E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   160
K
40
uchun 100-500 Bk/kg, chorva mollarida 70 Bk/kgni, 
Ra
220
mos holda 0,5 va 
0,07 Bk/kg ni, 
U
238
uchun 0,006 va 0,0012 Bk/kg ni tashkil etadi. 
O‟zbekiston xududida radiasion vaziyat asosan me‟yor talablariga mos 
keladi. 
O‟zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‟zining “XXI asr 
bo‟sag‟asida: xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” 
asarida (1997) eng dolzarb ekologik muammolardan biri deb, radioaktiv fonning 
oshib borayotganligini ta‟kidlab o‟tganlar. Chunki bizning respublikamiz 
hududlarida radioaktivligi yuqori bo‟lgan joylar ko‟plab uchraydi. Ayniqsa, 
Uchquduq, Yangiobod, Chotqol tog‟ tizmalarida, Buxoro, Qashqadaryo, 
Surxandaryo, Namangan viloyatlarida radioaktiv uranli tuproqlarda yem-xashak 
o‟tlar o‟sadi va hayvonlar boqiladi. Natijada bevosita hayvonlarning go‟shtida, 
sutida radioaktivlik paydo bo‟ladi. Bu esa nafaqat hayvonlarda, balki odamlarda 
ham “nurlanish kasalligi”ni elementlari paydo bo‟lishiga olib keladi. . Shuning 
uchun ham hozirgi avlod atom nurlarining tirik organizmga, jumladan 
hayvonlarga zararli ta‟sir oqibatlarni astoydil o‟rganish kerak. 
 
§14.2. Radioaktiv moddalarning organizmlarga tushishi, to’planishi va 
chiqarilishi 
 
Yadro parchalanishi mahsulotlari gravitasion kuch ta‟sirida quruq holda, 
yoki asosan yog‟inlar bilan birga Yer sirtiga tushgach, radioaktiv chiqindilar 
bilan birga tuproq va suvga, o‟simlik va hayvonlarga o‟tadi va moddalar 
almashinishida qatnasha boshlaydi. 
Radionuklidlarning organizmga tushish yo‟llari ularning havoda, tuproqda, 
ichimlik suvida, o‟simlik va go‟sht mahsulotlarida mavjudligiga bog‟liq.
Ulardan asosiysi havodagi radionuklidlardan tashqi nurlanish, ularning nafas 
olishda organizm ichiga tushishi, tuproqdagi radionuklidlardan tashqi nutlanish, 
tuproq va suvdagi radionuklidlarning ovqatlanish zanjiri orqali organizmga 


445 
tushishi natijasida ichki nurlanish yuzaga kelishidir. Tabiatda radionuklidlar 
harakatining asosiy zanjirlari 14.1-rasmda ko‟rsatilgan. 
14.1-rasm. Tabiatda radionuklidlar harakati. 
Radionuklidlarning ovqatlanish zanjiri orqali harakatlanishi ularning fizik-
kimyoviy xossalariga va tuproqning turi, mineral tarkibi, kislotaligi, unda 
organik moddalar miqdori, namligi va h. bog‟liq. 
O‟simliklarda stronsiy eng ko‟p o‟zlashtiriladi, so‟ngra seziy. Tuproqdagi 
mikroorganizmlar radionuklidlar bilan bog‟lanib ularning harakatlanishiga 
to‟sqinlik qiladi. Ular 
Cs
137
ning 60% ni bog‟lab, uning ovqatlanish zanjiriga 
qo‟shilishiga qo‟ymaydi. O‟simliklarga tushgach radionuklidlarning bir qismi 
ildizlarda, boshqalari poya, barg va urug‟larda taqsimlanadi. Masalan, 
o‟simliklarga tushgan radioaktiv stronsiyning 50-80% gemisellyuloza va 
kraxmal bilan bog‟lansa, 6-40% oson eriydigan shaklda bo‟ladi va 10% dan 
kami to‟qimalarda bo‟ladi. Fitatlar bilan boy oziqalarda radioaktiv rux kalsiy 
bilan bog‟lanadi va cho‟chqalar tomonidan yomon o‟zlashtiriladi. Mis, kobalt, 
iod, temir, mangan kabi mikroelementlarning radioizotoplari oziqalarda organik 
yoki xelatlar birikmalari shaklida bo‟lishi mumkin. Bunda turg‟unligi kam 
birikmalardagi metallar hayvonlar organizmiga yaxshiroq o‟tadi. 


446 
Odam o‟pkasining alveolalari umumiy yuzasi taxminan 100 m
2
ga teng 
bo‟lib, odam terisining yuzasidan 50 marta katta. Shuning uchun organizm 
radionuklidlarning ayerozollari, gazlari bilan uchrashganida zararlanishning 
asosiy yo‟li nafas olish orqali bo‟ladi. 
Nafas olish organlariga to‟g‟ri keladigan nurlanish dozasini hisoblash 
uchun Radiasion himoya xalqaro komissiyasi taklif etgan modeldan 
foydalaniladi. Unda nafas olishda tushgan zarrachalarda 25% nafas chiqarish 
bilan chiqib ketadi deb hisoblanadi. Agar qolgan radionuklidlar 100% deb 
olinsa, ularning 25% rezorbsiyalanadi, makrofaglar tomonidan ushlangan 
radionuklidlar 15% ni, fagositlar tomonidan ushlanganlari 10% ni tashkil etadi. 
50% radionuklidlar organizmdan chiqarish tizimlari orqali ajralib chiqadi, 
bunday jarayonda yarim chiqarishning effektiv davri 20 kunga teng. 
Radionuklidlarning kamgina qismi o‟pka parenximalarida, epitelial 
hujayralarda saqlanadi, ulardan yarim chiqarishning effektiv davri 600 kunga 
teng. Radionuklidlar o‟pka-bronxlar limfatik tugunlarida yanada kuchliroq 
bog‟lanib qolishadi. 
Ingalyasiyada o‟pkada 75% radionuklidlar qoladi, ulardan deyarli yarmi 
bronxlardan chiqishida yutiladi va oshqozon-ichak yo‟llariga tushadi. O‟pkada 
qolgan radionuklidlarning bir qismi fagositlanadi, o‟pka limfatik tugunlariga 
tushadi, bir qismi alveolalar orqali qonga o‟tadi. 
Organizmga radionuklidlar tushishining ikkinchi asosiy yo‟li- oshqozon-
ichaklar orqalidir. Yaxshi eruvchi radionuklidlar asosan ingichka ichakda 
shimiladi. Ishqoriy metallar va galoidlarning eritmalari ayniqsa tez va to‟la 
rezorbsiyalanadi. Plutoniy va transuran elementlar radioizotoplari yomon 
shimiladi. Erimaydigan va kam eriydigan 


radionuklidlar ichaklarni va 
boshqa organlarni nurlantirsa, protonli nurlanish asosan ichaklarning shilliq 
qatlamini katta ichakdan taxminan 30 soatda chiqarilganigacha nurlantiradi. 
Radionuklidlarning organizmga tushishining yana bir yo‟li teri orqali 
tushishidir. Shikastlanmagan teri radionuklidlarni kam o‟tkazadi. Biroq zararli 
radioaktiv moddalar teridagi yaralar, kuygan sirtlar orqali tushishi mumkin. Ular 


447 
orqali 
ishqoriy, 
ishqoriy-Yer 
elementlari, 
galoidlarning 
shimilishi 
shikastlanmagan teri orqali shimilishdan 100-200 marta kattadir. 
Organizmga tushgan radioaktiv moddalarning ko‟pchiligi qonga 
shimilgach proteinlar bilan bog‟lanadi. Qonga tushgan radionuklidlarning bir 
qismi organizmdan chiqariladi, bir qismi organlarga o‟tib ularda to‟planadi. 
Turli organlarda to‟planish qobiliyatiga qarab radioaktiv moddalarni quyidagi 
guruhlarga bo‟lishadi: 

Suyaklarda 
to‟planuvchi 
(osteotrop) radionuklidlar: ishqoriy-yer 
elementlari (radiy, stronsiy, bariy, kalsiy), hamda plutoniy va toriyning ayrim 
birikmalari. Ular ta‟sirida suyakda o‟simtalar, leykoz rivoylanishi mumkin. 

Retikulo-yendotelial tizimlarda to‟planuvchi (gepatotrop) radionuklidlar: 
lantan, sery, prometiy,aktiniy, toriy izotoplari. Ular jigarni va ichakning 
proksimal bo‟limlarini zararlantirishi mumkin. 

Organizmda nisbatan tekis taqsimlanadigan radionuklidlar: ishqoriy 
metallar izotoplari, vodorod, uglerod, azot va poloniy. Ular tushishida limfoid 
to‟qimalar atrofiyasi, yumshoq to‟qimalarda o‟simtalar paydo bo‟ladi. 

Alohida organlarda to‟planuvchi radionuklidlar: iod- qalqonsimon bezda, 
temir- eritrositlarda, rux –oshqozon osti bezida, molibden- ko‟zning kamalak 
qatlamida. 

Yomon rezorbsiyalanuvchi radionuklidlar. 
Organizmga tushgan radionuklidlar buyrak, oshqozon- ichak trakti, o‟pka 
orqali, hamda so‟lak, terlash va sut orqali chiqarilishi mumkin. Katta ichak 
orqali chiqarilishda radioaktiv moddalarning reabsorbsiya jarayonlari ham 
bo‟lishi mumkin. Radionuklidlar siydik orqali chishida buyraklar zararlanishi 
ehtimoliyati oshadi. 

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish