1-Boshlovchi: Assalom tonglari porloq, keng shahrim



Download 50 Kb.
bet1/5
Sana31.12.2021
Hajmi50 Kb.
#272012
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqillik bizlarga nima berdi


Mustaqillik bizlarga nima berdi?” deb nomlangan

Tadbir rejasi.
1-Boshlovchi: Assalom, ona yurt tonglar o’lkasi,

Ta’rif-tafsifining yo’q nihoyasi.

Senga bag’ishlanur muqaddas qo’shiq,

Bu o’zbek xalqining o’z madhiyasi.


Madhiya yangraydi
2-Boshlovchi: Salom bilan boshlagum go’zal bir kalom

Qo’llarim ko’ksimda deyman assalom

Shu yurtning farzandiman, borligim baxtim,

Istiqloling muborak azim Toshkentim.


1-Boshlovchi: Ona yurt-Yaratganning bizga muqaddas in’omi, kindik qonimiz tomgan tuproq, xalqimiz urf-odatlari, an’analari, ertak afsonalaridir. Vatan biz uchun hamisha aziz va ardoqli bo’lib, u millatning ma’naviy-madaniy asosini yaratib beradi va har bir avlod bobolari qonidagi vatanga bo’lgan azaliy muhabbatni meros qilib oladi.

2-Boshlovchi: Vatan ozodligi va buyuk kelajagi uchun fidoiylarcha kurashish –ona yurtga muhabbat va sadoqatning oliy namunasidir. Yuksak va teran anglangan vatanparvarlik tuyg’usi tafakkur tarxiga aylanib, millat ma’naviy kuch qudrati va uning tarixiy taraqqiyoti manbai bo’lib hizmat qiladi.

1-Boshlovchi: Mana kuni kecha barchamiz birgalikda azim shahrimiz Toshkentni 2200 yilligini hamda mustaqilligimizning 18 yilligini ko’tarinki ruhda nishonladik.
2-Boshlovchi:

2200-qutlug’ yoshing muborak,

Shahri azim Toshkentim to’ying muborak.

Qalbimizda shundayin ezgudir tilak,



Istiqloling 18 yil to’yi muborak.
1-Boshlovchi: Istiqlolimizni qo’lga kiritgan ilk kunlardan boshlab, milliy g’oyamizning eng asosiy tushuncha va tamoyillarini belgilab olish, ishlab chiqarishga harakat qilindi. Shu maqsadda ijtimoiy fanlar sohasidagi yetakchi olimlar, siyosatshunos va iqtisodchilar, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchilikning e’tiborini ana shu muhim masalaga qaratildi.

2-Boshlovchi: Mustaqillikka erishgan kunlarimizdan boshlab, biz o’z milliy qadriyatlarimizga, ma’naviyatimizga, davlat ramzlarimizga, o’z ona tilimizga erishdik desak mubolag’a bo’lmaydi.

1-Boshlovchi: Ma’lumki, o’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi.

2-Boshlovchi: Shunday ekan, jamiyki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvallo ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu-millatning ruhidir. Buyuk marifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning so’zlari bilan aytganda “Har bir millatning dunyoda borligini ko’rsatadurgan oynayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yoqotmakdur” deb aytganlar.

1-Boshlovchi: Istiqlol bizga o’z ona tilimizga erishish imkonini berdi. Nihoyat 1989-yilning 19-oktabr kuni bu o’ta muhim masala Oliy Kengash sessiyasi muhokamaga qo’yildi va qariyib bir yarim asrlik qaramlikdan so’ng mamlakatimizda o’zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi.

2-Boshlovchi: Shu bilan birga mustqillikka erishganimizning ilk kunlaridan boshlab, O’zbekiston taraqiyotga yuz tutdi. Yurtimiz yanada ko’kalamzorlashtirilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Turli tuman osmon o’par binolar, sport majmualari, salomatlik markazlari, turli markaziy banklar, elchixonalar, korxona va zavodlar qad ko’tarib yurtimiz go’zalligiga yanada o’zgacha ko’rk baxsh etdi desak mubolag’a bo’lmaydi.


Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish