E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   160
 
12.4. Radiobiologik effektlar 
 
Radiobiologik effektlar deb biologik tizimlarga ionlanuvchi nurlanish ta‟sir 
etganda paydo bo‟ladigan o‟zgarishlarga aytiladi. Ularni shakllanish darajasiga, 
yuzaga chiqish vaqtiga, joylashishiga, nurlanish dozasi bilan bog‟lanishiga, 
nurlatilgan organizm uchun ahamiyatiga, nasldan-naslga berilishiga qarab 
turlarga bo‟lishadi. 
Biotizimlar nurlatilganda biomolekulalarning nurlanishning o‟zi bilan, yoki 
suv radiolizi mahsulotlari bilan ta‟sirlashishi natijasida molekulyar darajadagi 
o‟zgarishlar sodir bo‟ladi. Ular ichida DNK va biologik membranalar 
shikastlanishi eng ahamiyatlidir. DNK ning shikastlanishi keyinchalik 
xromosom abberasiyalarga olib keladi. Biologik membranalar lipidlarida erkin 
radikallar aktivlashishi natijasida to‟yinmagan yog‟li kislotalar oksidlanishi 
mahsulotlari to‟plana boshlaydi. Natijada metabolik jarayonlarda patologik 
o‟zgarishlar sodir bo‟ladi. RNK zanjitlarining uzilishlari va asoslari 
shikastlanishi, mukopolisaxaridlar yemirilishi, fermentlar birlamchi va 
ikkilamchi 
strukturasining 
buzilishlari, 
ular 
funksional 
xossalarining 
o‟zgarishlari ro‟y beradi. 


421 
Hujayra darajasida ionlanuvchi nurlanish ta‟siri hujayralarning interfazali 
yoki reproduktiv o‟limiga, mitozlarning vaqtincha to‟xtashiga, noletal 
mutasiyalarga olib keladi. 
To‟qimalar, organlar darajasida radiasiya ta‟siri sitopenik effekt bilan 
xarakterlanadi, uning asosida hujayralar o‟limi va mitozning radiasiya ta‟sirida 
to‟xtashi yotadi. 
Organizm darajasidagi radiasion effektlar turli kasaliklar bilan bog‟langan. 
Nurlatilgan organizm taqdiriga bo‟lgan ta‟siriga qarab radiobiologik 
effektlar patologik va gormetikka bo‟linadi. Patologik effektlar biologik 
obyektga salbiy ta‟sir etadi. Gormetik ta‟sirda esa nurlanishning kichik 
dozalarida organizmning hayotga turg‟unligi oshadi. Ushbu usuldan tibbiyotda 
radon vannalarida odamlarni kichik dozalar bilan nurlatish orqali organizmning 
funksional holatini yaxshilash uchun foydalaniladi. 
Nasldan-naslga uzatish imkoniyati bo‟yicha radiobiologik effektlar somatik 
(somatik hujayralarda paydo bo‟ladigan)va genetikka (jinsiy hujayralarda hosil 
bo‟ladigan) ajraladi. 
Radiobiologik effektlarni ular organizmning qaaysi qismida hosil 
bo‟lishiga qarab ham ajratish mumkin. 
Radiobiologik effektlar paydo bo‟lishi muddati bo‟yicha yaqin va 
uzoqlashgan turlarga bo‟lishadi. Yaqin effektlar bir necha oy ichida yuzaga 
chiqadi. Masalan, o‟tkir nurlanish kasalligi, nurli dermatit, nurli alopesiya. 
Uzoqlashgan effektlar nurlangach bir necha yillardan so‟ng paydo bo‟ladi. 
Ularga misol etib o‟simtalar hosil bo‟lishi, gemoblastoz, distrofik, sklerotik 
jarayonlarni ko‟rsatish mumkin. 
Nurlanish dozasi bilan bog‟lanish xarakteriga qarab radiobiologik effektlar 
stoxastik (ehtimoliyatli) va nostoxastik (determinalashgan) turlai bor. 
Stoxastik effektda bir yoki kam miqdordagi hujayralar shikastlanishidan 
paydo bo‟ladigan zararlanishdir. Stoxastik effektlar har qanday kichik nurlanish 
dozasida ham paydo bo‟ladi. Nurlanish dozasi oshishi bilan stoxastik effektlar 


422 
ehtimoliyati oshadi, ammo uning sifati o‟zgarmas qoladi. Stoxastik effektga 
hujayra o‟limi, leykemiya, rak, boshqa genetik effektlarni kiritishadi. 
Determinalashgan effektlar nurlatilgan to‟qima yoki organizmda katta 
qismdagi hujayralar kollektiv shikastlanishi natijasidir. Bu effektlar nurlanish 
dozasining bo‟sag‟a qiymatidan o‟tganda ro‟y beradi. 12.7-jadvalda odam 
organizmi uchun nurlanishning determinalashgan effektlari paydo bo‟lishining 
minimal dozalari keltirilgan. 
12.7-jadval 
Odam organizmi uchun nurlanishning determinalashgan effektlari dozalari 
bo‟sag‟asi 
Determinalashgan effekt 
Doza bo‟sag‟asi, Gr 
O‟tkir nurli reaksiya 
0,25 
Erkaklar 
tiklanadigan 
bepushtligi 
0,4 
Qayd qilish 
0,5 
O‟tkir nurlanish kasalligi 
1,0 
Surunkali nurlanish kasalligi 
1,0 
Nurli katarakta 
2,0 
Determinalashgan effektlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 

yaqin effektlar: ayrim organlar va to‟qimalarning nurlanishdan 
shikastlanishi, o‟tkir nurli reaksiyalar, o‟tkir nurlanish kasalligi; 

uzoqlashgan effektlar: surunkali nurlanish kasalligi, nurli katarakta. 
Nurlatishdan oldin organizmga kiritilgan va nurlanishning letal effektini 
kamaytiruvchi moddalar radioprotektorlar deb ataladi. 
Radiosensibilazatorlar aksincha nurlanishning ta‟sirini oshiruvchi 
moddalardir. Radiosezgirlikni modifikasiyalovchi (o‟zgartiruvchi) vositalar 
sifatida kimyoviy va fizikaviy faktorlar olinishi mumkin. Kimyoviy 
modifikatorlar bevosita radiasion-kimyoviy reaksiyalar mahsulotlari, erkin 


423 
radikallar, ionlar bilan o‟zaro ta‟sirlashadi. Fizikaviy faktorlar bevosita 
radiasion-kimyoviy reaksiyalar borishiga yoki hujayra va organizmning holatiga 
ta‟sir etishlari mumkin.
Radiomodifikasiya effektini baholash uchun quyidagi to‟rtta mezon 
(kriteriy) dan foydalanishadi: 

Effektning absolyut kattaligi-tajribadagi va nazoratdagi modifikasiya 
ko‟rsatgichlari farqi. 

Effekt indeksi- tajribadagi va nazoratdagi modifikasiya ko‟rsatgichlari 
nisbati. 

Doza o‟zgarishi faktori- teng effektli ikki doza ko‟rsatkichlari nisbati. 

Modifikasiya koeffisiyenti-nazoratdagi va tajribadagi zararlanishlar 
farqining nazoratdagi nisbiy zararlanishga nisbati. 
Turli 
organizmlar 
radiosezgirligining 
har 
xilligini 
va 
radiomodifikasiyalanishini tushuntiruvchi umumiy nazariya hozircha yo‟q.
Belgiyalik radiobiologlar Z. Bak va A.Aleksander tomonidan “biokimyoviy 
shok” farazida modifikasiyalovchi faktor ta‟sirida organizm funksiyalarida 
kuchli o‟zgarish ro‟y beradi deb hisoblanadi. Bunda hujayraning 
radioturg‟unligi nurlanishning biokimyoviy kuchayish mexanizmi susaytirilishi 
orqali oshadi. 
Ko‟pchilik tajribalarda turli tirik obyektlarning radioturg‟unligini 
protektorlar yordamida oshirishda ularda sulfgidril guruhlar ko‟payishi 
aniqlangan. Shuning uchun sulfgidril guruhlar tabiiy protektorlar sifatida qarala 
boshlandi. Keingi yillarda qator protektorlarning nurdan himoya qilish effekti
endogen glutationning C‟H-guruhlari bilan tushuntiruvchi nazariyalar paydo 
bo‟ldi. Protektorlar ta‟sirida radiohimoyaviy aktivlikka ega bo‟lgan endogen 
aminlar (serotonin, dofamin, gistamin) soni oshirilsa, ikkinchi tomondan lipidlar 
oksidlanishining zararli bo‟lgan mahsulotlari miqdori kamayadi. Ulardan 
birinchisi endogen protektorlar, ikkinchisi –endogen radiosensibilizatorlar deb 
qaraladi. 


424 
Radioprotektorlar turli biokimyoviy tizimlarni yuqori radiorezistent holatga 
o‟tkazishlari aniqlangan. Bunday tizimlar qatoriga DNK biosintezi nazorat 
mexanizmlari, 
yadro 
fosforlashuvi, 
mitoxondriyalarda 
oksidlanuvchi
fosforlashuvini ko‟rsatsa bo‟ladi. Ushbu hodisaning biofizik mexanizmi 1977 
yilda L.Yeydus tomonidan tushuntirilgan. Uning nazariyasida protektorlar 
hujayradagi diffuziya va aktiv transportga ta‟sir etishlari oqibatida hujayralar 
radiasion shikastlanishiga olib keluvchi jarayonlar tezligi kamayadi va natijada 
tiklanish jarayonlari kuchayadi. 
Nurlanishning tirik hujayralarga ta‟siri kislorod mavjud bo‟lganida 
kuchayishiga kislorod effekti deyiladi. Tajribalar indolilalkilaminlar sinfiga 
mansub bo‟lgan protektorlar, hamda radiohimoya xossasiga ega bo‟lgan boshqa 
birikmalar (adrenalin, gistamin, morfin, uglerod II-oksidi, natriy nitriti, unitiol 
va h.) to‟qimalarda kislorod kamayishiga olib kelishini ko‟rsatdi. Bu bilan 
to‟qimalarning radiorezistenligi oshishiga erishiladi. 
Kislorod effekti tibbiyot klinikasida “nur kasalligi”ning rivojlanishida va 
nur kasalligi bilan jarohatlanishini kamaytirish masalalarida qo‟llaniladi.
Kemiruvchi hayvonlarda ko‟pincha me‟yorida bo‟lgan kislorod bosimida 
(30-45 GPa) da zararli ta‟sirida hayvonlarni radiasiyaga bo‟lgan chidamligi 
ortadi. Kislorodni atrof-muhitda ortishi radiasiyadan keyingi tiklanish holatiga 
ijobiy ta‟sir etadi. 
Shuni ham aytish kerakki, quyonlarda kislorodning past va me‟yoridagi 
bosimlarida kislorod effekti bo‟lgan nurlantirilgan quyonda yashovchanlik 
xususiyati kislorodning miqdori havoda yuqori bo‟lgandagidan kamroq 
bo‟lganini aniqlangan. 

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish