YAQINLARIM UMRIN QILGIN ZIYODA!
Ko’rdim qancha azob-uqubat,
Hatto do’stim ortimdan qildiku g’iybat.
Sendan so’ragayman so’nguncha nafas,
Qardoshlarim umrini uzoq qilsang bas.
Qon yig’lab tunda bo’zlamasin hech,
Issiq o’rin to’shakka hech qolmasin kech.
Ollohim yo’lidan tugunlarni yech,
Qalb ila ko’nglini doim obod et.
92 urug’li o’zbekday yursin,
Yig’lamasin hech qachon, beg’ubor kulsin.
Kelajagi yorqin to’siqsiz bo’lsin,
Yuzidan aritgin g’am-g’ussasini.
Hayotning yo’llari bunchalar uzun,
Qalbimda bor yechilmas tugun.
Shu tugunni men eplab yechmog’im uchun,
Yaqinlarim ko’magiga tayanmay nechun.
Bog’da o’sgan bir gul singari,
Bu dunyoda axir ular yagona.
Daryo tubidagi bir dur singari,
Dilga yaqin qardoshlarim bir necha dona.
O’TKINCHI DUNYO
Bu dunyo bilsangiz yolg’onchi dunyo,
Yurgan yo’lingizda chiqadi g’avg’o.
Yor-u do’stlar ortingizdan qiladi ig’vo,
Bu dunyo o’tkinchi, yolg’onchi dunyo.
Aldanib qolmang hech ushbu dunyoga,
Ishoning qalbdan chiqqan mungli sadoga.
Havas qilmang siz hech ham nokas gadoga,
Aldanib qolmangiz yolg’on dunyoga.
Yomonlik qilmang hech, yaxshilik qiling,
Yaxshilik albatta qaytadi biling.
O’zingizni asrang, sizga tilagim,
Farzandlaringiz rohatin ko’ring ilohim.
Yomonlik qirq kunda mas bir kunda qaytar,
Otaga qilganingiz farzanddan qaytar.
Shayton sizga shu so’zni takrorlab aytar:
Yaxshilik qilmagin, yomonlik qaytar.
Shaytonga hay deng, dilingiz poklang,
Onangiz oq sutin siz albat oqlang.
Qalbingizda hech qachon g’azabni yoqmang,
Bildirilgan ishonchni siz zumda oqlang.
Ushbu nasihatlar bilmadim sizga,
Qanchalk ta’sir qildi, qilmadi.
Sizga aytar so’nggi so’zim shu,
Ota-onangiz qadrin bilsangiz bo’lgani!
DO’STLAR
Ushbu dunyo bunchalar bevafo do’stlar,
Siz tufayli ko’rmadim men kam-u ko’stlar.
Qalbim bir sho’x qo’shiqni istar,
Baxtli kuningizda o’tmishni eslar.
So’rasalar gar mendan do’sting kim deya,
Bu dunyodagi do’stim tanho Ollohdir!
Sizdek yaqinlarim qilgan duolar,
Kulfat ichra menga qalqon, panohdir.
Shirin orzularga to’lsin qalbingiz,
Aslo yosh to’kmasin, kulsin ko’zingiz.
Baxtli bo’ling doim o’zingiz,
Durga tengdur aytgan har bir so’zingiz.
Oppoq gullar bilan bezalsin yo’llar,
Shu tarzda hammaning bu ko’ngli to’lar.
Ko’ngildagi g’ashliklar o’lar,
Gar o’lmasa bog’dagi gullar ham so’lar!
DARD
To’ydim g’am-azobning qiynoqlaridan,
O’zimni ko’klardan otgim keladi.
Yel kabi esgan mayin shamoldek,
Bo’ronlarga o’xshab kezgim keladi.
Qiynama esyotgan bu mayin sabo,
Bunchalar keng bo’lmasa, bu moviy samo.
Menga yoqar mayin shamollar ammo,
Mening dardlarimga yo’qdir hech davo.
So’ramang g’amimni hech tushunmaysiz,
Mening dardlarimni qaydan bilgaysiz.
G’amimni bilib nima qilgaysiz,
Gar bilsangiz siz ham bemor bo’lgaysiz.
Qalbimni tirnaydi bir mungli navo,
Bunchalar musaffo, toza bu havo.
Mening dardlarimga topolmay davo,
Torlik qilar menga moviy, keng samo.
Ha, men bemorman hech ham tuzalmas,
Qalbim og’rir lekin jonim uzilmas.
Bir orzuyim bor hech ham ushalmas,
Dardimning ma’nosin hech kim tushunmas.
Aytingiz odamzod ushbu hayotga,
Faqat dard uchun kelarmu do’stlar.
Dardiga bir umr davo izlab ham,
Hech qanday bir davo topmasmu do’stlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |