E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya


§14.4. Ionlanuvchi nurlanishdan himoyalanish



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   160
§14.4. Ionlanuvchi nurlanishdan himoyalanish 


453 
Radiasion himoyalanishning uchta turi: vaqtdan, masofadan va material 
bilan himoyalanish mavjud.
Vaqt qancha ko‟p bo‟lib, masofa qanchalik kam bo‟lsa ekspozision doza 
shunchalik katta bo‟ladi. Material bilan himoyalanishda nur turiga bog‟liq. Alfa 
nurlanishdan himoyalanish sodda bo‟lib, bir varaq qog‟oz yetarlidir. Ammo 
nafas yo‟li va ovqat orqali ham nurlanish mumkin. 
Betta nuridan himoyalanish uchun bir necha sm qalinlikdagi alyuminiy, 
plestiglas yoki shisha plastinka yetarli. 
Neytral nurlanishlar hisoblangan rentgen va gamma nurlanishlarda 
himoyalanish murakkabdir. Bulardan ham qiyini neytronlardan himoyalanishdir. 
Kosmik nurlar 92,9% protonlar, 6,3% alfa zarrachalardan iborat. Birlamchi 
kosmik nur energiyasi 10
9
eV, Yerga yetib kelganda quvvati 1,5
GVt bo‟ladi. 
Ma‟lumki, uran yoki plutoniy yadrosining bo‟linishidan juda katta miqdorda 
energiya ajralib chiqadi. 1 gramm uran-238 yelementining parchalanishida: 2 
3000 000 kVt soat issiqlik energiyasi ajralib chiqadi yoki 1 kg uran-238 
yelementi energiyasi 2500 000 kg toshko‟mirni, 2000000 kg benzinni, 
25000000 kg trinitrotoluolni portlagandagi energiyasiga teng. 
Bu keltirilgan ma‟lumotlardan ko‟rinib turibdiki, atom energiyasidan 
energetik resurs sifatida foydalanish nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Hozirgi 
vaqtda butun dunyoda 100 dan ortiq atom elektr stansiyalari bo‟lib, ularning 
umumiy quvvati bir necha million kilovattdir. 
Hozirgi zamon fani va texnikasi atom energiyasidan foydalanishning turli 
usullarini ishlab chiqmoqda. Keyingi yillarda atom energiyasidan foydalanish 
usullari tibbiyotda, veterinariyada va texnikaning turli sohalariga qo‟llanilishi 
ikkita masalani ko‟ndalang qilib qo‟ydi. Birinchidan, atom nurlari bilan bevosita 
shug‟ullanuvchilar xavfsizligini ta‟minlash bo‟lsa, ikkinchidan butun Yer 
yuzidagi insoniyatni yoppasiga qirg‟in atom qurollari zarbidan saqlashdir. 
Shuning uchun ham Yer yuzidagi butun progressiv insoniyat atom, 
vodorod va neytron bombalari ishlab chiqarishning to‟xtatilishi va mavjudlarini 
ham yo‟q qilib tashlashni talab etmoqdalar. 


454 
Yadro bombalarining portlatilishi va atom energiyasidan tinchlik 
maqsadlarida foydalanish ma‟lum bir darajada atmosferadagi radioaktivlik 
fonini oshishiga olib kelmoqda. Agarda hamma joyda atom va vodorod 
bombalari portlash to‟xtatilganda ham faqatgina tinchlik maqsadlaridagi 
qo‟llanilayotgan atom energetik qurilmalaridan ruxsat etilgan me‟yorda 
radiasiya miqdori bo‟lsada baribir oz miqdorda atrof-muhitga radioaktiv 
ifloslanish bo‟lishi mumkin. Demak, radioaktiv ifloslanish atom ta‟sirining 
majburiy faktoridir. Shuning uchun ham atrof-muhitni doimiy ravishda kontrol 
qilib turish kerak. Radioaktiv moddalar bilan ifloslanish haqida aholi o‟rtasida 
tushuntirish ishlari olib borilishi kerak. Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarini 
yehtiyotkorlik bilan radioaktiv ifloslanishdan saqlash kerak. Atom nurlaridan 
tinchlik maqsadlarida foydalanishda radiasiya xavfsizligidan saqlash uchun 
maxsus xizmatchilar mavjuddir. Masalan, atmosferaning, dengizlarning, 
daryolarning va havoning radioaktiv ifloslanishini biofizik radiologlar nazorat 
qilib turish kerak. Aholi yashaydigan punktlarni radioaktiv ifloslanishdan 
saqlash vazifasi radiologlarga topshirilgan. 
Yuqoridagi keltirilgan tashkilotlar nazorat qilish bilan birga radioaktiv 
ifloslanishni kamaytirish masalalari ustida ham ishlaydilar. Radiasion 
xavfsizlikning oldini olish uchun tabiiy radioaktiv fonini aniqlashimiz kerak. 
Tabiiy radioaktivlik foniga kosmik nurlar, tuproqdagi tabiiy radioaktiv nurlar 
kiradi. Hozirgi vaqtda kosmik nurlanishga asosan yuqori atmosfera qatlamiga 
dunyo fazosidan kelib tushadigan protonlar 79%, alfa zarrachalar 20%, uglerod, 
azot va kislorod yadrosidan tushadigani 0,7% va atom yadrosining nomerlari 10 
dan oshiq bo‟lganlari kiradi. Birinchidan, kosmik nurlanish zarrachasining 
energiyasi 10
20
eV gacha yetadi. Birinchi kosmik nurlanish atmosferaning atom 
yadrolari bilan o‟zaro to‟qnashib hammasi protonlar, elektronlar, mezonlar va 
neytronlar hosil qiladi. Dengiz yuzasi balandligida kosmik nurlanish asosan 80% 
mezonlardan, 20% elektronlardan tashkil topadi. Faqatgina 0,05% protonlar 
dengiz yuzasi balandligiga yetib keladi. Kosmik nurlanish geografik kenglikka 
va balandlikka bog‟liq bo‟ladi. Masalan, dengiz yuzasidan 300 metr balandlikda 


455 
ancha ko‟proq bo‟ladi. Tabiiy radionuklidlardan asosan to‟rtta radioaktiv 
nuklidlar mavjuddir. 
Dinamik jarayonlar yordamida biosferada doimiy ravishda modda 
almashinuvi natijasida radioaktiv moddalar oilasining muvozanati buzilib turadi. 
Ma‟lum bo‟lishicha, N va C
14
biosferada, ya‟ni vodorod bombasining 
portlashigacha 15000 yil davomida radionuklidlar miqdori doimiy bo‟lib turgan. 
Ma‟lumki Yer sharining uran va toriy konlari bor ayrim nuqtalarida 
radionuklidlar 
ko‟proqdir. 
Masalan: 
Braziliyada 
vulkanik 
jinslarda 
radioaktivlikning quvvati 12 rad yiliga, Hindistonning ayrim yerlari qum 
tarkibida aholi yashaydigan joylarda radioaktiv nurlanish 0,2-2,6 rad yiliga 
ekanligi aniqlangan.
Radionuklidlarning manbalari va tarqalishi bilan radioekologiya fani 
shug‟ullanadi. Radioekologiya fani asosan radionuklidlarni har xil Yer 
zonalarida migrasion mexanizmi bilan shug‟ullanadi. 
O‟simliklar radioaktiv uglerodni atmosferadan oladi. Ko‟pincha 
atmosferadan yog‟ingarchilik bilan tushadigan radionuklidlarni o‟simliklar 
o‟ziga singdirib oladi. Chorvachilikdagi asosiy radioaktiv zararlanish ham 
oziqaviy o‟simliklarda bo‟lgan radioaktiv nuklidlar sabablidir. Eng xavfli 
radioaktiv ifloslanish bu reaktorlarda og‟ir yadroning bo‟linishidan hosil 
bo‟ladigan mahsulotlardir. Hozirgi vaqtda asosiy e‟tibor odamning ichki 
organlarida to‟planib qoladigan va uzoq yashovchi stronsiy-90 va seziy-137 
bo‟lib, radiasiyaga eng sezgir ichki organlarni nurlantiradi. Odamning ichki 
organlariga, tuproq – o‟simlik – odam yoki tuproq-o‟simlik –hayvon – odam 
zanjir orqali insonning ichki organlarga radionuklidlar joylashib oladi. 
Ma‟lumki qishloq xo‟jalik radiologlari radioaktiv ifloslanishni kamaytirish 
choralarini ham ko‟radi. Ya‟ni tuproq ekinlari, hosillarini dezaktivasiya qilish 
bilan ham shug‟ullanadi. 
Agar ifloslanish aktivligi Yer yuzida 10
-3
Ki ga ortiq bo‟lsa, bu holatda 
aktivlik 10
-4
Ki bo‟lganga qadar dala ishini to‟xtatib turish kerak. Agar o‟rtacha 


456 
radioaktivlik ifloslanish darajasi 10
-4
, 10
-3
Ki bo‟lsa, tuproqning radioaktivligini 
tushirish choralarini ko‟rish kerak. 
Qishloq xo‟jalik ekinlarining yoki dalaning radioaktivlik bilan 
ifloslanishini kamaytirish muammolari hozircha shartli bo‟lib meliorativ va 
gidrotexnik metodlardan foydalaniladi. Meliorativ usul yordamida yerning ustki 
qismida buldozerlar bilan tuproq to‟planadi. Bu to‟plangan tuproqning aktivligi 
tushguncha saqlanadi. Agar kichik lokal uchastkalar radioaktiv ifloslangan 
bo‟lsa, u holda butun iflos tuproq karerlarga tashlanadi. 
Tuproqning ustki qismini olish metodi kelgusi hosilga zarar keltiradi, ya‟ni 
ko‟p mineral o‟g‟it solish kerak bo‟ladi. Gidromeliorasiya usulida esa tuproq 
asosan suv bilan yuviladi, yomg‟ir yog‟diruvchi apparatlar bilan esa qum tuproq 
yerlarda amalga oshiriladi. Bu usul faqatgina gidromeliorativ inshootlar bor 
joyda amalga oshirilishi mumkin. Radioaktivlikni kamaytirishning kimyoviy 
meliorasiya usullari ham mavjuddir. Kimyoviy meliorasiya usullaridan biri 
tuproqning tarkibiga kimyoviy reagentlar (kislota, tuzlar, komplekslar) yuborish 
bilan yeritib radionuklidlarni adsorbsiya qilish radioaktivlik bilan ifloslangan 
maydonlarda amalga oshirish kerak. Agrotexnik usullardan radioaktivlik bilan 
ifloslangan o‟simlik maydonlarini chopiq, kultivasiya, suvlash, mineral o‟g‟it 
berish yo‟li bilan o‟simliklarni radionuklidlardan oziqlanishini kamaytiradi.

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish