Egamberganova Fazilatning " Mashinasozlik texnologiyasi asoslari"



Download 148,49 Kb.
bet9/10
Sana20.06.2022
Hajmi148,49 Kb.
#679282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

N=ma + n , dona/yil, (1)
bu yerda: N—Detalning bir yillik ishlab chiqarish dasturi; bir yil davomida tayyorlanadigan mahsulotlar soni; m - bitta mahsulotdagi Detalningng soni; n- ehtiyot qismlar soni.
Ishlab chiqarish dasturiga mahsulotni umumiy koʼrinishidagi chizmalari, alohida detallar va yigʼma birikmalarning chizmalari ilova qilinadi.
Shuni inobatga olish kerakki bitta korxonaning yoki bir sexning oʼzida turli xil ishlab chiqarish sharoitlari mvjud boʼlishi mumkin. Masalan, bir xil detal koʼp miqdorda ikkinchi xil detal esa oz miqdorda tayyorlanishi mumkin.
Donali ishlab chiqarish sharoitida mahsulot bir nusxada tayyorlanadi. Tayyorlangan mahsulotlar turli tuzilishga, oʼlchamlarga ega boʼlib ular umuman takror tayyorlanmasligi yoki juda kam hollarda takrorlanishi mumkin.
Bu turdagi ishlab chiqarish sharoitida universal dastgohlardan keng foydalaniladi. Universal dastgohlar turli xil ishlov berish usullarini bajara olish imkoniyatiga ega boʼlishi kerak. Xuddi shuningdek, universal, universal qayta sozlanuvchi moslamalar va standart kesuvchi asboblardan foydalaniladi.
Donali ishlab chiqarish sharoitidagi texnologik jarayon integral xususiyatga ega boʼlib bitta dastgohda turli, bir necha, amal bajariladi. Bitta dastgohda turli tuzilishga ega boʼlgan, turli oʼlchamli va turli materiallardan tayyorlangan detallarga ishlov beriladi. Birgina dastgohda turli ishlar bajarilganligi va universal vositalardan foydalanganligi uchun sarflangan vaqt tarkibidagi asosiy vaqtning miqdori kichik boʼladi.
Bundan tashqari, ushbu ishlab chiqarish sharoitida qoʼllaniladigan nazorat qilish asboblari ham universalligi bilan xarakterlanadi.
Seriyali ishlab chiqarish, bu ishlab chiqarish turi donali va yalpi ishlab chiqarishning oʼrtasida boʼlib oraliq xarakterga ega boʼladi.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallar partiyalab yoki seriyalab tayyorlanadi. Bitta partiya (seriya) tarkibidagi detallar tuzilishining, oʼlchamlarining va materialining bir xilligi bilan ajralib turadi.
Bir partiya yoki seriyadagi detallar birdaniga tayyorlab olinib keyin ikkinchisiga oʼtiladi.
«Partiya» soʼzi detallarga taalluqli boʼlsa, «seriya» soʼzi esa mashinalarga taalluqlidir. Partiyadagi detallar soni va seriyadagi mashinalar soni turlicha boʼlishi mumkin.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida yil davomida tayyorlanadigan seriyadagi mahsulot (detal) miqdoriga qarab mayda kichik seriyali, oʼrta seriyali va koʼp seriyali ishlab chiqarish boʼladi.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayonning amallari differentsiallashgan boʼladi yoki texnologik jarayon amallarga boʼlib yuboriladi.
Bu ishlab chiqarish sharoitida turli xil dastgohlar qoʼllaniladi: universal, maxsus, maxsuslashgan, avtomatlashtirilgan, agregat va shu kabilar. Dastgohlar tayyorlanayotgan mahsulotni turini oʼzgartirilganda ularni tayyorlash imkoniyatiga qarab maxsuslashtiriladi.
Universal dastgohlardan keng foydalanilgan holda maxsuslashtirilgan, maxsus moslamalar, standart kesuvchi asboblar bilan bir qatorda maxsus kesuvchi asboblar ham qoʼllaniladi. Xuddi shuningdek, bu ishlab chiqarish sharoitida chegaraviy kalibrlar, shablonlardan keng foydalaniladi. Barcha dastgohlar, moslamalar, kesuvchi va nazorat asboblari oʼz tannarxini tez qoplay oladi. buning asosiy sababi tayyorlanayotgan mahsulot miqdorining donali ishlab chiqarishga nisbatan ancha koʼpligidir.
Seriyali ishlab chiqarish sharoiti keng tarqalgan boʼlib, kompressorlar, presslar, dastgohlar, toʼqimachilik mashinalari, yogʼochga ishlov berish sanoati, oziq-ovqat va oʼrmonchilik sanoati mashinalari, komunal xoʼjalik mashinalari tayyorlashda va shu kabilarda qoʼllaniladi.
Yalpi ishlab chiqarish sharoiti tayyorlanayotgan mahsulotning koʼpligi sababli doimiy (yil davomida) takrorlanmaydigani amallarni bajaruvchi ishchi oʼrinlar yigʼindisidan iborat.
Yalpi ishlab chiqarish sharoiti quyidagi koʼrinishda boʼladi:
a) yalpi oqimli ishlab chiqarish sharoitida tayyorlanganayotgan detallar texnologik jarayonni bajarish ketma-ketligi boʼyicha tuzilgan amallarni uzluksiz oʼtib boradi. Bunday holda har-bir amalni bajarish uchun sarflangan vaqt bir biriga teng yoki boʼlinuvchi (koʼpayuvchi) boʼlishi kerak. Shu talabgina texnologik jarayonni uzluksiz bajarilishini taʼminlaydi.
b) yalpi toʼgʼri oqimli ishlab chiqarish sharoitida ham amallar texnologik jarayonni bajarish ketma-ketligi boʼyicha tuziladi, ammo operatsilarni bajarish uchun sarflangan vaqt bir-biriga teng boʼlmaydi. Shu sababli ayrim amallarni bajaruvchi dastgohlar oldida detallarni toʼplanib qolish holatlarini kuzatish mumkin.
Yalpi ishlab chiqarish sharoiti koʼp miqdordagi mahsulot tayyorlashda qulay hisoblanadi. Bu ishlab chiqarish sharoitida maxsus, avtomatlashtirilgan, agregat dastgohlar va avtomatik qatorlar qoʼllaniladi. Xuddi shuningdek, qoʼllaniladigan moslamalar, kesuvchi va nazorat asboblari ham maxsusligi bilan ajralib turadi. Shunga qaramay mahsulot hajmining kattaligi ularni qisqa muddat ichida oʼz-oʼzini qoplash imkoniyatini beradi.
Yuqoridagi fikrlar yalpi ishlab chiqarish sharoitida mahsulot doimiy boʼlib uning tuzilishi, aniqlik va boshqa koʼrsatkichlari oʼzgarmaydi degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Texnika va texnologiyaning rivojlanishi natijasida mahsulot sifati oʼzgaradi, bu oʼz navbatida texnologik jarayonga oʼzgartirishlar kiritishni talab etadi.
Koʼrib chiqilgan ishlab chiqarish sharoitlarining barchasi uchun oʼziga xos ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari mavjud. Ishlab chiqarishni tashkil qilishda dastgohlarni joylashtirish tartibi alohida ahamiyatga ega boʼladi.
Bu oʼz navbatida mahsulot turiga, ishlab chiqarish jarayonining murakkabligiga, mahsulot hajmiga va shu kabi omillarga bogʼliq boʼladi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilishni quyidagi asosiy shakllari mavjud:
1) Metall kesish dastgohlarining turlariga qarab. Bunday shakl asosan donali va ayrim detallar uchun seriyali ishlab chiqarish sharoitida qoʼllaniladi. Bunday holda dastgohlarning turlariga qarab alohida boʼlimlar tashkil etiladi. Masalan faqat tokarlik, parmalash, frezerlash dastgohlaridan tashkil etilgan boʼlimlar.
2) Predmetli, bu shakl asosan seriyali ayrim detallar uchun yalpi ishlab chiqarish sharoitida qoʼllaniladi. Bu shaklga qoʼra dastgohlar texnologik jarayonni bajarish ketma-ketligi asosida joylashtiriladi va bir xil yoki bir-biriga yaqin boʼlgan detallarni tayyorlashga moʼljallanadi. Bunday holda amallarni bajarish uchun sarflangan vaqt bir-biri bilan kelishtirilmaydi. Shu sababli ayrim amallarda detallar toʼplanib qolishi mumkin. Detallar partiyalab tayyorlanadi.
3) Oqimli seriyalab, yoki oʼzgaruvchan-oqimli, bu shaklda ham dastgohlar texnologik jarayonni bajarish ketma-ketligi boʼyicha joylashib asosan seriyalab ishlab chiqarish sharoitida qoʼllaniladi va amallarning bajarish uchun sarflangan vaqt bir-biri bilan moslashtirilgan boʼlib detallarni amaldan-opeartsiyaga uzluksiz uzatib berishni taʼminlaydi. Bunday holda ham detallar partiyalab tayyorlanadi va boshqa partiyaga oʼtish uchun ishlov berish qatorsi toʼxtatilib qayta sozlanadi.
4) Toʼgʼri oqimli, bu shakl asosan yalpi va ayrim hollarda koʼp seriyali ishlab chiqarish sharoitida qoʼllaniladi. Bu shaklga asosan dastgohlar texnologik jarayon ketma-ketligi boʼyicha joylashadi. Аmallarni bajarish uchun sarflangan vaqt barcha hollarda ham bir-biriga teng boʼlmaydi. Dastgohdan dastgohga detal donalab uzatiladi. Аmallar uchun sarflangan vaqt bir-biriga teng boʼlmaganligi sababli detallarni tashish uchun rolganlar, qiya oʼrnatilgan novlar va ayrim hollarda konveyerlardan foydalaniladi.
5) Uzluksiz oqimli, bu shakl faqat yalpi ishlab chiqarish sharoitida qo‘llaniladi. Bu shaklda dastgohlar texnologik jarayon ketma-ketligi bo‘yicha joylashib, barcha amallarni bajarish uchun sarflangan vaqt bir-biri teng yoki moslashtirilgan bo‘ladi. Bu vaqt o‘z navbatida ishlab chiqarish taktiga teng yoki bo‘linuvchi (ko‘payuvchi) bo‘ladi.
Ishlab chiqarish takti, bu bitta detal tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt (texnologik jarayon bo‘yicha) bo‘lib, ikki, ya’ni birinchi va ikkinchi detallarni tayyorlash oralig‘i bilan o‘lchanadi.
Texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda muhim bosqichlardan biri ishlab chiqarish turini aniqlash hisoblanadi. Shu sababli texnologik jarayonni loyihalashni boshlang‘ich bosqichida bajariladi. Ishlab chiqarish turi maxsulotni ishlab chiqarish uchun texnologik jarayonini tuzishda va korxona ishini tashkil etishga juda katta ta’sir etadi. Ishlab chiqarish turini asosiy texnologik belgilari 1-jadvalda keltirilgan.

Download 148,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish