Ekologik omil sifatida



Download 323,7 Kb.
bet6/11
Sana13.07.2022
Hajmi323,7 Kb.
#788129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-mavzu. Abiotik omillar

Infraqizil nurlar (to‘lqin uzunligi 750 nm dan yuqori) – quyosh spektridagi Yerga yetib keladigan nurlarning 45% dan ortig‘ini tashkil etadi. Infraqizil nurlar issiqlik manbayi hisoblanadi, shuning uchun issiqlik nurlari ham deyiladi. Bu nurlar o‘simliklar va hayvonlar to‘qimalari tomonidan yutiladi va organizmlar tanasini qizdirib to‘qima va organlarda issiqlik almashuvini tezlashtiradi, tana qoplami orqali suv bug‘lanishini kuchaytiradi. Ko‘pchilik sovuqqonli hayvonlar (sudralib yuruvchilar (reptiliyalar), suvda hamda quruqlikda yashovchilar (amfibiyalar), hasharotlar va b.) quyosh nuridan tana haroratini ko‘tarish uchun foydalanadilar. Kalmar, shaqildoq ilon, bo‘g‘ma ilonlar infraqizil nurlarni maxsus organlari yordamida sezish qobiliyatiga ega, bu esa ularga tunda ov qilish imkoniyatini beradi. Infraqizil nurlar o‘simliklarning barg og‘izchalari orqali karbonat angidrid gazining yutilishida ham ahamiyatga ega.
Yorug‘likning ekologik omil sifatida ta’siri Yerning Quyosh atrofida aylanishi bilan bog‘liq, shuning uchun yorug‘lik sutkalik va mavsumiy davriylikka ega. O‘simliklar va hayvonlardagi fiziologik jarayonlar sutka davomida ritmik ravishda o‘zgarib turadi. Masalan, o‘simliklarning gullari sutkaning ma’lum vaqtida ochiladi, ma’lum vaqtida esa yopiladi. Hayvonlarda esa kunduzgi va tungi hayot kechirishga bir qator moslanishlar mavjud.
Kun uzunligi (fotoperiod) o‘simlik va hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega. Fotoperiod kun uzunligi bo‘lib, u yil fasllari bilan belgilanadi. Kun uzunligining o‘zgarishi natijasida yil fasllarining almashinishi sodir bo‘ladi. Yer sharining Quyosh atrofida harakatlanishi va Yer o‘qining orbita tekisligiga nisbatan burchak ostida joylashganligi yil fasllari almashinishining asosiy sababi hisoblanadi.
Kun uzunligi organizmlardagi fiziologik jarayonlar va mavsumiy bioritmlar uzviyligini belgilovchi omil sanaladi. Kun uzunligining o‘zgarishi o‘simliklar va hayvonlar uchun signal vazifasini bajaradi. Bu omil o‘simliklarning o‘sishi, gullashi, meva tugishi, xazonrezgilik, tinim davriga o‘tish kabi muhim biologik jarayonlarni boshqaradi. Hayvonlarning tullashi, migratsiyasi, ko‘payishi ham kun uzunligi bilan belgilanadi.

Download 323,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish