E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   160
 
Sinov savollari 
1.
Radiasion zararlanishning qanday turlari mavjud? 
2.
O‟tkir nur kasalligiga ta‟rif bering 
3.
O‟tkir nur kasalligining nurlanish dozasiga qarab og‟irlik darajalari 
qanday? 
4.
O‟tkir nur kasalligining suyak ko‟migi shaklida qanday davrlarni 
ko‟rsatish mumkin? 
5.
Nurlanishning qanday dozasida o‟tkir nur kasalligining ichak shakli 
rivojlanadi? 
6.
20 Gr dan 50 Gr gacha nurlanish dozasida o‟tkir nur kasalligining 
qanday shakli rivojlanadi? 
7.
O‟tkir nur kasalligining serebral shakli qanday dozadan boshlanadi? 
8.
Tashqi notekis nurlanishdan radiasion zararlanishning qanday shakli 
rivojlanadi? 


437 
XIV bob. RADIASION EKOLOGIYA VA TOKSIKOLOGIYA
 
§14.1. Radioekologiya va uning vazifalari 
 
Radioekologiya- ekologiya fanining bo‟limi bo‟lib, uning asosiy vaifasi –
ionlanuvchi nurlanishlarning biosenozga ta‟sirini o‟rganishdan iborat. 
Ionlanuvchi nurlanishning odam faoliyatining turli shalarida tobora keng 
foydalanilayotganligi, radionuklidlarning atrof muhitga chiqishi va tabiatga 
ta‟sir etishining kuchayishi masalalari radioekologiyani alohida fan bo‟lib 
ajralishiga sabab bo‟ldi. 
Yerimiz rivojlanishi davomida turli geofizik jarayonlar natijasida Yer 
tabiiy radiasiyasi shakllandi. Bu radiasiya mavjudligi hayvonlar va o‟simliklar 
evolyusiyasiga doimiy ta‟sir etib turdi. Shuning o‟zi Yer tabiiy radiasiyasining 
tirik organizmlar moslashish shakllarini yuzaga keltirishda, ularning 
takomillashishida ijobiy rol o‟ynaganini ko‟rsatadi.
Kosmosdan Yerga tushuvchi nurlar va Yer jinslarida, qurilish 
materiallarida, oziq-ovqatda bo‟lgan radioaktiv moddalar tabiiy radiasiyani hosil 
qiladi. Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAYeA) ning ma‟lumotlariga ko‟ra 
ionlanuvchi nurlanishning Yerda bir yilda o‟rtaxha individual dozasi miqdori 
14.1-jadvalda keltirilgan [1]. 
14.1-jadval 
Yerda ionlashtiruvchi nurlanishning bir yilda o‟rtacha individual effektiv 
dozasi (mZv) 
Manba 
Doza 
Chegarasi 
Tabiiy fon
Tashqi nurlanish 
Kosmik 
0,4 
0,3-1,0 
Xududiy 
0,5 
0,3-0,6 
Ichki nurlanish 
Nafas olish bilan 
1,2 
0,2-10 


438 
Hazm qilish orqali 
0,3 
0,2-0,8 
Jami 
2,4 
1-10 
Tibbiy muolaja bilan 
0,4 
0,04-1,0 
Yadroviy sinovlar 
0,15-kamayish trendi 
Chernobil avariyasi 
0,002 
0,04- kamayish trendi 
Nurlanishli mahsulotlar 
0,0002 
kamayish trendi 
Jami
2,8 
1-10 
Tabiiy radioaktiv izotoplar Yerning barcha qatlamlarida: litosfera, 
gidrosfera, atmosfera, biosferada mavjud. 
Barcha tabiiy nurlanish manbalari odamlar va hayvonlarga tashqi va ichki 
yo‟llar bilan ta‟sir etishi mumkin. Tashqi manbalardan kosmik nurlar , 
tuproqdagi va qurilish materiallaridagi tabiiy radiasiya katta ahamiyatga ega. 
Ichki manbalardan- havoda, suvda, oziq-ovqatda va odam organizmidagi 
radioaktiv moddalardir. Ular orasida kaliy-40 va radon-222 alohida o‟ringa
ega. 
Yerdagi radiasiya manbalari tirik organizmlar tabiiy manbalardan 
nurlanishining asosiy qismini tashkil etadi. O‟rtacha hisobda ular aholi 
oladigan yillik effektiv ekvivalent dozaning 5/6 qismini beradi. Tabiiy 
radioaktiv moddalar tashqi muhitga asosan tog‟ jinslaridan tushadi. Bu 
moddalarning tog‟ jinslaridagi konsentrasiyasi 14.2-jadvalda keltirilgan. 
Radioizotoplarning harakati jarayonlarida o‟simlik va hayvonlar katta rolni 
o‟ynaydi. O‟simlik va hayvonlarning radioaktivligi tabiatda uchraydigan barcha 
radioizotoplar bilan bog‟langan. Ularda ayrimlari stabil izotoplar bilan birikkan 
holda tirik organizmlar hayot faoliyatida qatnashadi (K
40
, C
14
, H
3
) . Ularning 
organizmdagi miqdori stabil izotoplar to‟planishi darajasi bilan bog‟liq. 
Masalan, no`xatda kaliy 0,9%, sariq yog‟da – 0,012%, shuning uchun 
no`xatning kaliy-40 hisobiga nisbiy aktivligi 274 Bk/kg teng bo‟lsa, sariq 
yog‟niki- 3,7 Bk/kg. 


439 
14.2-jadval 
Yerdagi jinslarda kaliy, radiy va toriy konsentrasiyasi 
Jins 
Mamlakat 
Sinovlar 
soni 
O‟rtacha konsentrasiya, Bk/m
3
K
40
Ra
226
Th
232
Granit 
FRG 
34 
1200 
100 
80 
Granit 
g‟ishtlar 
Buyuk 
Britaniya 

1000 
90 
85 
Granit 
Rossiya 

1500 
110 
17 
Vulkan 
pemzasi 
FRG 
20 
1100 
130 
13 
Organizmdagi boshqa izotoplar (U
238
, Ra
226
, Th
232
, Pb
210
, Po
210
) miqdori 
ularning atrof muhitdagi miqdoriga bog‟liq. Masalan, odatdagi tuproqda 
o‟stirilgan o‟simliklar kuyasida uran o‟rtacha 
4
10
3


g/kg bo‟lsa, uran bilan 
boyitilgan tuproqlarda o‟sgan o‟simliklar kuyasida 
3
10
2


g/kg bo‟ladi. 
O‟simliklarda K
40
ning miqdori tuproqdagi miqdoridan 3-10 marta kam. 
Hayvonlar organizmida kaliy miqdori undan ham kam (tuproqdagi miqdoridan 
10-15 marta kam). Massasi 70 kg bo‟lgan odam organizmida 130 g kaliy bor. 
14.3-jadvalda odam organizmining ayrim organlarida kaliy miqdori va uning 
nisbiy radioaktivligi berilgan. 
Katta odam tanasida uglerodning umumiy miqdori 18% ni, ya‟ni 12,6 kg ni 
tashkil etadi. Uglerod to‟qimalarda tekis tarqalganini hisobga olsak, ularning C
14
bo‟yicha nisbiy radioaktivligi 52 Bk/kg ga teng. 
Muskullarda tritiy miqdori 10,2%, suyaklarda esa 6,4%. Odam tanasining 
yumshoq to‟qimalarining H
3
hisobiga nisbiy radioaktivligi 0,55 Bk/kg,
suyaklarniki 0,34 Bk/kg ga teng. Radiy asosan suyaklarda to‟planadi va miqdori 
0,5 10
13

kg atrofida bo‟ladi. Qo`rg‟oshin Pb
210
ning asosiy qismi skeletda 
bo‟lib, uning nisbiy aktivligi 15 Bk/kg. Organizmda uranning umumiy miqdori 
kam. 


440 
14.3-jadval 
Odam organizmining ayrim organlarida kaliy miqdori va uning nisbiy 
radioaktivligi 
Organ , to‟qima 
Kaliy miqdori, mg 
Nisbiy radioaktivlik, 
Bk/kg 
Muskullar 
360 
107 
Bosh miya 
330 
89 
Jigar 
215 
63 
O‟pka 
150 
44 
Yog‟ to‟qimasi 
60 
19 
Suyak 
61 
18 
Odam organizmidagi radioaktivlik darajasi almashish jarayonlari tezligiga 
va rasionida radioizotoplar mavjudligiga bog‟liq. 
Qurilishda ishlatiladigan materiallar tarkibida radionuklidlar bo‟lishi 
mumkin. 


fonning eng kichik qiymati yog‟ochdan yasalgan uylarda 
kuzatiladi- 0,5 Gr/kg, g‟ishtli uylarda -1 Gr/kg, temir beton uylarda-1,7 Gr/kg. 
Odamning yerdagi tabiiy radionuklidlar nurlanishining yillik effektiv 
ekvivalent dozasi 3,5 
4
10

Zv ga teng. Bu dozaning asosiy qismi yopiq binolarda 
nafas olishi natijasida tushadi. Bunda radon gazi asosiy rolni o‟ynaydi. Yopiq 
binolarga radon asosan tuproqdan o‟tadi. Radon konsentrasiyasini kamaytirish 
uchun binolar ventilyasiyasiga e‟tibor berish zarur. Havo almashinishi yomon 
bo‟lgan binolar ichida radonning darajasi 740 Bk/m
3
ga yetadi. Radon Yer 
sirtining yuqori qatlamlaridan atmosferaga tushadi. Radonning atmosferaga 
tushish tezligi tuproqning holatiga, namligiga, haroratga bog‟liq. Qor qatlami 
Yerning tabiiy radiasiyasini kamaytiradi. 
Dunyoning ayrim joylarida tabiiy radiasion fonning doza quvvati boshqa 
joylarga nisbatan ancha katta bo‟ladi. Bunday joylar Pomir va Tibetdagi tog‟li 
rayonlarda aniqlangan. O‟zbekistonda uran olinadigan korxonalar joylashgan 
xududlar: Markaziy Qizilqum va Chotqol-Kuramada radiasion fon yuqoridir. 


441 
Yer radioaktiv fonida kosmik nurlanishning ham ulushi bor. Kosmik 
nurlanish uch manbadan keladi: Yer atmosferasidagi radiasion qatlamlardan, 
galaktikadan, Quyoshdan. Birlamchi kosmik nurlanishning 92% protonlardan, 
7%


zarrachalardan va boshqa atomlarning yadrolaridan iborat. Ushbu 
kosmik zarrachalar atmosferadagi atom va molekulalar bilan ta‟sirlashganida 
radionuklidlardan iborat bo‟lgan ikkilamchi kosmik nurlanish hosil bo‟ladi. 
Yerga yaqinlashgan sari birlamchi kosmik nurlanish intensivligi kamayadi, 
ikkilamchi kosmik nurlanishniki oshadi. 
Yer atrofida magnit maydoni ta‟sirida ushlab qolingan va qutbdan-qutbga 
qarab harakatlanayotgan zaryadli zarrachalardan iborat bo‟lgan qatlamlar 
mavjud. Ular radiasion qatlamlar deb ataladi. Radiasion qatlamlar Yer 
radiusining 1,2 sidan 8 tasiga teng bo‟lgan masofalarda joylashadi. Ichki qatlam 
asosan protonlardan iborat, tashqi qatlam elektronlardan tashkil topgan. 
Quyosh 
radiasiyasi 
elektromagnit 
nurlanishdan 
va 
korpuskulyar 
nurlanishdan iborat. Quyosh korpuskulyar nurlanishi asosan protonlar va 
elektronlar oqimidan tashkil topadi. Quyosh aktivligi keskin oshganda kosmik 
nurlanish intensivligi 4-100% gacha oshishi mumkin. Bunday paytlarda 
odamlarning bir qismida yurak va asab kasalliklari kuchayishi ro‟y beradi. 
Uran asosan Yerning yuqori qatlamlarida mavjud. Yerning 20 km li 
qatlamida 10
17
kg uran bor. O‟zbekistonda uran olinadigan va olinishi to‟xtagan, 
ammo uran qoldiqlari saqlanayotgan xududlar jumlasiga Navoiy, Uchquduq, 
Angren, Yangiobod shaharlari, Chorkesar, Chauli, Maylikatan qishloqlari 
kiradi.
Ayrim hayvonlar radiasiya ta‟sirini sezadi. Chumolilar harakati tezlashadi, 
ular nurlanish zonasini tashlashga intiladi. Tropik baliqlar ham o‟zini shunday 
tutadi. 14.4-jadvalda odam Yerning radiasiya fonidan olayotgan nurlanishi 
effektiv dozalari berilgan. 


442 
14.4-jadval 
Odamning tabiiy nurlanish manbalaridan olayotgan nurlanish effektiv dozasi, 
mkZv/yil 
Radiasiya manbalari Tashqi nurlanish 
dozasi 
Ichki nurlanish 
dozasi 
Yig‟indi doza 
Kosmik nurlanish 
300 

300 
Kosmogen nuklidlar 

15 
15 
K
40
120 
180 
300 
Rb
87



U
238
qatori 
90 
1150 
1240 
Th
232
qatori 
140 
230 
380 
Jami 
650 
1600 
2250 
Insonlarning faoliyati natijasida radiasion fon o‟zgarib bormoqda. 
Biosferaga radioaktiv chiqindilar tushishi manbalari sifatida quyidagilarni 
ko‟rsatish mumkin: 

yadro qurollarini sinash; 

yadro energetikasi uchun kerakli moddalarni oladigan, ularni qayta 
ishlaydigan korxonalar; 

radionuklidlardan 
ishlab 
chiqarishda 
foydalanadigan 
korxonalar, 
laboratoriyalar. 
Atom portlashida yadro yoqilg‟isi bo‟linishi mahsulotlari atrof muhitga 
tushadi. Uran va plutoniy parchalanishi natijasida 36 kimyoviy elementning 
200 ga yaqin izotoplari hosil bo‟ladi. Ulardan biologik siklga faol qo`shilishi va 
katta yarim yemirilish davriga ega bo‟lgan Sr
90
va Cs
137
izotoplar eng xavflidir. 
Termoyadro portlashlarda qo‟shimcha holda C
14
va H
3
hosil bo‟ladi. Sobiq 
Sovet Ittifoqida yadro sinovlarining 95% Qozoqistondagi Semipalatinsk yadro 
poligonida o‟tkazilgan. Ushbu yadro sinovlari natijasida Yerimizning shimoliy 
yarim shari tabiiy muhitining ifloslanishiga qo‟shilgan hissa 40% ni tashkil 


443 
etgan. AQShda o‟tkazilgan yadro qurollari sinovlari ham ifloslanishga 40% 
hissa qo‟shgan, qolgan 20% ni Angliya, Fransiya va Xitoyda o‟tkazilgan 
sinovlar bergan. 
Uranni qazib oluvchi, qayta ishlovchi korxonalar jumlasiga uran konlari va 
gidrometallurgik kombinatlar, yadro reaktorlari bor elektrostansiyalar va ilmiy 
muassasalar kiradi. 
Butun jahonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 20% atom 
elektr stasiyalarida (AES) olinadi. O‟zbekistonga qo‟shni mamlakatlardan 
Rossiyada 10 ta AES, Qozoqistonda 1 AES, Eronda 1 AES mavjud. 2020-2025 
yillar davomida Misrda, Saudiya Arabistonida, Vetnamda, O`zbekistonda yangi 
AES qurilishi belgilab qo‟yilgan. Bundan tashqari Markaziy Osiyo 
mamlakatlarida 2, Yaqin Sharq mamlakatlarida 12 ta yadro tadqiqot reaktorlari 
ishlab turibdi.
Ularning ishlashi natijasida gazsimon, suyuq, qattiq holdagi radioaktiv 
chiqindilar paydo bo‟ladi. Radioaktiv fon yildan-yilga ortib borishining 
sabablari juda ko‟p bo‟lib, radioaktiv uranni qazib olish, qayta ishlash, boyitish 
jarayonlari radioaktiv moddalardan energetik nuqtai nazaridan fan va qishloq 
xo‟jaligida, tibbiyotda qo‟llanilishi radioaktiv fonning ortib borishiga olib 
kelmoqda. 1986 yilda Ukrainada joylashgan Chernobil atom elektrostansiyasida 
avariya natijasida Ukraina, Belorussiya, Rossiyaning ayrim xududlari radiasion 
ifloslanishi ro‟y bergan. Uning asoratlari hozirgi kunga qadar sezilmoqda. 2014 
yilda Yaponiyada zilzila natijasida Fukudzima atom elektrostansiyasi 
shikastlanishi natijasida katta xududda Yer va suvning radioaktiv moddalar bilan 
ifloslanishi ro‟y berdi. 1995 yilda Toshkent viloyati Angren shahrida 
Appartakda toshko‟mirni ochiq kavlab olishda radiasiya darajasi meyordan 
o‟nlab marta oshganligi aniqlandi. Angren shahri va qo‟shni xududlarning 
radioaktiv zararlanishini oldini olish uchun Appartakdan 100000 tonna 
radioaktiv toshko‟mir maxsus joyga chiqarilib ko‟mildi.


444 
Tabiiy radionuklidlarning qishloq xo‟jaligi o‟simliklaridagi konsentrasiyasi 

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish