Ekologik omil sifatida


O‘simliklarda haroratning o‘zgarishiga moslanishlar



Download 323,7 Kb.
bet10/11
Sana13.07.2022
Hajmi323,7 Kb.
#788129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-mavzu. Abiotik omillar

O‘simliklarda haroratning o‘zgarishiga moslanishlar. O‘simliklarning hayotiy faoliyati ko‘p jihatdan atrof-muhitning haroratiga bog‘liq. Issiqlikka bo‘lgan talabiga ko‘ra o‘simliklar ekologik guruhlarga ajratiladi: issiqsevar o‘simliklar va sovuqqa chidamli o‘simliklar.
Issiqsevar o‘simliklar tropik, subtropik iqlim mintaqalarida hamda mo‘tadil iqlim mintaqalarining quyosh yaxshi isitadigan joylarida o‘sadi.
Sovuqqa chidamli o‘simliklar Yer sharining sovuq va mo‘tadil iqlim mintaqalarida tarqalgan.
Evolutsiya jarayonida o‘simliklarda haroratga nisbatan biokimyoviy, fiziologik, morfologik adaptatsiyalar – moslanishlar paydo bo‘lgan.
Biokimyoviy moslanishlar. Yuqori harorat ta’sirida issiqsevar o‘simliklar hujayralari sitoplazmasida ayrim moddalarning (organik kislota, tuz) konsentratsiyasi ortadi. Bu moddalar sitoplazmaning ivib qolishiga to‘sqinlik qiladi, zaharli toksinlarni neytrallaydi. Sovuqqa chidamli o‘simliklar hujayralari shirasi tarkibida sovuq haroratda suv kamayishi hisobiga shakar miqdori ortadi, bu esa o‘simliklarni muzlashdan himoya qiladi.
Fiziologik moslanishlar. Issiq haroratda o‘simliklarni qizib ketishdan himoya qiluvchi samarali vosita – barg og‘izchalari orqali transpiratsiya –suv bug‘latish hisoblanadi. Cho‘l o‘simliklarining ko‘pchiligi qisqa hayot sikliga ega. Ularning vegetatsiya davri bahorga to‘g‘ri keladi, yozda esa bu o‘simliklar tinim davriga o‘tadi. Urug‘i tinim davrini o‘tadigan bir yillik o‘simliklar efemerlar deyiladi. Piyozboshi, tugunagi, ildizpoyasi tinim davrini o‘tadigan ko‘p yillik o‘simliklar esa efemeroidlar deyiladi.
Ayrim o‘simliklar (yo‘sinlar) va lishayniklar mavsumning suv tanqis bo‘lgan haddan tashqari issiq va sovuq davrlarida tanasidagi suv miqdorining kamayishi natijasida uzoq muddat anabioz (hayotiy jarayonlarning vaqtinchalik to‘xtashi) holatiga o‘tadi.
Morfologik moslanishlar. Yer yuzining tropik va subtropik iqlim mintaqalarida o‘sadigan o‘simliklar yuqori haroratning ta’sirini kamaytiruvchi bir qator moslanishlarga ega. Barglarning rangi och tusda bo‘lishi, sirti tukchalar yoki mum bilan qoplanganligi buning yaqqol misolidir. Barglar shaklining o‘zgarishi natijasida barg yuzasining kichrayishi ham ortiqcha yorug‘lik nuridan himoya vositasidir. Masalan, barglarning tikanlarga aylanganligi (kaktus), mayda qipiqsimon shaklda bo‘lishi (saksovul, archa), barglarning qirqilgan bo‘lishi (palma), barglarning buralgan bo‘lishi (kovul), ignasimon shaklda bo‘lishi (qarag‘ay, qoraqarag‘ay).
Barg yaprog‘ining burilishi natijasida barg yaproqlari yorug‘likka nisbatan vertikal yo‘nalishda joylashadi, bu esa o‘z navbatida ularni ortiqcha qizib ketishdan himoyalaydi.
Sovuq iqlim sharoitida o‘sadigan daraxtlarning bo‘yi past bo‘lishi (qayin, tol), yer bag‘irlab yotib o‘sishi (Turkiston archasi), o‘t o‘simliklar yostiqsimon shaklda (yaylov o‘simliklari) bo‘lishi ham morfologik moslanishlar natijasidir. Bu o‘simliklarga shamolning ta’siri kam, qishda esa ular qor bilan qoplanib, sovuq ta’siridan ko‘proq himoyalangan bo‘ladi, yoz oylarida tuproqning issiqligidan ko‘proq foydalanadi.

Download 323,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish