Ёғ-мой маҳсулотлари сифат кўрсаткичлари ва уларнинг метрологик таъминоти


Kimyoviy usulda Yog’ni rafinatsiya qilish –



Download 0,96 Mb.
bet6/24
Sana13.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#790501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
usmanov lotin

Kimyoviy usulda Yog’ni rafinatsiya qilish – bunda Yog’ni sulfat kislota yordamida ishlov berish, gidratsiya, gossipolni ajratish, ishqorli rafinatsiyalash kiradi. Sulfat kislota bilan ishlov berishda harorati 20-250S bo‘lgan Yog’ga sekin asta 90-95% li sulfat kislota bilan ta’sir ko‘rsatiladi. Buning natijasida Yog’ tarkibidan oqsil va mumsimon moddalar cho‘kmaga o‘tadi. Bu Yog’ tindirilgandan keyin uni yuvish apparatiga beriladi va Yog’ning tarkibidan sulfat kislota issiq suv bilan yuvib chiqariladi.
Gidratsiya – bu usulda isitilgan Yog’ga (40-50 0S) alashtirilib turilgan holatda harorati (40-50 0S) bo‘lgan issiq suv yoki bug‘ yuboriladi. Gidratsiya natijasida oqsillar va shilliq moddalar quyuq cho‘kma sifatida apparat tagiga cho‘kadi va Yog’ tarkibida kislota kamayadi.
Gidratsiya natijasida hosil bo‘lgan cho‘kma Yog’dan ajratib olinadi.
Ishqoriy rafinatsiyalash – bunda o‘yuvchi ishqorlardan foydalaniladi. Yog’ga ishqoriy eritmalar bilan ishlov berilganda ishqorlar Yog’ning tarkibidagi erkin va boshqa qo‘shimchalar bilan o‘zaro birikib, Yog’ning tarkibidagi kislotalarning kamayishiga va Yog’ni nitralizatsiya qilinishiga olib keladi.



1.2. Ishlab chiqarishni metrologik ta’minotini amalga oshirish va o‘lchov vositalarini tanlash aloritmi


Ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti texnologik jarayonlar parametrlari va qurilmalar holati ko‘rsatkichlarini, talab etilgan mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlavchi kompleks tashkiliy-tenikaviy chora-tadbirlarni o‘zida namoyon etadi. Metrologik ta’minot ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va texnologik jarayonlardan foydalanishga yo‘naltirilgan hamda ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik tayyorlash tizimining bir qismi bo‘lib hisoblanadi.
Texnologik jarayon o‘zida GOST 8.054-73 “Ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash. Umumiy qoidalar” standartiga muvofiq metrologik ekspertiza bajarilishini qamrab oladi. Metrologik ekspertizada quyidagi masalalar hal qilinadi:

  • Parametrlarni optimal nomenklaturasini va ularni nazorat qilishda o‘lchanadigan sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash;

  • Barcha ko‘rsatkichlarda standartlashgan o‘lchashlarni bajarish usullaridan foydalanilishi tekshiriladi

  • Ko‘rsatkichlar aniqlgini amalda standartlar bilan muvofiqligi tekshiriladi;

  • O‘lchashlarni tanlash usullari to‘g‘ri tanlanganligi tekshiriladi;

  • Fizikaviy kattaliklarning nomlanishi, belgilanish va ularning birliklari, metrologik atamalar to‘g‘riligi tekshiriladi.

Korxona metrologik xizmatining asosiy vazifasi – ishlab chiqarish samaradorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish imkoniyatlarini beruvchi, zamonaviy o‘lchash vositalarini joriy qilish, ishlarga doimiy tayyorgarligini ta’minlovchi, metrologik qoidalarga rioya qilishning tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlarni o‘tkazishdir.
Mahsulot sifati mahsulotrning xossalari yig‘indisi sifatida, uning uning qo‘llanilishiga muvofiq aniqlangan ehtiyojlarni qanoatlantirishiga yaroqliligini aniqlanadi. Mahsulot sifati metrologik ta’minotining asosiy vazifalari deb quyidagilarga bo‘lish mumkin:

  • Ishlab chiqarishni metrologik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha korxonadagi o‘lchashlar holati bo‘yicha tahlilni o‘tkazish;

  • O‘lchash vositalarida zamonaviy o‘lchashlarni bajarish usullari va qiyoslash apparaturalari yaratish va joriy qilish bo‘yicha ishlarni olib borish;

  • Davlat va tarmoq standartlarini joriy qilish, o‘lchashlarni bajarish usullari, o‘lchashlar aniqligini normalovchi, me’yoriy-texnik hujjatlarni ishalb chiqish va joriy etish, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqish.

Ishlab chiqarishni metrologik ta’minotini o‘tkazish algoritmi -- rasmda keltirilgan.



Korxona sifat tizimida metrologik xizmat (MX)ning rolini aniqlash va uning faoliyatini umumiy sifatni boshqarishning zamonaviy konsepsiyasida namoyish etish lozim.
Korxona sifat menejmenti tizimida MXlarga ISO 9001:2008 standartining “7.6. O‘lchashlar va monitoring uchun qurilmalarni boshqarish” bo‘limida javobgarliklar keltirib o‘tilgan.
Korxona metrologik xizmati faoliyati o‘lchashlarni metrologik ta’minoti bo‘yicha alohida faoliyat turlarini bajarishning asosiy protseduralari hujjatlashtirilishi, MX sifat tizimi ishlab chiqilishi va uning ishchi holatda saqlab turilishi korxona sifat tizimi ichida olingan nazorat, o‘lchash va sinov qurilmalari boshqarish protseduralariga davlat va xalqaro standartlari talablarini to‘liq bajarishi lozim.
MX sifat tizimini ishlab chiqishda metrologik xizmat mahsulotga taalluqli ISO 9001 standarti bo‘yicha sifat tizimining barcha elementlarini talqin etishi lozim. Mahsulot MX deganda quyidagilarni tushunish mumkin:
— o‘lchashlar natijalari;
— o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash natijalari shu jumladan, ta’mirlangandan so‘ngi;
— sinov va boshqa qurilmalarni metrologik attestatsiyalash natijalari;
— o‘lchash tizimlari va o‘lchashlar natijalarini tahlil qilish;
— texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza natijalari;
— attestatlangan nostandart o‘lchash vositalari;
— attestatlangan o‘lchashlarni bajarish usullari;
— metrologik tekshiruv va nazorati o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hisobotlar.
Mahsulotni sinash va nazorat qilish uchun foydalaniladigan o‘lchash vositalari, ularni qiyoslash va attestatlash tartibi, o‘lchashlarni bajarish usulariga talablar o‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi me’yoriy hujjatlari va standartlari boshqa metrologik qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim.
Korxona barcha foydalaniladigan nazorat va o‘lchash qurilmalari ro‘yxatini ishlab chiqishi lozim. Ro‘yxatda qiyoslanadigan va kalibrlanadigan o‘lchash vositalari ko‘rsatib o‘tiladi.
O‘lchash vositalari, nazorat va sinov qurilmalari uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:
— o‘lchash vositalari, nazorat va sinov qurilmalarini (qo‘yilgan o‘lchash vazifalari, nazorat va sinov vazifalari asosida) tanlash, ta’minlash (sotib olish), hisobini yuritishi, qiyoslov identifikatsiyasi (o‘lchash vositalari uchun), attestatsiyalash (sinov qurilmalari uchun), ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish va hisobdan chiqarish tartibini o‘rnatuvchi hujjatlashtirilgan protsedurani ishlab chiqilishi va jarayonlarini aniqlashi;
— o‘lchash vositalari, nazorat va sinov qurilmalari ularning ekspluatatsiya hujjatlarida o‘rnatilgan talablariga muvofiq foydalanilishi lozim;
— o‘lchash vositalari, nazorat va sinov qurilmalari qiyoslash (o‘lchov vositalari uchun), attetatsiyalash (sinov qurilmalari uchun), tekshirish (nazoart qurilmalari uchun) maqomini o‘rnatish maqsadida identifikatsiyalangan bo‘lishi lozim;
— keyingi o‘lchash, nazorat va sinash natijalari vakolatlanganligini qayd etish va baholash tartibini, agarda o‘lchash, nazorat va sinash qurilmasida kamchiliklar topilsa, ularni qo‘llashga yaroqsizligini aniqlangan bo‘lishi kerak;
— SMT talablariga muvofiq nazorat qurilmlarini tekshirilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar, o‘lchash vositalarni qiyolanganligi to‘g‘risida guvohnomalar (kalibrlangan haqidagi sertifikatlar), attestalar va sino qurilmalarini attestatsiya bayonnomalari saqlanishi lozim.
Korxona standartlari bilan boshqariladi metrologik ta’minoti tartibi va protsedurasida quyidagi ishlar bajarilishi talab etiladi:

    • Nazorat-o‘lchov va sinov qurilmalari (NO‘Q va SQ) bo‘linmalarda ta’minlanishini metrologik ta’minotini rejalashtirish;

    • O‘lchash vositalarini tanlash, ularni o‘chash chegaralarni to‘g‘ri aniqlash va aniqligini ta’minlash;

    • O‘lchash vositalarni holati ustian nazorat va davriy kalibrlash, o‘lchash va siov qurilmalarini ishlab chiqish, metrologik attestatsiyalash;

    • O‘lchash vositalarini ta’mirlashni majburiy siklda o‘tkazish: yangidan kalibrlash (qiyoslash) ta’mirlashdan so‘ng va undan keyingina ekspluatatsiya qilish;

    • Attestatsiya, kalibrlash, tekshirish va ta’mirlash natijalarni ro‘yxatga olish va hujjatlashtirish;

    • Metrologik ta’minotni boshqarish jarayonida to‘g‘rilovchi amallar;

    • O‘lchash vositalari va sinov qurilmalariningoxirgi qiyoslash sana to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (hujjatlarni), yozvlarni mavjudligi;

    • Foydalaniladigan nazorat-o‘lchov va sinov qurilmalari hisobini mavjudligi;

    • NO‘Q va SQ ekspluatatsiya qilish va saqlash tartibi va berish sharoitlari.

2-jadval

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish