OTA O'YLAR FARZAND HAQIDA
Ota o'ylar farzand haqida,
Betob bo'lib yotib qolsa ham.
Ota so'ylar farzand haqida,
Shahzoda-yu qirol bo'lsa ham.
Hayotiga alishar ota,
Farzandining shirin hayotin.
Hayotidan afzal ko'radi,
Farzandining ming bir quvonchin.
Farzandining kamolin ko'rsa,
Unutadi ota qayg'uni.
Farzandining qayg'usin ko'rsa,
Yaqin olar ota og'uni.
Ota uchun farzand,
Bo'lsa bas.
Ming bir oltin,
Kumush kerak mas.
Farzandiga berar quvonchin,
Kerak bo'lsa berar jonini.
Farzandlari bo'lsa salomat,
Ota uchun shuning o'zi baxt.
ONA
Onajon siz jannat gulisiz,
Onajon siz osmon sathisiz.
Onajon siz bitta olamsiz,
Dunyolarga alishmam sizni.
Ayting jonimni beray,
Ayting borimni beray.
Ayting olamni beray,
Faqat bo'ling sog'-omon.
Dunyoni tashlayin oyog'ingizga,
Durlarni taqayin qo'llaringizga.
Gullarni to'shayin yo'llaringizga,
Faqat siz bo'lingiz omon.
DADAMGA O'XSHAGIM KELADI
So'zlagan so'zlari aqlli,
Mehnatdan dars berar naqlli.
Hayotdan saboq berar doimo,
Dadamga o'xshagim keladi.
Hayotdan so'zlar doimo,
So'zlagan doimo sabrdan.
Dunyo sirlaridan saboq berganlar,
Dadamga o'xshagim keladi.
Ardoqlay doimo dadamni,
Mehribonim, qadrdonim, otamni.
Mehr bilan o'stirgan dadamga,
Doimo o'xshagim keladi.
Mehr bulog'i otamni,
E'zozlayin doim dadamni.
Mehribonim, jigarbandimni,
Xurmat qilay doim dadamni.
OTAM KETDI
Minglab asr ichra necha sulton o'tdi,
Cho'lponlar-u Navoiylar o'tdi ketdi.
Mustaqillik arafasida ulug' bobom ketdi,
Ona xalqning fig'oni ko'kka yetdi.
O'zi uchun qayg'urmadi el tayanchi,
Faqat yurtni der edi xalq suyanchi.
Endi bugun ona xalqim oh-u vohi,
Fig'on ila samolarga borib yetdi.
Necha yillar qayg'urardi yurt sultoni,
Xalq uchun jon kuydirdi yurt posboni.
Xalqi yig'lar, xalqi yig’lar shu qora kunda,
Yurt boshida turgan a'ziz inson ketdi.
O'zbek xalqi bunday dardni ko'tarolmas,
Ko'zlaridan hatto yoshin aritolmas.
Qora tunni yo'qotolmas, yo'q qilolmas,
O'zbek xalqi bunday dardni ko'tarolmas.
VATANIM
Madhing tarannum etib,
Go'yo maqsadga yetib.
O'zbekiston vatanim deb,
Yashagayman dunyoda.
Temur davlatin tuzdi,
Navoiy "Xamsa" yozdi.
Dunyo aqldan ozdi,
Olam tanib o'zbekni.
Eng mashhur olimlar,
O'zbegimdan yetishdi.
Hatto O'zbekistonning,
Dong'i olamni tutdi.
Asrlar o'tib har dam,
O'tayotir zamon ham.
O'zbekiston, o'zbek ham,
Dunyoga tanilsin har dam.
Temur o'gitlar yozdi,
Buyuk davlatin tuzdi.
Ulug'bek shov-shuv qildi,
Yulduzlar sirin ochib.
Olam aro O'zbegim butun,
Jonim beray Vatanim uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |