1.Fanning qisqacha mazmuni, mashinasozlik texnologiyasining xalq xo`jaligidagi ahamiyati, predmetining vazifalari.
Tabiat insoniyat ixtiyoriga tayyor ko’rinishda foydalanishi mumkin bo’lgan (juda kam, sanoqli miqdordagi) buyumlarni taqdim etadi. SHuning uchun ham insoniyat tabiat buyumlarini o’z extiyojiga moslashtirish maqsadida ish qurollari yordamida doimo mehnat qilishiga to’g’ri keladi. Masalan, mashina tayyor holda hech qachon tabiat tamonidan berilmaydi, uning metali ruda tarkibida beriladi.
Inson o’z bilimidan foydalanib rudadan metalni, metaldan kerakli sifatdagi po’latni, po’latdan zarur shakldagi tayyorlanmani, tayyorlanmaga mexanik ishlov berib kerakli sifatdagi detalni tayyorlaydi. Va nihoyat detallardan mashinani yig’adi. Barcha bu jarayonlar mashinani tayyorlash texnologiyasi deb ataladi.
Texnologik fanlarning rivojlanishining zamonaviy bosqichlarida mashina ishlab chiqarish texnologiyasining barcha jarayonlaridagi hamma bilimlarni bitta mutaxassislik hajmida birlashtirish juda qiyin.
Shuning uchun ham ishlab chiqarish texnologiyasi mustaqil ahamiyatga ega bo’lgan, rudalarni boyitish texnolgiyasi, metallurgiya texnologiyasi, quymakorlik texnologiyasi, temirchilik-shtamplash texnologiyasi, termik ishlov berish texnologiyasi va x.k. soxalardan iborat.
Mashinasozlik texnolgoiyasi fanida ishlab chiqarishning oxirgi bosqichlari hisoblangan tayyorlashning mexanik ishlov berish va mashinani yig’ish kabi texnologik bilimlar majmuaviy o’rganiladi.
Mashinasozlik texnologiyasi fanining maqsadi mashinalarni yig’ish va detallarga mexanik ishlov berish bo’yicha texnologik jarayonlarni va operatsiyalarni kerakli tartibda tahminlashni loyixalash, ishlab chiqish va mehyorlash bo’yicha bilimlar majmuasini berishdan iborat.
Bu fanning yo’nalishi kam material sarflanadigan yuqori unumdorlikda ishlaydigan va kam tannarxda tayyorlanadigan, jamiyat uchun zarur bo’lgan yuqori sifatli mashinalarni yaratish bilan aniqlanadi.
Texnologik jarayonni ishlab chiqish texnik-loyixa ishini bajarish va texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini asoslab texnologik jixozlarni to’g’ri tanlash, ayrim hollarda zamonaviylashgan yangisini yaratish bilan bog’liq.
«Mashinasozlik texnologiyasi» fani kompleks fandir. Birinchidan, bunda texnologik materialli o’zini bayon etishdan tashqari, «Konstruktsion materiallar texnologiyasi», «Materialshunoslik», «Metallarni kesish nazariyasi», «Kesuvchi asboblar», «Metall kesish dastgoxlari» va boshqa fanlardagi xolatlardan foydalanib tahlil qilinib ishlov berish jarayonida dastgox, asbob va tayyorlanadigan detallni o’zaro tahsir kompleksi ham beriladi.
Masalan, mehnatni mehyorlashtirish masalasi kesish tartibini ishlab chiqish bilan uzviy bog’liqdir. Kesish tartibini ishlab chiqish «Metallarni kesish nazariyasi» tadqiqotlarini natijasidir. Xuddi shuningdek kesish kuchlari to’g’risida ham, moslamalarni va mexanik ishlov berish aniqligini hisoblashda qilishimiz zarur bo’lgan kattalikni aytish mumkin. Kesish kuchlarini o’lchash va uni nazariy hisobi «Metallarni kesish nazariyasi»da keltirilgan.
Kesuvchi asboblar va dastgoxlarni bilish texnolgik jarayonni to’g’ri tuzish uchun zarur bo’ladi. Materialshunoslikdan olingan bilim detal va boshqalarni materiallarni tanlash uchun o’ta zarurdir.
«Mashinasozlik texnologisi» ikki bo’limdan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |