E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   160
 
 


434 
13.3. Nurlangan organizmlar tiklanishi 
 
Tiklanish fazasi boshlanishi haroratning normallashuvi, kasal kayfiyatining 
yaxshilanishi, ishtaha ochilishi, uyqu tiklanishi bilan xarakterlanadi. Odatda 
kasal tanasining massasi osha boshlaydi. Qon ko‟rsatkichlari asta-sekin tiklana 
boshlaydi, 2-3 oy ichida eritrositlar soni boshlang‟ich darajasiga erishadi. 
Qon morfologik tarkibining normalashuvi qon hosil qilish tizimida 
regenerator jarayonlar kuchayishi bilan bog‟liq. Ushbu davrda qon va siydik 
biokimyoviy ko‟rsatkichlari ham normallashadi. 
Tiklanish fazasining davomiyligi 2-2,5 oy. 3 oy oxiriga kelib kasallar holati 
qoniqarli bo‟lib qoladi. Ammo nurlanish kasalligining ayrim asoratlari qoladi. 
Masalan, soch to‟kilishi (sochning o‟sishi 4 oyga borib tiklanadi).
Nurlanishdan zararlanishning patogenetik mexanizmlarini bilish o‟tkir 
nurlanish kasalligini davolash uchun kerak. Bunda nurlanish kasalligini 
hayvonlarda o‟rganishda odamlarda bu kasallikning o‟ziga xos xususiyatlari 
borligini esdan chiqarmaslik kerak. Birinchidan, odamlarda suyak ko‟migi 
sindromi rivojlanishi uchun yetarli bo‟lgan 2-3 Gr doza, sichqonlar, quyonlar va 
kalamushlarda qon hosil bo‟lishini unchalik buzmaydi. Odamlardagiday 
sindrom paydo bo‟lishi uchun ularni mos holda 6,7,8 Gr dozalar bilan nurlatish 
kerak. Ikkinchidan, odamlarda va hayvonlarda tipik simptomlar paydo bo‟lish 
vaqtlari orasida katta farq bor. Odamlarda suyak ko‟migi sindromi 4-5 
haftalarda rivojlansa, kalamushlar, quyonlar, sichqonlar, maymunlar, itlar va 
cho‟chqalarda nurlanishdan so‟ng 2-3 haftalarda boshlanadi. Uchinchidan, 
kasallikning kuchaygan davrida paydo bo‟luvchi simptomlari ham mos 
kelmaydi. Kalamushlar, sichqonlar, quyonlarda o‟rtacha letal dozada 
nurlatilganda granulopeniya nurlanishdan so‟ng ancha erta boshlanadi va 
tiklanishga qarab o‟zgaradi. Bu davrda esa trombositopeniya o‟zining eng katta 
ifodalanishiga erishadi. 
O‟tkir nurlanishdan so‟ng organizmda kechuvchi tiklanish jarayonlari 
qolgan hujayralarni proliferasiyasi hisobiga kritik organlar hujayralari 


435 
populyasiyasini to‟ldirish va ularning funksional aktivligining tiklanishidan 
iborat. 
XX asrning birinchi yarmida postradiasion tiklanish faqat zararlanmagan 
hujayralar hisobiga ro‟y beradi deb hisoblanar edi. Hozir kritik organ va tizimlar 
reparasiyasi qisman zararlangan tiklanuvchi hujayralar hisobiga ham ro‟y beradi 
deb hisoblanadi.
Hujayralar tiklanishi eksponensial qonunga bo‟ysungani uchun, amaliyotda 
to‟liq tiklanish davri emas, yarim tiklanish davri olinadi. Yarim tiklanish davri 
kattaligi hayvon umri uzoqligiga bog‟liq. Bu ko‟rsatkich sichqonlar uchun 2-8 
kun, kalamushlarda 6-9 kun, itlarda 14-18 kun, odamlarda 25-45 kunga teng. 
Radiasiyadan keyingi tiklanish to‟liq bo‟lmaydi, zararlanishning kamida 10% 
tiklanmaydi. Tiklanmagan qoldiq o‟zgarishlar miqdori yutilgan dozaga 
proporsionaldir. Organizmning radiasiyadan keyingi tiklanishni baholash uchun 
uning keyingi nurlanishga sezgirligini o‟rganish usuli qabul qilingan. Bu usulni 
1955 yilda G. Bler taklif etgan va keyinchalik G.Devidson rivojlantirgan. 
Organizmning keyingi nurlanishga sezgirligini baholash uchun LD
30
/
50
kattaligi 
olinadi (organizmning 30 kunda 50% o‟limiga keltiruvchi doza qiymati) va uni 
birlamchi nurlanishdagi shunday kattalik bilan taqqoslashadi. Blerning klassik 
nazariyasida tiklanish jarayoni doimiy tezlik bilan boradi deb hisoblanadi. 
Ushbu nazariyaga ko‟ra sof shikastlanish bilan effektiv doza orasidagi 
bog‟lanish quyidagi tenglama bilan beriladi: 
D
f
=D [f+(1-f) 
t
e


], 
Bunda f-zararlanishning tiklanmaydigan qismi, (1-f)- tiklanadigan 
zararlanish qismi, 

- kuniga tiklanishning tezligi, % da, t-kunlar, e-natural 
logarifma asosi. 
Takroriy nurlanish va LD
30
/
50
ni aniqlash turli vaqt oraliqlarida amalga 
oshirilsa, birlamchi va keyingi nurlanishdagi LD
30
/
50
lar farqiga qarab, qoldiq 


436 
radiasion zararlanishning o‟zgarishini, radiorezistent organizmning tiklanish 
tezligini va organizm yarim tiklanishining vaqtini topish mumkin. Bler-
Devidson nazariyasi asosan tajribalarda tasdiqlangan bo‟lsa ham keyingi paytda 
undagi kamchiliklar haqida fikrlar ham paydo bo‟ldi. Ularga ko‟ra tajribalarda 
organizmlar zararlanishi va tiklanishi jarayonlarini o‟rganishda tekshirilayotgan 
nurlanish dozasida kritik bo‟lgan organlarni ajratib qarash kerak. 
Fiziologik regenerasiya kuchli bo‟lgan to‟qimalardan farqli o‟laroq, kam 
yangilanuvchi to‟qimalarda radiasion zararlanishlar ko‟zga tashlanmaydi. 
Mexanik shikastlanish yordamida bu to‟qimalarda tiklanish jarayonlarini 
stimullashtirish hisobiga yashirin o‟zgarishlarni ro‟yobga chiqarish mumkin. Bu 
fikrni tajribada tekshirishda Samarqand tibbiyot institutining olimlari 
professorlar F.Golub, A.Britun, U.Oripovlarning ham xizmati bor.

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish