Ehtiromdan boshlangan ijod



Download 325,72 Kb.
bet7/11
Sana28.11.2022
Hajmi325,72 Kb.
#874018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Yorqinjon SHE\'RLARIM...

YAXSHILIK VA YOMONLIK
Kunlar o’tar daryodek,
O’tar umr so’qmog’i.
Inson o’ziga bog’liq,
Qanday yo’lni tutmog’i.
Gar to’gri yo’l tutsa,
Umri ziyoda bo’lar.
Hatto yuragi ham,
Mehr-u shafqatga to’lar.
Gar egri yo’lni tanlasa,
Umri do’zaxdek o’tar.
Kimga yomonlik qilsa,
Albat farzanddan qaytar.
Shunday ekan insonlar,
Yaxshilik qo’lin tuting.
Muxtojlarga ko’mak berib,
Ularni xushnud eting.
Xullas o’zingiz tanlang,
Yaxshilik yo yomonlikni,
Olloh o’zi nasib etsin,
Yaxshiligu omonlikni.

FARZAND ATO ET OLLOH!
Befarzandlar farzand deb chekadi faryod,
Farzand ko’rish istab qiladi oh-voh.
Ko’rish xohlar farzanddan nigoh,
Befarzandga farzand ato et Olloh!
Tunlari yig’lab chiqmasin ona,
Ona bu hayotda axir bir dona.
Sendan so’rarman shu kunda yana,
Befarzandga farzand ato et Olloh!
Dunyo tursin ona yoshin to’kmasin,
Farzand dog’i nimaligin sira bilmasin.
Befarzand odam sira bag’rin tilmasin,
Befarzandga farzand ato et Olloh!
Ona bu dunyoning muvozanati,
Farzand bu onaga qalqon, ustundir.
Farzand bilan oila baxti butundir,
Befarzandga farzand ato et Olloh!
Befarzandlar bu dunyoda qolmasin,
Farzandidan qora maktub olmasin.
Farzand ko’rmay ona dog’da qolmasin,
Befarzandga farzand ato et Olloh!
Ona ko’zidan sira oqmasin ko’z yosh,
Befarzandga farzand ato et Olloh!

BO’LSIN EKAN!
Ne bo’lsa ham bitta do’sting bo’lsin ekan,
Bu yuraging mehrlarga to’lsin ekan.
O’rtadagi gina qudrat o’lsin ekan,
Hech bo’lmasa bir chin do’sting bo’lsin ekan!
Yor-u farzand bu hayotda afzal ekan,
Chin do’stlaring o’zing uchun bir zar ekan.
Ikki dunyo rohatidan afzal ekan,
Hech bo’lmasa bir chin do’sting bo’lsin ekan!
Shon-u shuhrat bular bari o’z yo’liga,
Do’st orttirish bu insonning o’z qo’lida.
G’ov chiqarkan do’stlarning yurgan yo’lida,
Ne bo’lsa ham bir chin do’sting bo’lsin ekan!
Hayot bari bu bir o’yin ekan,
Do’st orttirish yigit uchun qiyin ekan.
Lek yo’qotish topishdan oson ekan,
Ne bo’lsa ham yelkadoshing bo’lsin ekan!
Do’sting baloda ham birga ekan,
Do’stlar yo’lin asli shayton to’sar ekan.
Do’sti bo’lsa inson tomir otar ekan,
Bu dunyoda sodiq do’sting bo’lsin ekan!

VATAN!
Vatan ostonang ham buyuk men uchun,
Hatto bir hovuch tuprog’ing ko’zga to’tiyo.
Nega seni deb inson fido qilar jon,
Olam ichra tanho zaminmisan yo?
Ostonangga boshim uraymi hozir,
Hoyin chiqsa yuragingga bo’ladi ozor.
Urush payti onalar yig’lagan zor-zor,
Qandayin siring bor ayt menga bir bor?
Kimdir do’stga sodiq, kimlardir yorga,
Kimlardir seni deb kechadi jondan.
Hech bir farzanding mehringdan tonmas,
Bunday zamin hech qachon olovda yonmas!
Sarhadingda tinchlik hukmron bo’lsin,
Urush tarafdorlari hasaddan o’lsin.
Zamining mard o’g’lonlarga to’lsin,
Mustaqilliging mustahkam, abadiy bo’lsin.
Seni deb qon yutib zahar icharman,
Seni deb shirin jondan kecharman.
O’zimga bir bo’zdan kafan bicharman,
Sening ravnaqingga hissa qo’sharman.
Ey ulug’ Vatanim, qanday siring bor?
Gar ayta olsang, ayt menga bir bor!

HAYOT
Olloh har bir kishiga beradi sinov,
Bu sinovni yengishda chiqar albat g’ov.
Ba’zida chiqadi o’z ichingdan yov,
Doim bardam bo’lgin kelganda sinov.
Ba’zida ko’rasan yaxshi-yomonni,
Har narsaning ham bor yaxshi tomoni.
Qadrlagin hayotning har bir onini,
Qiynamagin insonlarning mahzun jonini.
Hayot bu o’qilmagan milyon bayotdir,
Endi nima bo’lishi “Haq”ga ayondir.
Hayotning ravonligi faqat hayoldir,
Eng ulug’ inson ham asli ayoldir!
Kimdir onaga zor, kimdir farzandga,
Yomon inson joyi asli do’zaxda.
Tentiraydi ba’zilar yorin vaslida,
Eng odil hakam hayot aslida.
Yaxshilikni ziynat qil umr qasriga,
Ba’zida yon bergin bari-bariga.
Birdek xurmatda bo’l yosh-u qariga,
Shunda inson topar oro joniga!


Download 325,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish