Qo’qon shahar Madaniyat bo’limi
bosh mutaxassisi R.R.Xusanov
MEN BO'LAMAN YORQINJON
Boshimda toj-u taxtim,
Belimda shim va tasmam.
Boshim to'la baxt-iqbol,
Men bo'laman Yorqinjon.
ONAJON
Onajon oldingda qarzim ko'p mening,
Boshimda ko'tarib yurganimda ham.
Men uchun to'kilgan ko'z nuring uchun,
Kamdir ko'zlarimni o'yib berolsam.
Momolar aytmoqchi mehrla boqding,
O'zing yemasang ham bizga yedirib.
Har neki istasak ilojin topding,
O'zing kiymasang ham bizga kiydirib.
Betob bo'lsam chiqding uxlamay tunlar,
Og'ir yumushdan kelsangda xorib.
Qanchalar og'ir bo'lmasin kunlar,
Bardoshla barchasin o'tding sen yorib.
Dunyodan topolsam bir ajib malham,
Bizni tashlab ketmay boqiy yashasang.
Uyimning to'rida o'tirib har dam,
Bolamning bolasin boshin silasang.
IQBOL SARI
Hilpiratib istiqlolning bayrog'ini,
Ulug'larning izlaridan yurajakmiz.
Ko'zga surtib Ona Vatan tuprog'ini,
Kelajakda buyuk Vatan qurajakmiz.
Shukronalar yangraydir dilimizda,
Yuzda quvonch, porlaydir zavqli ko'zlar.
Bilim ziyo taratgaydir dilimizda,
Sog'lom yoshlar ertangi kun quvonchidir.
Biz Mustaqil O'zbekiston farzandlari,
Buyuk bobo, momolarning izdoshimiz.
Tashlagaymiz olg'a qadam iqbol sari,
Sog'lom yoshlar ertangi kun quvonchidir.
ONA
Suv ostidagi dur,
Bu sizdirsiz ona.
Qalbimdagi yagona,
Bu ham sizdirsiz ona.
Siz tufayli yig’laydi,
Bu ko’zim yona-yona.
Bir yig’latib-kuldiruvchi,
Bu ham sizdirsiz ona.
Agar xafa bo’lsangiz,
Men qulingiz bo’layin.
Gar charchab yiqilsangiz,
Oyoq qo’lingiz bo’layin.
Men sizning hayotingizda,
Bor-yo’g’ingiz bo’layin.
Sizni deya bir tirilib,
Milyon marta o’layin.
G’am chekmangiz doimio,
Kulsin qaro ko’zingiz.
Milyonlarga tengdir ona,
Aytgan har bir so’zingiz.
Sizla yorug’ bu olam,
Suvdek toza qalbingiz.
Menga ibrat bo’ladi,
Bosgan har bir izingiz.
Bu dunyoda yagona,
Mehribonim o’zingiz.
Gapimning iddaosi,
Doim baxtli bo’lingiz.
Nur ziyoga to’la bo’lsin,
Bu pokiza ko’nglingiz.
BAHOR
Bahor keldi deguncha,
Shod bo'ladi bolalar.
Bahor zavqin tuysin deb,
O'sib yayraydi gullar.
Bolalar o'ynab kular,
Bu kelinchak faslda.
Gullar o'sib-yayraydi,
Bu keng O'zbekistonda.
ONA
Onaginam, mehribonim, nuridiydam,
Qalbi daryo, ko'ngli keng-u mo'tabarsiz.
Ezgulikka yo'g'rilgan kunlaringiz,
Siz dunyoning bitta qismi, bitta jonsiz.
Ko'z tikay yo'llaringizga,
Gul tutay qo'llaringizga.
Onaginam qalbi yorug' farishtamsiz,
Onaginam bag'ri keng-u pariyimsiz.
Tongda turib ko'chalarni supurgansiz,
Meni deb qancha azob kechirgansiz.
Tonglari turib non yopgansiz,
Onajonim siz mening mehribonimsiz.
Onajon oyog'ingiz ostida jannat,
Siz borsiz dunyoda mehribon ona.
Gar dengiz ostida bo'lsa ham gavhar,
Onajonim siz mening qalb gavharimsiz.
“Sen yetim emassan filmi”ga bag'ishlangan she'r.
ARMON
Og'ir erur otasiz o'smoq,
Yana og'ir unga ko'nikmoq.
Meni suymas bo'lsa ham biroq,
Bu dunyoda otam bo'lsaydi.
Dardim yo'qdir bundan og'irroq,
Otam yashar bizlardan yiroq.
Yashasam ham bo'lmas faqrroq,
Bu dunyoda otam bo'lsaydi.
Bir kam dunyo deydilar onam,
Ko'rib o'ksik ko'zlarimda nam.
Mehribonlar ko'p bo'lsalar ham,
Lek dunyoda otam bo'lsaydi.
Dada demoq biz uchun armon,
Qaytishingiz kutarman hamon.
Boshim silab suyguvchi har on,
Bu dunyoda otam bo'lsaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |