2-Boshlovchi:
Ishchisan, olimsan, arbobsan, memor
Senga ham muntazir boqar yer yuzi
Tinchlik degan joyda Toshkent nomi bor
Toshkent degan joyda osoyish so’zi
Ne ulug’ tarixlar kechdi boshingdan,
Hislating ne erur olam biladi
Bugun har burjingdan, har bir toshingdan
Faqat “Do’stlik” degan sado keladi.
Yiroq afrikalik sargashta adib,
Bambay g’azalxoni shoshar sen tomon
Ezgu hislatlaring bayroqdori deb,
Seni sharaflaydi zamin-u zamon.
Toshkentim porlagan poytaxtsan bu kun
Yuksaldi ko’ksingda ne-ne qasrlar
Sir emas bunchalik kamolot uchun
Kerak bo’lar edi necha asrlar
O’zbekka maqtanish odatmas garchand
Bag’rimni to’lg’azar ushbu kun g’urur.
Toshkent , Buhoro, Xevaq, Samarqand
Har bir jahonning bezagi bo’lur.
Sen quyosh shahrimsan, faxrimsan azal,
Omon bo’l hamisha o’zbegim elim.
Sensan, munis, mushfiq Sharqimga haykal,
Turfa bo’la qolsin senga bu she’rim.
1-Boshlovchi: Biz 105-guruh talabalari, sizlarni muborakbod etagan holda, guruhimiz a’zosi Odilova Shag’zodaga navbatni beramiz. Marhamat.
Shag’zodani daklati.
2-Boshlovchi: Mustaqillik yillaridan boshlab Toshkent shahrining aholi zich yashaydigan hududlarini qayta qurish va obodonlashtirish maqsadida 2004 yildan boshlab shaharning alohida tumanlarini rivojlantirish dasturlari amalga oshirildi.
1-Boshlovchi: Shu bilan birga mustaqillik sharofati bilan Toshkent shahrida 32,2 km uzunlikdagi kichik avtomobil Halqa yo’li barpo etilib, loyiha doirasida 8 ta avtomobil ko’prigi ishga tushirildi.
2-Boshlovchi: Shaharda yo’lovchi tashish transportini yangilash borasida 2001 yilda 20 ta zamonaviy rusumli metro vagonlari, 2003-2004 yilda 300 ta “Mersedes-Bens” rusumli avtobuslar, 2000-2006 yillar mobaynida 146 ta “Otayo’l” rusumli midibuslar keltirildi.
1-Boshlovchi: Mustaqillik bizlarga bergan buyuk in’omi bilan hozirgi kunda barcha tadbirkorlar subyektlari iqtisodiyotning real sektorida faoliyat yuritmoqda.
2-Boshlovchi: Mustaqillik yillaridan to shu kungacha poytaxtni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbol rejalari amalga oshirilib kelinmoqda. Shuningdek Toshkent shahrining 2200 yillik to’yini munosib nishonlash uchun keng ko’lamli qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlarini bajarish ko’zda tutilgan. Xususan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutibxonasi binosini qurish, “Bolalar ijodiyoti ko’rgazma markazi”ni qurish, “Paxtakor” markaziy stadionini rekonstruksiya qilish, Toshkent Islom Universitetining yangi o’quv korpusini qurish belgilangan.
1-Boshlovchi: Sanoat tarmog’iga keng ko’lamda investisiyalar jalb etish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlatish, kichik mobil korxonalarni rivojlantirish belgilangan bo’lib, bunda mashinasozlik, elekrotexnika, aviasiya, to’qimachilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoat kabi tarmoqlarni jadal rivojlantirishga ustuvor ahamiyat beriladi.
2-Boshlovchi: Bunday ne’matlarni barchasini bizlarga mustaqillik berdi. “Mustaqillik -ulug’ ne’met” deb bejiz aytishmagan. Zero shunday ekan mustaqilligimizni, Vatanimizni ko’z qorachig’imizdek asrashimiz kerak.
1-Boshlovchi: Bu bizning Vatanimiz oldidagi buyuk farzimiz hamda qarzimizdir.
2-Boshlovchi: Ota bobolarning ruhlari kezar,
Bir hovuch tuprog’i oltinga tengdir,
Zilol suvlarida yo’q zarra g’ubor,
Quyoshi porlagan zamini kengdir.
Dunyoga mashhurdir bu o’lka nomi,
Muqaddas atalar o’sgan giyohi,
Bag’rida chechaklar barq urib yashnar,
Mayin tebratadi shabboda gohi.
Tillarda doston yurt azim Toshkentim,
Tinchlikni kuylaysan qit’alar osha,
Buyuk allomalar qudratin solgan,
O’tsada ming yillar hur mangu yasha.
Do'stlaringiz bilan baham: |