E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya


 Ionlanuvchi nurlanishning ichki organlarga tushishi



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   160
13.2. Ionlanuvchi nurlanishning ichki organlarga tushishi 
natijasidagi zararlanishlar 
 
Atom energetikasidan foydalanish oshgan sari ionlanuvchi nurlanish 
manbalari (radionuklidlar) ning atrof muhitda tarqalishi va ovqatlanish zanjirlari 
bo‟ylab harakatlanishi muammosi paydo bo‟ldi. 
Organizm ichiga tushayotgan radionuklidlar uni ko‟p davomli vaqt 
nurlantiradi. Bu shu dozadagi tashqi nurlanish bilan bir marta nurlanganga 
nisbatan kattaroq zararlanishga sabab bo‟ladi. Organizmga katta miqdordagi 
radionuklidlar tushishida o‟tkir nur kasalligi rivojlana boshlaydi. Bunda 
radionuklidlar qaysi organda ko‟proq to‟plansa, shu organ eng ko‟p 
jarohatlanadi. Tashqi nurlanishdan farqli ravishda ichki nurlanishda 
organizmning o‟zi to‟qimalarda nur dozasini hosil qilishda qatnashadi. Bu 
radionuklidlarning organizm ichidagi harakati bilan bog‟liq. Masalan, 30% 
radioaktiv iod tana massasining 0,03% qismini hosil qiluvchi qalqonsimon 
bezda to‟planadi, natijada unda nurlanishning yuqori letal dozasi hosil bo‟ladi. 
Ichki nurlanish nuklidning organizmdan chiqarilishigacha yoki nuklidning 
radioaktiv yemirilishi tufayli aktivligining kamayishigacha organizmni 
nurlatadi. 
Radionuklidlarning 
organizmdan 
chiqarilishi 
eksponensial 
qonuniyatga bo‟ysungan holida nuklidni organizmdan yarim chiqishi samarali 
davri tushunchasidan foydalaniladi: 
2
/
1
2
/
1
T
T
T
T
T
ch
ch
ef


Bunda 
ch
T
- yarim chiqarish davri, 
2
/
1
T
- yarim yemirilish davri. 
Tashqi nurlanishdan farqli ravishda ichki nurlanishda 


va 


nurlarning 
xavfi oshadi. Radionuklidlar organizmga nafas olish, hazm qilish organlari va 
teri orqali tushadi. Nafas olish organlari orqali tushgan nuklidlar yutish 
natijasida nuklidlarga nisbatan ko‟proq bo‟ladi. Shikastlanmagan teri orqali 
nuklidlar tushishi hazm qilish yo‟li bilan tushishga nisbatan 200-300 marta kam. 


432 
Kritik organga tushayotgan nuklidlar konsentrasiyasi nuklidlar tabiatiga va 
o‟lchamlariga bog‟liq. Radiasion himoya xalqaro qumitasining hisobiga ko‟ra 
ayerozollar o‟lchami 1 mkm bo‟lganda nafas olishda tushgan nuklidlarning 35% 
nafas bilan chiqadi, 30% yuqori nafas olish yo‟llarida o‟tiradi, 25% o‟pkaning 
alveolalarida va 8% traxeyalarda o‟tirib qoladi. 
Kritik organlardan nuklidlarni biologik yarim chiqarish davri o‟nlab 
kundan (tritiy, C
1 4
, Na
2 4
) cheksizgacha (stronsiy-90, plutoniy-239 ning to‟la 
yutilishi) bo‟ladi. 
Organizmda nuklidlar tarqalishiga qarab uch guruhga bo‟linadi: suyaklarda 
to‟planadiganlari (ittriy-90, stronsiy-90, plutoniy-239 va h.), jigarda (poloniy-
210, seriy-144 va h.), butun tanada to‟planadigan (tritiy, uglerod-14, seziy-137 
va h.). 
Radionuklidlar organizmga tushishida ularni tezda chiqarish usullaridan 
foydalanish zarur. Buning uchun qayd qiluvchi preparatlar, nuklidlar 
adsorbentlarini berish, ko‟p suv ichish kerak. 
Odam organizmiga tushgan radionuklidlar inkorporasiyalashgan nuklidlar 
deb ataladi. Yarim yemirilish davri 10 yildan ortiq bo‟lgan radionuklidlarda 
kimyoviy toksiklik birinchi o‟rinda, yarim yemirilish davri 10 yil bo‟lgan 
nuklidlarda kimyoviy va nur toksikligi teng kuchli va yarim yemirilish davri 
ming yillar bo‟lsa radiasion sarar eng katta bo‟ladi. 


va 


nurlar chaqaruvchi moddalarga nisbatan, 


nurli radionuklidlar 
bir marta ta‟sirga nisbatan samaraliroq bo‟ladi. Natijada bu nurlardan zararlanish 
kuchliroq bo‟ladi. 
Radionuklidlar bo`g‟oz hayvonlarga tushishida ona organizmidan homilaga 
o‟tishi (fosfor-32, stronsiy-90) va embrionni zararlantirishi mumkin. Plutoniy- 
239 esa embrion plasentasida to‟planadi va yuqori dozalarda embrionni halok 
qildiradi. 
Yaqin vaqtlargacha tibbiyotda bo‟g‟oz ayollarga iod-131 ni terapevtik 
davolash uchun kiritilishi hosilada 65 Gy gacha nurlantirish hosil qilgan va 
uning qalqonsimon bezining yemirilishiga olib kelgan. 


433 
Sichqonlarga bo‟g‟ozlikning 19-kunida stronsiy-90 ning ineksiyalari 
qilinganda nasl qoldirish funksiyasining buzilishi, fibroz, va tuxumdonlar ichki 
qismining o‟simtalari paydo bo‟lishi kuzatilgan. 
Teri tagiga stronsiy-90 radionuklidi kiritilgan kalamushlarda teri sklerozi, 
o‟choqli fibroz, turli o‟simtalar paydo bo‟lgani kuzatilgan. 
Nafas olish orqali o‟pkaga tushgan radionuklidlar ta‟sirida o‟pka nurli 
pnevmaniyasi , alveolalar fibrozi va o‟pka raki boshlanishi mumkin. 
Kemiruvchilar bilan o‟tkazilgan tajribalarda o‟pkada Gr ning har o‟ndan biriga 
million hayvondan 


va 


nurlar uchun 10-50 tasi rakdan o‟lgan, 


nurlar 
uchun yesa rak bo‟lganlari soni 600-1500 ta bo‟lgan. 
O‟pka singari hazm qilish tizimi ham radionuklidlarning organizmga 
tushishi va chiqarilishi yo‟lidir. Radionuklidlarning hazm qilish yo‟llarida 
shimilishi ularning qanday birikmada ekanligiga bog‟liq. Masalan, hazm qilish 
tizimida plutoniy-238 ning shimilishi plutoniy nitratining shimilishidan 25 marta 
katta. 
Radionuklidlarning uzoq vaqt tushishi natijasidagi surunkali nur kasalligida 
ko‟r, sigmasimon va to‟g‟ri ichaklarda yaralar, shamollashlar paydo bo‟lgan. 
Kasallikning surunkali bosqichida hayvonlarning bir qismi nefroskleroz, 
jigarning distrofik va sklerotik o‟zgarishlaridan o‟lgan. Patologik jarayonga 
yaqin yotuvchi arteriyalar ham yo‟liqadi. 
Yurak –tomirlar tizimi radionuklidlar bilan nurlanganida kapillyar 
tarmoqlar, vena bo‟limi va arteriya tarmoqlari buziladi. Kalamushlar 
organizmiga radionuklidlar kiritilganda uzoq muddatlarda gipofiz o‟simtasi 
hosil bo‟lgani tajribalarda isbotlangaan. Ichki nurlanish ta‟sirida buyrak 
tomirlari va parenximasida zararlanishlar aniqlangan. Qon tizimi orqali 
radionuklidlar suyaklarda to‟planishi mumkin. Nurlanishning kichik dozalarida 
ham yosh hayvonlar kalla suyaklari o‟sishi kamaygan, toz suyaklari o‟lchamlari 
va shakli o‟zgargan. 

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish