Egamberganova Fazilatning " Mashinasozlik texnologiyasi asoslari"



Download 148,49 Kb.
bet7/10
Sana20.06.2022
Hajmi148,49 Kb.
#679282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

O`rin (pozisiya) - ishlov berilayotgan zagotovkaning asbob-uskunaga yoki jixozga nisbatan o`zgarmaydigan xolatidir.
Texnologik o`tish - texnologik operasiyaning tugallangan qismi bo`lib, qo`llanilayotgan asbob - uskunaning va ishlov berishdan xosil bo`layotgan sirtning o`zgarmasligi bilan xarakterlanadi. Ishlov berish davrida zagotovkaga bitta texnologik o`tishning ichida dastgoxning ish rejimining avtomatik ravishda o`zgarishini sonli dastur bilan boshkariladigan dastgoxlarda ishlov berishda amalga oshiriladi.
Odatdagi metall kesish dastgoxlarda texnologik o`tishlarni dastgoxlarning o`zgarmas ish rejimida bajariladi.
Yordamchi o`tish deb ishchilarning va jixozlarning xarakatlaridan iborat bo`lib, sirtlarning shakli, o`lchamlari, gadir-budirliklari o`zgarmasdan texnologik o`tishni bajarish uchun zarur xisoblangan texnologik operasiyaning tugallangan qismiga aytiladi.
Ishchi yurish - texnologik o`tishning tugallangan qismi bo`lib, bunda zagotovkaga nisbatan asbob-uskunaning bir marotaba siljishidan sirtning shakli, o`lchamlari va sifati yoki zagotovkaning xossalarida o`zgarish yuz beradi.
Yordamchi yurish - texnologik o`tishning tugallangan qismi bo`lib, bunda zagotovkaga nisbatan asbob-uskunaning bir karra yurishi natijasida sirtning shakli, o`lchamlari va sifati, zagotovkaning xossalari o`zgarmaydi, lekin yordamchi yurish ishchi yurishni tayyorlash uchun zarur xisoblanadi.
Xarakat (priyom) - ishchining texnologik o`tishni yoki uning bir qismini bajarishida qo`llaydigan va yagona maqsadga qaratilgan vazifada mujassamlashgan xarakatlarining tugallangan yigindisidir.

2-§ Mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining taraqqiyoti
Talabalarda mashinasozlik texnologiyasi fanining shakllanishi va rivojlanish taraqqiyoti haqida bilimlarni shakllantirish. Mashinasozlik texnologiyasining obyekti bo‘lib texnologik jarayon hisoblanadi, predmeti esa texnologik jarayonning qonuniyatlarini tashqi va ichki bog‘lanishlarini o‘rnatish hamda tadqiqodlash hisoblanadi. Texnologiyaning rivojlanish tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Inson paydo bo‘libdiki, u o‘z ehtiyojini qoniqtirishga Mashinasozligi va texnologiyasi rivojlanib, eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilgan davlat, eng qudratli va buyuk davlatdir. V.S. ÊORSAKOV 7 harakat qilib keladi. Buning uchun u tabiat predmetlarini olib, uning shakli, o‘lchamlari va sifatini o‘zgartirib, o‘z ehtiyoji hamda talabini qondiruvchi buyum yaratadi va bu jarayon to‘xtovsiz takrorlanib insonning turli-tuman talablariga javob beruvchi buyumlar bunyod etilib kelinadi. Insonning talabi va imkoniyatlari cheksizdir. U doimo yangilik yaratuvchidir, har bir yaratgan buyumi texnologik jarayon orqali vujudga keladi. Inson paydo bo‘lishi bilan texnologiya degan atama yuzaga kelgan desak hech ham adashmagan bo‘lamiz. Bundan 1000 yil oldin dunyoga mashhur bobolarimizdan A.R. Beruniyning ilmiy izlanishlar natijasida bunyod etilgan uskunalar, mashhur tabib Ibn Sinoning tibbiyotdagi kashfiyotlari, Mo‘g‘ullar ixtilosini daf qilishda urishlar taktikasiga asos solgan bobomiz Amir Temurning qurol aslahalari, ularning koinot ilmida tengi yo‘q va koinotni o‘rganish uchun rasadxona qurdirgan va bir nechta ilmiy kashfiyotlar qilgan nabiralari Mirzo Ulug‘bek va boshqa ko‘p allomalarimizning ilmiy kashfiyotlari texnologiyaga bog‘liq bo‘lgan. Qadim zamonlarda ishlab chiqarish juda ham sodda bo‘lgan. Qurollar jilvirlash xususiyatiga ega bo‘lgan oddiygina toshlar bilan charxlangan; dastlab keskich asbob ishchi holatida qo‘l bilan ushlab turilgan, keyinchalik tutqichga daraxt novdalari yoki hayvonlar paylari bilan bog‘lab qo‘yilar edi. O‘sha zamonning yutuqlaridan biri aylanuvchi toshni qo‘llash bo‘ldi - charxlash dastgohining timsoli kabi. Êeyinchalik aylanma harakatni keramikali buyumlarni tayyorlash uchun qo‘llashdi, undan keyin esa yog‘ochdan, hayvonlar suyaklaridan va oxirida metalldan silindr shaklidagi buyumlar tayyorlash uchun qo‘llanilaboshlandi. Shu bilan bir qatorda ishlanuvchi materialni harakatga keltiruvchi moslama qo‘llandi. O‘sha vaqtlarda tokarlik dastgohini eslatuvchi buyumga komon yoyi (i pi) bilan aylanma harakat berib, kremniyli keskichni qo‘l bilan ushlab turib, ishlov berilar edi. Asta-sekin ot bilan aylanma harakatlanuvchi uzatmali tokarlik dastgohi yaratildi, ammo keskich asbob baribir qo‘lda ushlab turildi. 8 Metallarga ishlov berishning qadimgi tarixi juda kam o‘rganilgan. Ammo X asrdayoq rus ustalari turli-tuman qurollar, uy ro‘zg‘or predmetlari va shu kabilar tayyorlash texnikasiga ega bo‘lishgan. XII asrda rus qurolsozlari keskich asbobni yoki ishlanuvchi tanavorni aylantiruvchi qo‘l uzatmali parmalash va tokarlik qurilmalardan qo‘llashgan. XIV—XVI asrlarda qurol tayyorlash uchun suv tegirmoni aylanma harakat beruvchi tokarlik va parmalash dastgohlaridan foydalanishgan. XVI asrda Tula shahrining atrofidagi Oka daryosi yonidagi Pavlov qishlog‘ida mahalliy temir rudasini ishlatishga asoslangan metall ishlovchi sanoat barpo etildi. Shunday bo‘lsa ham keskich asbob qo‘lda ushlab turilgan. Ammo, metall ishlab chiqaruvchi sanoat Pyotir I zamonasiga kelib asta-sekin rivojlana boshladi, ustaxonalar fabrika va zavodlarga aylantirilib turli dastgoh, qurilma va moslamalar bilan jihozlantirildi. Bu davrga kelib (1680—1756-yy.) yashagan rus mexanigi va ixtirochisi A.Ê. Nartov (1718—1725) dunyoda birinchi bo‘lib tokarlik dastgohi uchun tanavor bo‘ylab tishli g‘ildirak va reyka yordamida harakatlanuvchi mexanik support yaratdi. Biroq, u bundan tashqari qator original dastgohlar (vintqirquvchi, tishqirquvchi, arralovchi va boshq.) ixtiro qildi. Jumladan u, qurol, tanga va hokazolar tayyorlash uchun qator texnologik jarayonlarni ishlab chiqdi. 1714-yilda M.V. Sidorov Tula qurolsozlik zavodida «suv ta’sir etuvchi mashinalar» yaratdi. Shu paytda askar Yakov Âàtishev 24 qurol stvolini bir vaqtda parmalaydigan, stvolni artadigan va tozalaydigan tegirmonni yurituvchi uzatmasi qo‘llanilgan dastgohlar ixtiro qildi. Ularning ishlarini XVIII va XIX asrlar boshlarida usta-mexaniklar: A. Surin, Ya. Leontev, L. Sobakin, P. Zaxov va boshqalar davom ettirishdi. Shu davrda iqtidorli rus olimi M.V. Lîmînîsîv (1711—1765) lobotokarlik, sferatokarlik va jilvirlash dastgohlarini qurdi. Bug‘ mashinasining ixtirochisi I.I. Pîlzunov (1728—1764) bug‘ qozonining ba’zi bir detallarini tayyorlash uchun maxsus silindir yo‘nuvchi va boshqa dastgohlarni yaratdi. I.P. Pîlzunov suv sirtining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan suzgich (poplovok), 9 ya’ni oddiy avtomatik qurilma yaratib, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashga birinchi qadamni qo‘yishga sababchi bo‘ldi. Rus mexanigi I.P. Êulibin (1735—1818) soat mexanizmini tishli g‘ildiraklarini tayyorlash uchun maxsus dastgohlar yaratdi. O‘sha vaqtda harbiy ishlab chiqarish yagona ommaviy ishlab chiqarishning namunasi bo‘ldi, u ishlab chiqarish texnologiyasiga o‘zaro almashinuvchanlik tamoyilini kiritilishiga asos bo‘ldi. Ma’lumki, o‘zaroalmashinuvchanlik tamoyili bo‘yicha ishlab chiqarishni tashkil etish instruksiyasi Rossiyada ishlab chiqildi va Tula zavodiga yuborildi. Bu deyarli 25 yil fransuz muhandisi Leblandan va 100 yil avval angliyalik ishlab chiqaruvchilar syezdigacha, ya’ni Djozef Vitvord o‘zaroalmashinuvchanlikning asosiy vazifalarini ifodalab bergunga qadar amalga oshgan edi. XIX asrning oxiri XX asr boshida ba’zi bir korxonalarda detallarning ishchi chizmalarida tayyorlash qo‘yimlari (dopusklari) ko‘rsatila boshlandi. Texnologik jarayonlarning o‘rganilaboshlanishi, ya’ni tanavorlarga ishlov berish uslublari, buning natijasida o‘lchamiga, shakliga, sifatiga va ularning ishiga qo‘yiluvchi talablarga mos keluvchi tayyor buyum olinishi, o‘tgan asrning birinchi yillariga to‘g‘ri keladi. Tabiat predmetlarining sifatini o‘zgartirib, o‘z ehtiyojini qondiradigan buyumlar yaratish jarayoniga texnologik jarayon deyiladi. Texnologiya yunoncha so‘zlar birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, texne — san'at, mahorat, ustalik yoki uddalash usulini ifodalasa, logos — o‘qitish, fan so‘zini ifodalaydi. Boshqacha aytganda, texnologiya — mahorat yoki uddalash usuli (ish bajarish tartibi-majmui yoki rejasi). 1804-yil akademik V.M. Sàverin texnologiya to‘g‘risidagi birinchi qoidani ifodaladi va «texnologiya — hunarmandchiliklar va zavodlar to‘g‘risidagi ilim» deb aniqlik kiritdi. Texnologiyaning rivojiga rus bilimdonlari A. Àndrey Choxov, M.V. Sidorov, Ya. Batishev, A.Ê. Nartov va boshqalar o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Download 148,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish