodimlar tashkilot tomonidan tibbiy
ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasiga mazkur Nizomda keltirilgan shaklga
muvofiq taqdim etilgan yo‘llanma asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: